ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
9-MAVZU: Etnik o`zaro munosabatlarning xususiyatlari. (2soat)
REJA.
1.Etnik o`zaro munosabatlar
2. Etnik o`zaro munosabatlar shakllanishining turlari va bosqichlari.
3.Til- etnik o`zaro hamkorlik mexanizmi sifatida.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Milliy tuygu etnopsixologik xususiyatlarini tashqil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam urganilgan soxa xisoblanadi. Ijtimoiy xodisalar ichida milliy tuygu o’zining kelib chikishi bilan o’zok o’tmishga borib takaladi. Shuning uchun uni urganishda nixoyatda extiyotkorlik ziyraklik bilan ish olib borishlik talab etiladi. Milliy tuyg’ular asosida milliy manfaat va extiyojlar, ayniksa, uning muvaffakkiyati yoki muvaffakkiyatsizligini tinchligi va notinchligini ta’minlovchi narsalar etadi. Milliy tuygular kishining milliy voqelikdagi barcha narsa va xodisalarga milliy jarayonlarga, ona tabiat va zaminga, shuningdek xalqning tarixi va ma’naviy merosiga milliy kadriyatlarga bulgan munosabati shaklida namoyon bulib milliy ma’naviy xayotida katta axamiyatga egadir. Milliy tuyguning ta’sirchanligi, ayniksa, zero xar bir xalqning milliy xususiyatlari til orqali o’z ifodasini topadi. Milliy tilga bulgan munosabatning salgina bo’lsa xam bo’zilishi xalqlar va millatlar urtasidagi munosabatlarga katta zarar yetkazadi. I.M. JABBOROVNING « O’zbek xalq etnografiyasi » kitobida turli xalqlar o’z tilini yaxshi kurishi va tilda gaplashadigan boshqa xalq vakilarini xurmat qilishi xaqida bundan 1000 yil avval yozilganligi misol keltiriladi.
Farzandlarimiz ongida vatanga, boy tariximizga, milliy kadriyatimizga nisbatan xurmat- extiromni karor topdirish xar xil yot mafko’ra kadriyatlariga yergashmaydigan milliy immunitetni shakllantirishimiz darkor. Buning uchun ularning tafakkurida o’zligini anglash va unutmaslik karor topishi o’z tarixi, o’tmishi buyuk ajdodlari xayoti milliy kadriyatlarini milliy urf- odatlarini yaxshi bilib o’zlashtirishlari lozim. Vatanga muxabbat, vatanparvarlik tuygusi odamning kalbida tabiiy ravishda tugiladigandek tuyiladi. Aslida tuygularning xam shakllanishida ma’lum ta’lim –tarbiyaviy tadbirlarga e’tibor berish zarur. Inson o’zligini anglagani nasl –nasabini bilgani sari yuragida vatanga muxabbat tuygusi ildiz otib yuksala boradi. Bu ildiz kancha chukur bo’lsa, tugilib usgan yurtga muxabbat xam shu kadar cheksiz bo’ladi. Bunda ayniksa ona tiliga bulgan munosabat etakchi urinda bo’ladi. Chunki « Ona tili-bu millatning ruxidir, o’z tilini yukotgan xar kanday millat o’zligidan judo bulishi mukarrar ». Shurolar davrida bizning tariximiz ukitilmadi yoki ataylab bo’zib, soxtalashtirib berildi. Bobomiz Amir Temur konxur, jallod, shaxs sifatida tasvirlandi. Tarixini bilmagan, o’tmishdan maxrum kilingan xalqda, tabiiyki, milliy tuygular, gurur, faxr bulmaydi. Uzgalar tobeligida yashashga urganib fakat biologik extiyojlar kuliga aylangan xalq mankurtlashadi. Unda milliy ozodlik, mustakillik tuygulari bulmaydi. Bizda xam afsuski mankurtlik xususiyatlari shakllana boshlagan ediki, buyuk bobomiz Amir Temur xakida latifalar tukib chikara boshladik. Bu xil latifalarni «ijod»qilishda o’zimizning yozuvchilarimiz ozmuncha ter tukishmadi.
Milliy tuygular tarixiy kategoriya bulib shu milliy va xalq vakillariga tashqi ob’ektiv omillarning doimiy ta’sir etib turishi natijasida vujudga keladi. Shaxsda milliy tuygu va ongni shakllantirish, rivojlantirish uchun xalqimiz tarixini, milliy kadriyatlarni, buyuk ajdodlarimiz xayotini, boy ma’naviy merosini chukur urganish lozim. Milliy tuygularning namoyon bulish kuchi va intensivligi xamma xalq va millatlarda bir xil bulavermaydi. Bu tuygular kichik, kam sonli etnoslarda katta, kup sonli xalqlardagiga karaganda, shuningdek, kam tarakkiy etgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakat xalqlaridagiga karaganda kuchli va yorkin namoyon bo’ladi. Ayniksa, ilgari jabr - zulm kurib kelgan, ezilgan va ranjitilgan xalqlarda milliy tuygular nixoyatda sezgir va ta’sirchan bo’ladiki, xatto xazil shaklida millat sha’niga aytilgan fikrlar xam norozilik tugdirishi, xissiyotlarni jumbushga keltirishi, milliy nizolarni keltirib chikarishi mumkin. Milliy tuygular xilma- xil bulib, unga axlokiy, estetik, intelektual va maishiy tuygular kiradi. Ular vatanparvarlik, milliy iftixor, xamkorlik, xayrixoxlik yoki garazguylik, dushmanlik kabi kurinishlarda o’z ifodasini topadi. Vatanparvarlik va o’z ona tabiatiga mexr- muxabbat tuygulari, milliy tuyguda muxim urin to’tadi. Vatanparvarlik asrlar va ming yillar davomida birgalikda yashagan etnik guruxda shakllangan eng chukur tuygulardan biridir. Etuk vatanparvarlik tuygusi maxalliy, xududiy parchalanishlar va turli-tuman mayda etnik tafovutlar tugatilib, elat va millatlarning shakllanishi jarayonida vujudga kela boshlaydi. Xaqiqiy vatanparvarlik deb ko’rsatgan edi, amerikalik etnopsixologlar B.Gonniy va V.Jeromlar, fakat xalqi va vatanining jaxon mikyosida tutgan mavkedan faxrlanish bilangina namoyon bulmaydi. Millat xayotida shunday davrlar va xolatlar bo’ladiki bunda xakikiy vatanparvarlik tuygusi uyalish va orlanish bilan tulib toshishi mumkin. Darxakikat, millatning ukimishli vakilari, ziyoli va olimlari, yozuvchilari millat xayotiga, milliy jarayonga teran ob’ektiv ko’z bilan qarab, millat xayotidagi ayrim kamchilik va nuksonlarini ruy-rost ayta olishgan tankid qilishgan. Tanikli o’zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy « Turkiy guliston yoki axlok » kitobida bunday yozadi: «Bizlar na uchun xarakat kilmaymiz, kimirlamaymiz? Boshka millatlarni ugillari, kizlari kecha demay, kundo’z demay, yoz demay, kish demay ilm yulida jonlarini fido kilib, kovushib, yugurishib, ko’zlarimizni kamashtirib turgan bir zamonda ,bizlar xamon uykudan jaxolatdan boshimizni kutarmaymiz, ibrat olmaymiz».
NAZORAT SAVOLLARI.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?