ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
11 - mavzu. Din psixologiyasining predmeti va metodlari (2soat)
Reja:
Din va dinpsixologiyasi tushunchalarining ta`riflari
Din psixologiyasi fanining umumiy tavsifi
Ilmiy bilimlar tizimida din psixologiyasining o`rni.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Din psixologiyasi ikki fan - dinshunoslik va psixologiya fanlari oralig’ida turadi. Shuning uchun bu fandan bahs yuritish uchun, muallif ma’lum darajada har ikkala fandan xabardor bo’lishi zarur. Bu fan XIX asr oxirlari XX asr boshlarida v.ch deb qabul qilingan. Nemis V.Vundt, Teodel Riyuo (frantso’z. Psixologi), V. Jems (amerika psixologi) xizmatlari katta. Din psixologiyasi psixologiya fanining bir sohasi bo’lib, uning predmetini dindor insonning e’tiqodi, diniy hulq-atvori, tafakkur va hissiy kechinmalari tashkil etadi. Uning ob’ekti esa, dindor shaxs, diniy guruxlar (mazxab, yo’nalishlar), diniy jamoa va tashqilotlardir. (obshin, konfensiyalar) tashqil etadi. Din psixologiyasi dinni ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayotida to’tadigan o’rnini, ta’sirini o’rganmaydi. Buni Din sotsiologiyasi fani yaratadi. Din psixologiyasi dinni ruhiy fenomen sifatida inson qalbiga ta’siri uning hulq-atvorida namoyon bo’lishini, dindor odamlarning, dinga ishonmaydigan odamlardan farq qiluvchi psixologik xususiyatlarini o’rganadi. Dindor kishilarning ruhiyatiga qanday farqlovchi xususiyatlar bo’ladi?
Birinchidan sezgi a’zolarida:
Ko’rish sezgilarida diniy simvolikalar (ramzlar), belgilar darhol idrok etilishi, xotirada to’la saqlanib qolishi aniqlangan.
Eshitish sezgisida ham xuddi shunday xususiyatlarni ko’zatish mumkin. Masalan, bomdod nomoziga chorlovchi azon ovozi o’zoqdan kelayotgan bo’lsa ham uxlab yotgan namozxonni uyg’otib yuborishi mumkin holda, diniy e’tiqodi yo’q odamni «uyg’otmasligi», «eshitilmasligi» mumkin.
Miyadagi «qo’riqchi punkt»...
Xotirada ham diniy informatsiyalar, bilimlar, davlatlar boshqa informafiyalarga qaraganda yaxshi saqlanib qoladi. Chunki juma xutbalariga kelgandagi maqsad, idrok jarayoni ham boshqacha bo’ladi.
Tafakkur xususiyati islomda doimo har bir narsaning yaxshi tomonlarini ko’rish, shukr qilish, hatto musibatlarni ham ilohiy dindor odamning hissiy va ruhiy kechinmalari, ayniqsa diniy amallarni bajarish jarayonida yorqin namoyon bo’ladi. Shuning uchun din psixologiyasi dindorlarning diniy amallar ni bajarish jarayonida vujudga kelgan ruhiy holatlari, kechinmalarini o’rganadi.
Ma’lumki islomda va boshqa dinlarda ham ibodat va boshqa diniy amallar jamoa bo’lib bajarilishiga katta e’tibor beriladi. Shuning uchun (yakka) yolg’iz o’qiladigan namozga qaraganda, jamoa bo’lib o’qiladigan namozning savobi 25 marta ko’p deb aytganlar Payg’ambarimiz (S.A.V). Chunki jamoa bo’lib turgan vaqtdagi shaxsning ruhiy holati, yolg’iz turgan paytdagi holatidan farqlanadi...
Birgalikda qilinadigan harakatlar, safning zich turishi, auralarning qo’shilishi, machitdagi muhit barchasi namozxon ruhiga ta’sir etadi.
Appertseptsiya hodisasi...
(Epzistsentsializm psixologiyasi... tiriklik, mavjudlik)
Dindor kishi ruhiyatidagi bu xil xususiyatlar, avvalo, ilohiy ne’mat sifatida qabul qilinishi bilan, ijtimoiy omillarning rolini ham unutmaslik kerak.
Ustanovka. Dinamik stereotip
XX asrning 60-yil o’rtalaridan boshlab sobiq Ittifoqda din psixologiyasining ayrim muammolari bo’yicha bir qator ilmiy maqolalar, kitoblar chop etila boshlandi. 1967 yil psixolog fan doktori professor K.K. Platonovning «Psixologiya religii» kitobi nashrdan chiqdi.
Lekin bu maqola va kitoblar dinning jamiyat va inson hayotida to’tadigan o’rni, uning ijobiy ta’sirini emas, aksincha, ateistik ruhda bayon etilib, dinning «halq uchun af’yun» ekanligi, inson ongini «zaharlash»ini isbotlashga harakat qilgan.
Shuning uchun din haqida bahs yuritishdan avval ruh va vujudning o’zaro munosabatini, ya’ni falsafa fanining qadimiy bosh masalasi ong va materiya munosabatini bilib olish kerak.
Bu haqdagi qarashlar:
Materialistlar «psixika»-ruhiyat yuksak darajada rivojlangan materiyaning-bosh...
Azizziddin Nasafiy «Zubdat ul haqoyiq»-«haqiqatlar qaymog’i asarida» Jo’z’ (qism) va kull (butun)ni idrok etadigan, o’zini va parvardigorini taniydigan, biladigan insoniy haqiqatni ruh deydi.
Diniy bilimlarning psixologik tahlilini murakkabligi shundaki, diniy e’tiqodlar har bir davrda, har bir individda shaxsda o’ziga xos shakllanib, qobiliyatiga yarasha o’zlashtiiriladi.
Individ o’z ruhiyatida bo’layotgan o’zgarishlarni sezish bilan bir qatorda, atrofdagi dindoshlari ruhida bo’layotgan o’zgarishlarni ham ko’zatib, ularga ham munosabat bildirib boradi. E’tiqod va diniy bilimlarni o’z ruhiyatiga ta’sirini bilib borar ekan, shaxs, albatta, yangi bilimlari bilan avvalgi ma’lumotlarni qiyoslaydi. Bu holatni anglab etishdi. Unga bilish jarayonlari o’ziga xos xususiyatlari, ruhiy holatini boshqara olish qobiliyat va tajribasi yordam beradi.
Dinni, din psixologiyasi bilan bog’liq hususiyatlarni bir qator fanlar o’rganadi. Lekin ular bu (xodisalarni) voqelikni o’z predmeti, ilmiy kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda o’rganadi va munosabat bildiradi.
Diniy bilimlarni o’zida aks ettirgan ilohiy manbalarning tibbiyot, psixologiya, falsafa, astronomiya, fizika, sotsiologiya kabi fanlar tomonidan o’rganilishi, tahlil etilishi shuni ko’rsatadiki, ilm fan, texnika rivojlangan sari, ularning yangi-yangi qirralari ochilib boryapdi. Xususan, Qur’oni Karimda bayon etilgan ko’plab ilmlar hozirgi zamon fani tomonidan o’z ibodatini topib boryapti.
Diniy e’tiqodni shaxsga ta’sir etishi va shaxsda diniy tuyg’u va g’ururni yo’zaga keltirishi, (hamda) diniy e’tiqodga amal qilinishi kabi ko’plab psixologik holat va xususiyatlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish ham din psixologiyasi fani oldida turgan vazifalarga kiradi.
Diniy va milliy tuyg’ular o’ta nozik va ta’sirchan kechinmalar hisoblanadi. Salgina nopisandlik bilan aytilagan fikr, hatto hazil tariqasidagi aytilgan so’z tuyg’ularni jo’nbushga keltirib yuborishi mumkin.
Diniy e’tiqodni shakllanishi bosqichlari hamda e’tiqodni o’zgartirish yoki diniy e’tiqoddan qaytish holatlarini o’rganish ham din psixologiyasiga kiradi.
Mosixo dini...
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq fuqorolarning vijdon erkinligiga alohida e’tibor berildi. Diniy qadriyatlarimizni tiklanishi bilan bir qatorda, diniy bilimlar berishga shart-sharoitlar yaratila boshlandi... TIU, haj safarlari, madrasalarga qabul va x.k.
Diniy bilimlar va diniy e’tiqodlar asosida sog’lom avlodni yanada barkamollikka erishishi, diniy bilimlarning jamiyat hayotiga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish din va din psixologiyasi fani oldida turgan davr talabidir.
Diniy e’tiqodlarning shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganish quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi.
Din psixologiyasining umum nazariyasini o’rganish, bunda diniy g’oyalar diniy e’tiqodning mazmun va struktura to’zilmasi, diniy e’tiqod hususiyatlari, dinnning shaxs va jamiyat ma’naviyati hayotidagi psixologik vazifalarini o’z ichiga qamrab oladi.
1.Differentsial din psixologiyasi, diniy e’tiqod va dindorlar ruhiyatini ma’lum ijtimoiy muhit va tarixiy davrlarni hisobga olib tadqiq etadi.
Ma’lumki, tabiiy ofatlar, qirg’inbarot urushlar, ijtimoiy notinchlik davrida diniy hissiyotlar kuchayib ketadi. Hatto SSSRdek dahriy davlat 2-jahon urushi davrida diniy idoralar, cherkov va machitlarni ochishga, dindorlar faoliyatiga erkinlik byergan. 1943 yil O’rta Osiyo va Qozoqiston diniy idorasi urush vaqtida ochilgan Usmon Qur’oni ham olib kelingan. 2003 yil Iroq urushi davrida Bog’dod bombordimon qilib turilganda radio orqali Qur’on o’qib eshittirib turildi.
2.Diniy guruxlar (mazhab, yo’nalishlar) psixologiyasini o’rganish bo’lib, diniy tashqilotlar (religiozniy obshin), jamoalarning ijtimoiy-psixologik to’zilmasini o’zaro muomala, bir-biridan ta’sirlanish va taqlid qilish kabi holatlar mexanizmi, ularning kishilar hulq atvori, hissiyot va ongiga ta’sir etishini o’rgandi
3.Diniy marosimlar psixologiyasi-ya’ni diniy marosim va amallar bajarishning inson ruhiyatiga ta’simrini tadqiq- etadi. Psixologiyada illyo’ziyalar gallyutsinatsiya appertseptsiya hodisalari bor. Bir voqelikni turli e’tiqoddagilar turlicha idrok qilishi mumkin.
SAVOLLAR.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?
Dostları ilə paylaş: |