Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə11/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
10-mavzu:Etnik nizolar va etnosentrizm (2soat)
Reja:

  1. Etnik nizolar.

  2. Etnik nizolarning ta`rifi va tasnifi.

  3. Etnik nizolarni bartaraf etishning psixologik asoslari.



Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Ziddiyat turlariga, bir tomondan inson mayllari, istaklari, faolligini; ikkinchi tomondan jamiyat va madaniyat normalarining cheklovchi konfliktini ko’rsatyaptilar. Sotsium va uning ijtimoiy sistamasi uchun xavfli bo’lgan individlarning mayllari, istak va xatti-harakatlarini bartaraf etish uchun turli- tuman tabu joriy etiladi. Jamiyat shaxsdan oldindan belgilangan, shu jumladan ta’qiqlovchi normalarga nisbatan moslashishi (konformizm)ni, shuningdek, mazkur normalarga rozilik bildirishni talab etadi. Jamiyatni bunday talablari normalarning funktsionalligiga asoslangandir, ya’ni me’yorlar butun jamiyat uchun muhim bo’lgan funktsiyani bajaradi. Biroq normalar shaxsga nisbatan disfunktsional bo’lishi ham mumkin. Shaxs va sotsial normalar o’rtasidagi konfliktni faqat shaxsning funktsional talablari bilan muvofiqlashtirish orqaligina bartaraf etish mumkin.
Ijtimoiy psixologlar, konfliktologlar, yuristlar yuqorida ko’rsatilgan mutanosiblik vositalarini ishlab chiqishga va anomal, normaga zid xulq-atvor sabablarini tahlil qilishga katta e’tibor beryaptilar. Insonning funktsional mayllari, motivlari bilan jamiyatning funktsional talablari o’rtasidagi ziddiyat shaxsning ijtimoiylashuvida muqarrar konfliktlarga olib boradi. Tuban motivatsiya insonni tashqi impulslar va stimullarga bo’ysunadigan avtomat (ongsiz mahluq)ga aylantiradi. Konfliktli vaziyatda motivatsiya va normativ boshqarishning o’zaro bog‘liqligi quyidagi ikki holatda ro’y berishi mumkin:
rollarni bajarish va normalarga rioya qilish, shaxsiy statusni qo’lga kiritishga qaratilgan vaqtda;
jamiyat muayyan ijtimoiy statusni egallab turgan shaxslarga ijtimoiy mukofotlar byergan paytda.
Ijtimoiy normalarni ma’qullash (rozilik bildirish) motivatsiyasiga qaraganda ijtimoiy normalardan norozi bo’lish motivatsiyasi kuchli bo’ladigan vaziyatlar ham bo’lib turadi. Bunday holatlarda tadqiqotchilar ijtimoiy nazorat nazariyasiga murojaat qiladilar. Ma’lum bo’lishicha, shaxs yuqori motivatsiyasining mavjud bo’lishi normalarga amal qilishni ta’minlash uchun etarli emas. Jamiyat tomonidan ishlab chiqiladigan tashqi zo’rlash (majburlash) va rag‘batlantirish vositalarini ishga solish zarur. Agar mayllar frustratsiyasi mavjud bo’lsa va u oxir-oqibatda rag‘batlantiruvchi motivatsiyani emirsa, etnik normalar bilan nomutanosiblikka olib kelsa, shaxsning “ijtimoiy normalar bilan mutanosiblikka” intilishi sotsiumning normativ talablari bilan chuqur ziddiyatga olib boradi. Rag‘bat va mayllar frustratsiyasi oldindan belgilangan, ta’qiqlovchi normalarga qarshi boruvchi xulq-atvor motivatsiyasi uchun asos bo’lib hizmat qilishi mumkin. Individning normaga zid xulq-atvorini bartaraf etish uchun ijtimoiy nazoratning vosita va usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Biroq ijtimoiy nazorat faqat individning jamiyat uchun noxush, keraksiz bo’lgan mayllarini “ichkariga haydashga” va ularni doimiy bosim ostida “ushlab turishga” qaratilgan bo’lib, u individning barcha mayllarini to’la bostirishga qodir emasdir. Rasmiy ijtimoiy nazorat vaqti-vaqti bilan zulm, terrorchilik, agressiya, g‘ayri ijtimoiy harakatlarning alamga oshishiga olib keladi. Ehtimol, ijtimoiy nazorat vositalari yordamida agressiv xulq-atvor to’xtatilishi (tomozlanishi) mumkin; jamiyat va boshqa odamlar uchun xavfli bo’lgan mayllarni qondirishning ta’qiqlangan usullari ijtimoiy sanktsiyalar va jazolar bilan qo’rqitish esa mayllarni tekislashi mumkin. Buning ustiga anti ijtimoiy xatti-harakatlarga olib keladigan mayllar ko’pincha ijtimoiy nazoratning tashqi vositalari ta’sirida “so’nib qolmaydi”, balki yashashda davom etadi. Binobarin norma va shaxsning mayllari o’rtasidagi konflikt xal etilmay qoladi. Bu mayllarning o’zoq davom etadigan frustratsiyasi individ uchun jiddiy disfunktsional oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oxir-oqibatda bu yaxlit jamiyatning disfunktsionalligida aks etishi, muayyan vaziyatlarda esa ijtimoiy nazorat sistemasining o’zini ham halokatga olib kelishi mumkin. Individning “ichkariga haydalgan”, ro’yobga chiqmagan ehtiyojlari, istak va mayllari spontan holda ro’yobga chiqibgina qolmay, manfaatdor ijtimoiy institutlar tomonidan foydalanilishi ham mumkin. Bu kuchlar hozirgi jamiyatda ko’plab millatchi, ekstremistik, terroristik, anarxistik, g‘ayriijtimoiy harakatlar uchun baza bo’lib hizmat qilishi mumkin. Shu boisdan ham sotsiumda qabul qilingan xulq-atvor normalari va insonning ichki konfliktini xal etish vositalarini ishlab chiqish ijtimoiy nazoratni optimallashtirish yo’lidan borayotgan muayyan ijtimoiy guruhlar tomonidan foydalaniladigan real kuch bo’lishi mumkin. Bu esa katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammodir. Shuni e’tiborga olish zarurki, agar frustratsiyalashgan mayllardan ijtimoiy guruh ongli ravishda sobitqadamlik bilan o’z manfaatlari yo’lida foydalansa frustratsiyalashgan mayllarning potetsial portlovchi kuchi muhim ijtimoiy kuch bo’lishi ham mumkin. CHunki ijtimoiy nazorat normalari butun sotsium uchun disfunktsional bo’lishiga qaramay konkret ijtimoiy yoki etnik guruhlar uchun funktsional bo’lishi ham mumkin. Shu boisdan ham etnik konfliktlarni xal etish vositalari va yo’llarini eng avvalo ijtimoiy sferadan, uni o’zgartirishdan izlash maqsadga muvofiqdir.
Ruhiy tahlil nazariyasi tarafdorlari jamiyatni individning frustratsiyalashgan (konfliktli) mayllaridan muhofaza qilish muammosini psixoanalitik personalogiya tomonidan ishlab chiqilgan o’rin almashish va sublimatsiya mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bog‘laydilar. Ta’kidlash joizki shaxsning sub’ektiv olamiga psixoanalitik yondashuvning bir yoqlamaligiga qaramasdan psixoanalitiklarning qator asarlarida shaxsning ahloqiy behalovatlik, uyalish, aybdorlik, ijtimoiy sanktsiyalarni kechirish (xis etish) singari etnik bo’yoqqa ega bo’lgan ma’naviy (axloqiy) fazilatlarni tahlil etishga harakat qilinyapti. himoyalanuvchi psixologik mexanizmlar shaxsni normalar bilan ichki konfliktlashishdan (to’qnashishdan) ozod qilishi, unga qandaydir yo’l bilan o’z mayl va motivatsiyani ro’yobga chiqarish imkonini berishi kerak. Ba’zi hollarda texnologik protseduralar tavsiya etiladi, ulardan psixologik yordam va terapiyaning xususiy vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bu yo’nalishdagi olimlar mavjud normativ sistemalar barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash maqsadida sotsiumni ham, shaxsni ham himoyalash vositalarini izlash bilan jiddiy shug‘ullanyaptilar. Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida uning motivatsion sferasini o’zgartirish, tarkibini qaytadan qurish masalasi qo‘yilmayapti. Axir insonning zo’ravonlikka bo’lgan maylini mahlum darajada jilovlash va xatto u bilan kelishuvga erishish, mavjud o’zaro ta’sir normalari integrallashuvi va barqarorligiga erishish maqsadida sotsial guruh uchun ma’qul bo’lgan yo’nalishga burish mumkin-ku. Shu tufayli ham sotsial nazorat nazariyotchilari va amaliyotchilari ana shunday o’zaro ta’sirning eng samarali yo’llari va usullarini ishlab chiqayaptilar. Sotsial sanktsiyalar formallashuv darajasiga qarab bir-biridan farqlanadi. Eng barqaror etnik jamoalarda yuksak darajada rasmiylashgan muolajalar, masalan, kimning xizmati umumiy farovonlikka imkon bersa, uni rag‘batlantirish va kimning harakati zararli deb baholansa, uni jazolash yoki haydash muolajalari mavjud. Ayrim etnopsixologlar bunday protseduralarga katta ahamiyat beradilar, chunki ular etnik jamoaga tashqi tahdidlar mavjud bo’lgan vaqtda etnik jamoaning jipslashishiga imkon beradi, deb hisoblaydilar. Bunday sanktsiyalar, shubhasiz, etnik guruh a’zolari (etnofor)ning xulq-atvor normalaridan chetga chiqishdan saqlaydi, biroq ko’pchilik kishilar uchun uncha rasmiylashmagan sanktsiyalar, ma’qullash yoki ma’qul ko’rmaslikning spontan namoyon bo’lishi ta’sirchanroq hisoblanadi. Tabu amaliyoti qat’iy ta’qiqlash bilan xulq-atvorni qay darajada cheklash mumkinligini yaqqol ko’rsatadi. Polineziyada muqaddas deb hisoblangan hayvonlar go’shti xatto odamlar ochdan o’lish arafasida turganda ham, iste’mol qilinmaydi. Tabuni atayin bo’zadigan kishilarning bu hodisaga (jinoyatga) bo’lgan reaktsiyasi juda qiziq. Masalan, ta’qiqlangan taomni tasodifan iste’mol qilgan hindu bu bilmasdan qilib qo‘yilgan jinoyati ko’p yillar o’tgandan keyin ham o’z sog‘ligini yo’qotishiga sabab bo’ladi deb hisoblaydi.
Xulq-atvorni normativ boshqarishning institutsional usullari orasida ikki guruh: talabchanlik va rag‘batlantirish keng yoyilgan va eng samaralidir.
Talabchanlik asosida tashqilotga zururiy munosabatda bo’lish modeli yotadi, ular tashqilot tomonidan ishlab chiqiladigan simvollar, obidalar, urf-odatlar guruh yoki jamoani tashqilot sifatida namoyon etadi. Sotsial normalar turli hujjat shakllarida: protokollarda, buyruqlarda, hisobotlar va memorandumlarda o’z aksini topadi. Binobarin, talabchanlik uning mohiyatini tashqil etadigan qadriyatli- normativ cheklashlar doirasida namoyon bo’ladi. Bu guruhda qabul qilingan normalarga muvofiq keladigan va sotsial faollikni namoyon bo’lishi va rivojlanishiga imkon beradigan talablar qo‘yish usulini tanlash imkonini beradi. Talabchanlik munosabatlarini sotsial-psixologik tushunish asosida, eng avvalo, gruh a’zolari tomonidan faol qabul qilingan qadriyatli-normativ yo’l- yo’riqlar (qoidalar) yotadi; ular guruh (jamoa)ning sotsial vazifalarini xal etishga qaratilgandir. Talabchanlik boshqarish usuli sifatida xulq-atvor va faoliyatni qat’iy va aniq reglamentlashni taqazo etadi.
Etnofor (etnik guruh a’zolari) larga yoki butun etnik jamoaga talabchanlik namoyon bo’lishining eng ommalashgan usuli buyruq berishdir.
Buyruq berish talabchanlikning qat’iy shaklidir. Qat’iylik - irodaviy maylning yuqori darajasi bo’lib, umumiy shaxssiz shaklda ushlab turilishi, biroq deviant etnik xulqqa moyil bo’lgan konkret shaxsga nisbatan shakllantirishi ham mumkin. Normativ xulq-atvorni boshqarishning keng yoyilgan usullariga rag‘batlantirish bilan bir qatorda ishonch va qo’llab-quvvatlash (ma’qullash) ham kiradi.
Odatda yaqin kishilarga ishonch bildirilib, ular tanish va foydali faoliyat bilan rag‘batlantiriladi; u shaxsga bo’lgan hurmatni ta’kidlaydi. Oqsoqollar, dohiylar, liderlar, rahbarlar instituti ana shu printsip asosida qurilgandir, ular sotsial va etnik guruhlar yoki jamoalar tepasida turibgina qolmay, xulq-atvor va faoliyatning sotsial normalarini ham o’zlarida mujassamlashtiradilar; xulq- atvor normalarining sohiblari hisoblanadilar. Masalan, Buyuk Britaniya aholisi uchun qirol oilasi, amerikaliklar uchun esa prezident oilasi shunday normativ etalon hisoblanadi.
Ma’qullash (qo’llab-quvvatlash) xulq-atvorni boshqarish usuli sifatida, eng avvalo, etnofor uchun normativ chegarani aniqlash bilan xarakterlanadi, unga amal qilish etnik guruhlarda o’z vakillarining xulqi yoki faoliyatini baholashga, ularni mukofotlashga undaydi. Xullas, normativ xulq-atvorni boshqarish printsiplarini shunday tavsiflash mumkin.
Aniqlik printsipi shundan iboratki, lider yoki etnik jamoaning o’zi tanlagan ta’sir ko’rsatish usuli normativ xulq-atvorni qay darajada rag‘batlantira olishini aniqlash lozim. Masalan, ma’qullash ko’rinishidagi rag‘batlantirish turli shakllarda sof vijdonlilik, mas’uliyat va intizomlilikni namoyon bo’lishiga turtki berishi kerak, biroq bunday usulda samara bermaydigan vaziyatlar ham bo’ladi.
Adekvatlik (aynan o’xshashlik) printsipi ta’sir ko’rsatish usullari qo’llash sistemasi etnik guruh yoki jamoaning barcha a’zolari uchun tushunarli bo’lishi va ular tomonidan adolatli deb baholanishini taqazo etadi. Bu ob’ektivlik me’yoriga amal qilish uchun zarurdir. Ana shunday yondashuv asosidagina sub’ektning yutuqlarini baholash va rag‘batlantirish yoki jazolashning adolatli me’yorini aniqlash mumkin bo’ladi. Axir normativ boshqarishda jazolash faqat sub’ektni poymol etish me’yorigina emas, balki xulq-atvor va faoliyat haqida o’ylash va uni qayta baholash uchun asos hamdir. Buning uchun esa sub’ektning ta’sir etish ma’nosini tushunish va uni xolis deb hisoblashi zarur. Ta’sir ko’rsatishning ob’ektivligi xulq-atvorni boshqarish adekvat printsipining muhim sohasidir. Biroq u o’z mazmuni va shakliga ko’ra ham shunday bo’lishi kerak. Shakllar xilma-xilligida etnofor shaxsga individual yondoshish imkoniyati mujassamlashgan. O’z vaqtida qo’llash printsipi. Ijtimoiy sanktsiyalarni o’z vaqtida qo’llash printsipi, sirtdan qaraganda, hech kimda shubha qoldirmaydi. Biroq amaliyotda unga har doim ham amal qilinavermaydi. Odatda me’yorlardan chetga chiqish, ijtimoiy rollarni kerakli darajada bajarmaslik guruh yoki jamoa tomonidan jazolanadi, biroq xatti-harakat amalga oshishi bilanoq rag‘batlantirish yoki jazolashning qo’llanilishi g‘oyat muhimdir. Rag‘batlantirishda o’z vaqtida qo’llash printsipi ob’ektivlikning namoyon bo’lish shakllaridan biri, mavjud: normalar, qoidalar yoki buyruqlarni bajarishni tezda baholash shakllaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Ko’rgazmalilik printsipi nimani bilash kerakligini va qanday qilib yaxshiroq bajarish zarurligini predmetli ifojalashni anglatadi, ta’sir ko’rsatishni faollashtirishga yordam beradi. Ko’rgazmalilik shakllari nihoyatda xilma-xil bo’lib, etnik guruh (jamoa)ning imkoniyatlariga bog‘liqdir. Ommaviy axborot vositalarida foydalaniladigan shakllar g‘oyat samarali hisoblanadi. Bu printsipga lider (yo’lboshchi)lar albatta amal qilishlari kerak.
Normativ xulq-atvorni boshqarishning yuqorida tilga olingan printsiplari, shubhasiz, kompleks qo’llanilishi lozim. Konkret ijtimoiy vaziyatni hisobga
olmay turib, yuqoridagi printsiplardan birortasini yaxshi yoki yomon deb atash mumkin emas.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoitlar o’zgaruvchandir. Me’yorlar sistemasi ham o’zgaradi. Inson qat’iy belgilangan o’z mazmuni va yo’nalishiga ko’ra konkret normalarni o’zgartirish orqaligina emas, balki ularga osongina moslashish orqali ham ijtimoiy, shu jumladan, etnik o’zaro ta’sirning to’laqonli va faol ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Shuni e’tiborga olish zarurki, me’yorlar tizimi, ayniqsa, mehnat, siyosiy normalar nihoyatda harakatchandir, ulardan etnik xulq-atvor va o’zaro munosabatlarning xususiy, konkret aktlarini boshqarishda foydalaniladi. Shu tufayli ham me’yoriy boshqarish shaxs yoki bir butun jamiyat xulq-atvori va faoliyatining real dinamik sistemasini tashqil etish printsipi bo’lib xizmat qiladi.

SAVOLLAR.


1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin