Mavzu bo‘yicha savollar
1.Individning etnik xususiyatlarini o’zlashtirishdagi eng birinchi boskich?
2.Individning milliylashuvi nimadan boshlanadi?
3.Etnik xususiyatlarni o’zlashtirishda taklid va ta’sirlanish deganda nimani tushunasiz?
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
8 Mavzu: Etnik stereotiplar va ularning turlari (2 soat)
REJA;
Etnik stereotip tushunchasi.
Etnik stereotiplar va stereotipizatsiya mexanizmlari.
Xulq-atvor etnik stereotiplari.
Turli etnos qiyofalarining shakllanish muammolari.
Tayanch so`zlar: etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik qiyofa, etnik qatlam.
Etnik sterotiplar etnopsixologiya fanida keng qo‘llaniladigan asosiy tushunchadir. Etnik sterotiplar jahon etnopsixologiya fanida 1960 yildan buyon o‘rganib kelinadi. Etnik stereotiplar etnik tasavvurlar asosida vujudga keladi. Etnik tasavvurlar esa etnosni ijtimoiy-tarixiy rivojlanib kelishi hamda ijtimoiy madaniyat muhitida vujudga keladi.
Etnik ustanovka shaxsning u yoki bu milliy hayot yoki etnoslararo munosabatlarni idrok etish shunga muvofiq holda aniq vaziyatda muayyan tarzda xatti-harakat ko‘rsatishni idrok etishdan iboratdir.
Etnik o‘z - o‘zini anglash ijtimoiy psixologiyaning kategoriyasi sifatida har bir etnos o‘z - o‘zini namoyon qilish o‘zini boshqa etnoslardan farqini ajrata bilish kabi funktsiyalarni bajaradi. Milliy ongning rivojlanib borishi natijasida uning tarkibida turli xildagi stereotiplar, ya’ni o‘rnashib, qotib qolgan ong elementlari ko‘payib boradi. Shu tariqa etnik stereotiplar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik olimlar fikricha, etnik steriotiplarda salbiy yoki negativ, sub’ektiv obrazlar mujassamlashgan bo‘ladi. Lekin aslida stereotiplarning xarakteri uning ob’ektiga (o‘z millatigami yoki o‘zga millatgami) bog‘liq bo‘ladi. Demak, stereotiplar turli guruhlarning ma’naviy, axloqiy, aqliy va jismoniy xislatlari haqidagi nisbatan turg‘un tasavvurlardir. Etnik sterotiplarning yana muhim tomoni shundaki, ular doimo sub’ektiv idrokning, mahsulidir. Ko‘pincha bunday stereotiplar millatlararo muloqot kam bo‘lgan sharoitda shakllanadi, ya’ni faqat biror etnik guruhning ayrim vakiliga xos bo‘lgan sifatlar barcha millatlarga yoyiladi va bunday munosabat etnik simpatiya yoki antipatiyalarga asos bo‘ladi, o‘zga etnik guruhlarning idrok qilish yoki ularga baho berishda deyarli qo‘shib aytiladi. Bunday qo‘shib aytishlar shaxsiy fazilatlardan tashqari, o‘sha ob’ektning antropologik sifatlari yoki madaniyati nuqtai-nazardan baholashlariga ham taalluqlidir. Lekin bular ham yo’zaki noaniq tasavvurlarga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, negrlarni hamma qora, baland bo‘yli, yaponlarni esa kichkina deyishadi. Etnik ong va etnik stereotip hodisalarni solishtiradigan bo‘lsak, o‘z millatining alohida o‘ziga xos guruh ekanligini anglash boshqa millatga nisbatan adovatni bildirmaydi. Lekin bora- bora o‘z millati bilan o‘zga millatlar o‘rtasidagi farqni anglagan sari baholar, obrazlar va tasavvurlarda noaniqliklar, bo‘rttirishlar paydo bo‘la boshlaydi. Bu hodisa psixologiyada etnotsentrizm, ya’ni etnotsentrizm - bu o‘z millatini etalon, deb hisoblab, barcha bo‘layotgan ijtimoiy hodisalar va millatlar hayotini ana shu etalonga solishtirib baho berishdir. Uni asos deb hisoblash, qolgan barcha millatlarning esa uning atrofida aylanuvchi degan irratsional tasavvurga suyanadi.
Etnotsentrizmning kuchli yoki kuchsiz, ochiq yoki yashirin namoyon bo‘lishi o‘sha jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tipi, milliy fazilatlar xarakteri, ustuvor mafko’raga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham milliy ongning xarakteri, etnotsentrizmning bor yoki yo‘qligini sotsial - psixologik jihatdan tahlil qilish zarur. Shunday qilib, etnik stereotiplar turli etnik birliklarga tegishli bo‘lgan axloqiy, aqliy, jismoniy fazilatlar haqidagi nisbiy turg‘un tasavvurlarni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, etnik stereotiplarning mazmunida yuqorida aytib o‘tgan tizimlar haqidagi bahoviy mulohazalar qayd etiladi. Shuningdek, ayni mazmunda muayyan millatning mazkur xatti-harakatlarga ko‘rsatmalari ham
ishtirok etishi mumkin. Etnik stereotiplar 2 turga bo‘linadi: avtostereotiplar, geterostereotiplar.
Avtostereotiplar ma’lum millat a’zolarining o‘z millati haqidagi fikrlar, qarashlari va baholari tizimidir. Odatda avtosterotiplar ijobiy baholar tizimidan iborat bo‘ladi. Masalan, o‘zimizning an’analarimizni, biz ijobiy baholaymiz. Geterostereatiplar o‘zga millat haqidagi baho va fikrlar majmui bo‘lib, ular ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Geterostereotiplarning mazmuni o‘sha millatlar yashaydigan mamlakatning qaerda joylashgani, millatlararo munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday etnik sterotiplarning markaziy yadrosi etakchi tasavvurlardan iborat bo‘lib, o‘sha millatning tashqi ko‘rinishi, tarixi, turmush tarzi, mehnat mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Etnik stereotiplarning tizimi etnik ustanovkalarga o‘xshab ketadi, ular ham uch tarkibiy qismdan iborat:
O‘zga millatlarga aloqador bilim, g‘oya tushunchalarning borligini qayd etuvchi - kognetiv g‘oyalar.
Begona sifatlarga nisbatan simpatiya va antipatiya munosabatlari bo‘lib, buni emotsional soha desa bo‘ladi. O‘sha millatlarga nisbatan xulq-atvorning aniq vaziyatda shakllanishi.
Kognetiv xususiyatlari nisbatan kam o‘rganilgan, lekin uning shakllanishida o‘zga millatlar haqidagi bilimlarning xomligi yoki bilimning etishmasligi muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pincha milliy munosabatlarda istaklar va harakatlar o‘rtasida farq bo‘ladi. Bunda o‘sha harakat motivlari va shaxs yo‘nalishlari muhim rol o‘ynaydi. Farqning bo‘lmasligi uchun o‘zga millat haqidagi ma’lumot ratsional, oqilona bilim sifatida xalq tomonidan qabul qilinishi kerak. Buning ishonchli vositalaridan biri - shaxs uchun referent ahamiyatli, deb hisoblangan kishilardan foydalanishdir. Etnik stereotiplar nisbatan turg‘un bo‘lib, avloddan - avlodga o‘tish yoki ma’lum ijtimoiy hodisalar ta’sirida keskin o‘zgarishi ham mumkin. Har qanday etnik sterotiplarning markaziy yadrosi, etakchi tasavvurlari bo‘lib, ular o‘sha millatning turmush tarzi, tarixi, tashqi ko‘rinishi, mehnat mashg‘ulotlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Qolgan sifatlari, tasavvurlari esa bevosita muloqotda namoyon bo‘ladi va nisbatan o‘zgaruvchandir. Ularning o‘zgarishi millatlararo siyosatning o‘zgarishiga, maxsus tadbirlar, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Milliy xarakter ob’ekt sifatida kiyin, ammo lekin urganish mumkin bulgan ijtimoiy tarixiy xodisadir. U milliy psixologik kiyofaning tarkibiy kismi xisoblanadi. Milliy xarakter milliy xayotdagi tarixiy kategoriya bulib uni urganish tushuntirib berish shu millat xayotini, tarixini, tili va madaniyatini yaxshi bilish zarur. XIX asrda etnopsixologik xususiyatlarni urgangan kupgina mualliflar o’z asarlarida milliy xarakterni real voqelik sifatida mavjudligini e’tirof etgan. Faylasuf E. Fridriz Angliya tarixini urganar ekan, frantso’z va nemislarda bulmagan o’ziga xos mustakillik, o’ziga ishonch xususiyatlari rivojlanganligini ko’rsatib beradi. "Ingliz milliy xarakteri nemislarnikidan xam, shuningdek frantso’zlarnikidan keskin farklanadi " deb yozadi u. Ma’lumki, xarakterni mavjudligini inkor etuvchi ayrim mualliflar rus, ukrain, armanlar va nemis frantso’zlar bir-biridan farklovchi xususiyatlarini ko’rsatib bering, deyishadi. Dikkat kilib urganish va tekshirish jarayonida xamma xalqlarning milliy xarakterida bir-biridan fark kiluvchi xususiyatlar borligini bilib olish mumkin. Milliy xarakterdagi bu farklarni xatto kundalik xayotda xam kuplab uchratamiz. Millat xarakterini realliigini ximoya kiluvchi mmualliflar shunday bir epizodni tasavvur qilishni tavsiya etishadi. Agar vagon kupesiga ikki notanish ingliz chikib kolsa, ular safarlarining oxirigacha bir-biri bilan yakindan suxbat kurmay, xatto bir ogiz gapirmasdan kelishlari mumkin deyishardi … O’zbeklar-?. Aksincha bir-biri bilan yakindan tanishi butun xayotini bilib ulguradi Xalklarning turlicha xarakter xislatlariga ega bulishligi ularning ijtimoiy-iqtisodiy tajribasi tarixiy taraqqiyoti va tabiiy yashash sharoitlari bilan belgilanadi. Bunda ijtimoiy munosabatlar milliy xarakterni shakllanishida etakchi rol uynaydi. Xar bir tarixiy davr shu davrdagi ijtimoiy taraqqiyot konuniyatlari asosida milliy mafko’ra manfaatlariga mos bulib tushadigan o’z milliy xarakter idealini yaratadi. Shu davrdagi xarakter tipi kishilarning yashash tarzini aks ettiradi. Xalqning butun tarixi davomida orttirgan xar bir xarakter xislatlarning vujudga kelishi kishilar ruxiyatiga atrofdagi voqeliklarning o’zok vakt davomida ta’sir etib turishi bilan boglikdir. Milliy xaraktyerga kanday ruxiy xislat va sinflarni kiritish mumkin. Shuni takidlash kerakki, " Milliy xarakter" tushunchasi xakida xali xam umumiy bulgan bir xil karash mavjud bulmasa xam lekin unga kiruvchi xislatlar tugrisida umumiy bulgan fikrlar mavjud. Kup tadqiqotchilar milliy xaraktyerga, mexnatga munosabat(mexnatsevarlik), vatanparvarlik, erksevarlik, dovyuraklik, jangovarlik kabi xislatlarni kiritishadi. Bizning fikrimizcha yuqoridagi xislat va sifatlar bilan bir katorda milliy xarakter tarkibiga yana millatning akil to’zilishi boshqa xalqlarga bulgan munosabati va shu millat vakillarining o’zaro munosablarini belgilovchi xususiyatlar xam kiradi. Milliy xarakter va etnik psixalogiyani urganishlarning muxoliflari, milliy xarakterdagi keltirilgan xislatlarni kaysi biri birorta xalqda eki mavjud emas? Deb savol kuyishadi. Milliy xarakterni urganishda tatkikotchilar uchraydigon qiyinchilik xam ana shunda. Darxakikat, xarakterning kaysi bir xususiyatini ochib kurmaylik, albatta u barcha xalqlar va millatlarda xam mavjud ekanligini ko’ramiz. Masalan, erksevarlik, dovyuraklik, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi xislatlar xamma xalqlarga xos bulgan xususiyat bulgan xolda, bu xislatlar o’zining namoyen bulishi, to’zilishi jixatidan barcha xalqlarda bir xil kechmaydi. Zero, xarakter xislatlarini keltirib chikaruvchi yashash tarzi, tarixiy taraqqiyot va faoliyat sharoitlari aynan bir xil bulganligi sababli, yuqoridagi xarakter xislatlarini namoyon bulishi xam ularda aynan bir xil bula olmaydi. Kavkazdagi togli xalqlarning xayoti va yashash tarzini urgangan tatkikotchilarning barchasi bir ovozdan ularda jangovorlik, magrurlik kabi xarakter xislatlari kuchli ekanligini e’tirof etishadi. Ularning bu xarakteri -deb yozadi R.Ch. Chomaev, -togli xalqlarning tashvishli va xavf-xatarga tula xayotlarning in’ikosi bulib, unga moslashishga zarurati natijasidir. Tashqi - ta’sirlarning butun kompleksi tog sharoitining ogirligidan tortib, jangovorlik shon-shuxratigacha, beshikdagi alladan tortib epik xalq dostonlarigacha o’z erki va ozodligini saklab kolish uchun mardlik, matonatli, kaxramonlik va jasurlikni tarbiyalashga karatilgan edi. Mexnatsevarlikni xammma xalqlarga xos fazilat ekanligiga shak keltirmaymiz. Lekin, shuning bilan birgalikda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy kurilishi, geografik iklim sharoiti, xalq tomonidan mexnatsevarlik xamma xalqlarda bir xilda namoyon bulavermaydi. Ma’lumki, Gollandiya mujazgina kichik maydonga ega. Maydoni Moskva viloyati territoriyasidan kichik. Lekin shu mamlakat butun Rossiyani bokadigan kishlok xujalik maxsuloti ishlab chikarar ekan. Vaxolanki, Gollandiya xalqi tabiiy-geografik sharoitiga ko’ra, dengiz atrofidagi botkok va toshlok erlarni o’zlashtirib, unumdor yerga alamshtirish uchun ogir sharoitlarda ish olib boradi.
Natijada ularda tirishkoklik va sabotlik bilan mexnat kiladigan kishilarga nisbatan mexr-muxabbat bilan karash shakllangan. Oilada o’z farzandini shu ruxda tarbiyalashda xarakat kilar ekan.
Bola sal-pal gapni tushunadigan bulgach, ona uning kaftini ochib u erda egri-bugri chiziklarni ko’rsatib: M-men - odam: W-work-mexnat, odam mexnat bilan tugiladi deb tushuntirar ekan.
Sevimli va iktidorli shoirimiz A. Oripov o’zbek dexkonning shu xislatlarini "Saraton" she’rida bunday tasvirlaydi:
Xali tong gunchasi ochmasidan lab,
Naxor farogatin uylamay takir,
Kimsasiz dalaga ko’zin ukalab,
Chqib ketganingni ko’rdim-ku axir.
Ko’rdimki, manglaying ter bilan qotib,
Beraxm otashga byerganingni tob.
Kurdim-ku, tepangda o’zin yo’qotib,
Xayratdan lol kotib kolganin oftob.
Mening dexkon bobom, andak orom ol,
Quyosh buroviga olgan palla bu,
Saraton o’zi xam mudraydi, bexol,
Oxangsiz yalla bu, so’zsiz alla bu.
Xar bir xalqning mexnatsevarligi turli kurinishda kechadi. Masalan, o’zbeklar xam, kozoklar xam ikkilasi mexnatkash xalq. Lekin ularning shu mexnatsevarligi faoliyatning turli soxalarida turlicha namoyon bo’ladi. O’zbeklarda u dexkonchilik, bogdorchilik bilan shugullanish jarayonida namoyon bo’lsa, qozoqlarda chorvachilik bilan boglik bulgan mexnatda kurinadi.
Bir necha yillar mobaynida o’zbek xalqi dexkonchilik bilan mashgul bulib kelgan-Erga nisbatan extiyokor, tejamkorlik bilan munosabatda bulish xususiyatlari vujudga kelgan. Bizning ajdodlarimiz bir necha asrlar ogir sharoitlarda qiyinchilik bilan paxta etishtirib kelishgan. Asosiy mexnat kul kuchi bilan usha davrlarda, bu nozik va yilning 8-9 oyi mobaynida doimiy mashakkatli mexnat qilishni talab kiladigan usimlik, dexkonlardan va uning oila a’zolaridan ozmuncha ter tukishni talab kilgan deysizmi? Bundan tashqari xali tabiatning kudrati kuchlari oldida ojiz bulgan yakka xujalik bilan ish olib boruvchi dexkon, tabiatning turli-tuman injikliklariga karshi ko’rashishga majbur bulgan. Paxtakor va bogbon dexkonni kupincha baxorgi suv toshkinlari yoki suvsizlik va kurgokchilik azoblari kiynagan. Bobo dexkon ogir,mashakkatli mexnat kilib, peshona terisi bilan o’z erini sugorib, xosil olishga, bog-roglar yaratishga urgangan. Suv paygambar, er avliyo bulgan usha davrlarda dexkon saratonning jazirama issigi-yu, ko’zning sovuk izgirinlarini pisand kilmay, xar bir karich erni zur mexr kuyib ishlagan. Xar bir go’za tupini e’zozlab parvarish kilgan, xar bir daraxtni ko’z korachigiday saklagan. Mana shularning xammasi avloddan-avlodga utib, ulardan mashakkatli mexnat qilish odatiy aylanib, zaxmatkashlik, ogir sharoitlarda xam ruxi tushmasdan ishlay olishlik, dov-daraxtlarni sevishlik, ob-xayot manbai - suvni e’zozlash kabi xususiyatlar o’zbek xalqiga xos xarakter xislati bulib kolgan. Kozoklarning mexnatsevarligi esa choorvachilikda kilinadigan mexnatda, chorva mollarini parvarish qilishda namoyon bo’ladi. Ular bokish uchun kulay va nokulay bulgan yaylovlarni topishda, chorva eydigan ut-ulanlarning xususiyatlarini farklashda moxir bo’lishadi. Bu misollardan kurinib turibdiki, xar bir millatning mexnatsevarligi, ular bevosita shugullanadigan mexnat turlarida tula namoyon bo’ladi. Shuning uchun kozok xalqini dexkonchilik bilan bevosita shugullanmaganligi uchun dangasa, deya olmaymiz. Aksincha, o’zbeklarning chorvachilikdagi nisbatan "ukuvsizlik" uchun ularni xam mexnatsevar emas, deb bulmaydi. Milliy xarakterni mutloklashtirib yuborish, albatta, notugri. Boshka xalqlarda va millatlarda uchramaydigan, fakat bir xalqgagina xos bulgan sof milliy xarakter umuman tabiatida uchramaydi. Xar bir xalq butun xususiyatlari bilan olingandagina va betakror bulib kurinishi mumkin …, uning xar bir etnik xususiyati aloxida olib kurilsa, mutlok noyob xususiyat bula olmaydi.Milliy xarakter muammosini urganishdagi murakkablik va chalkashliklar deb ko’rsatadi I.S.Kon, kupincha dialektikadagi umumiylik va xususiylik, mushtaraklik va aloxidalikni tushunmaslik natijasida vujudga keladi. Uning tugri ta’kidlashicha, milliy xarakterning u yoki bu xususiyatini ko’rsatganda albatta u nisbatan olib urganilishi kerak. ''rus milliy xarakteriga bagishlangan ishlarda, -deb yozadi I. Kon, --kupincha ularda emotsional vazminlik deb ataladigan xislat ko’rsatiladi. Agar italyanlar bilan takkoslanganda tugri, kushilaman. Lekin fakat finlar yoki estonlar bilan takkoslanganda emas ''. Albatta, rus xalqiga xos bulgan milliy xarakter xislatlari yuk emas .Rossiyaning bepoyon erlari, ayrim boshqa mamlakatlarda bulganidek, siyosiy parchalanishlarning yukligi, xujalik taraqqiyotidagi o’ziga xos xususiyatlarning barchasi, Gertsen aytganidek, ''aysh -ishratni yaxshi ko’radigan, bagri keng'' rus kishisini, yakka xujalik yurgizishga moyil bulmagan, bir parcha eriga yopishib olmagan rus dexkonini yaratdi. Aksincha, o’zbek xalqi xarakterida bir karich eriga yopishib olishlik ''kindik koni tukilgan erini tark etmaslik xususiyatlari bor''. Bu xarakter xususiyatlarining vujudga kelishi o’zbek xalqi tarixiy taraqqiyotidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan boglik. Masalan, Markaziy Osiyo, xususan, xozirgi O’zbekiston xududida mavjud bulgan bir necha feodal davlatlar, xonliklarning siyosiy- iqtisodiy jixatdan parchalanganligi, ular urtasidagi tez -tez bulib turadigan konli tuknashuvlar, xujalik yurgizishdagi patriarxal usullarning mavjudligi, urug - aymokchilik, urf - odatlarining saklanib kolishi va nixoyat dexkonchilik qilish uchun sugoriladigan yarokli erlarning cheklanganligi kabi omillar, o’zbek xalqi xarakteridagi shu xislatlarni vujudga keltirib chiqaradi. O’zbek oilalarida bir necha avlod vakillari ( xatto 3-4avlod) bir biridan ajramagan xolda birgalikda bir xovlida bir maxallada yashab kelishgan. Shuning uchun ilgarilari mavjud bulgan katta oila ichida, bir necha avlod vakillari yashayotganligini uchratishimiz mumkin. Oila boshligi bulgan Ota ugillarini uylantirgandan keyin xam o’zok vakt ularni mustakil oila kilib ajratib yubormagan. Yangi oila kurgan ugil, katta oila boshligi bulgan ota kul ostida ishlab xujalik yurgizish ishlarida unga yordam bergan. Agar yangi oila ota-ona bagridan ajralib chikkan taqdirda xam, ular oilasi uchun ota uncha o’zok bulmagan joydan xovli yoki er sotib olib byergan, yoxud o’z eridan uy kurish uchun joy ajratib byergan. Yangi oilaning kundalik extiyoji uchun zarur bulgan uy buyumlari ajratib berilgan. Lekin shunda xam ota o’z erini parchalanib ketishiga yul kuymagan ugil bola kul ostida uning erida ishlagan, xujalik yurgizishda otaga yordam berib kelgan. Buning boisi nimada, nima uchun O’rta Osiyo xalqlarida, xususan dexkonchilik bilan shugullanuvchi xalqlarda patriarxal munosabatlar oila va xujalik yurgizish soxalarida nisbatan o’zok saqlanib turdi?
Ma’lumki sugorib dexkonchilik bilan shugullanuvchi xalqlarda, ayniksa O’rta Osiyo sharoitida er juda katta iqtisodiy axamiyat kasb etadi. Kishin - yozin xam katta kuch bilan ishlashni talab kiladigan sharoitda ishchi kuchlari va erning parchalanib ketishligi, erni ishlash, xosil olishlikni ancha kiyinlashtirib kuygan bular edi. Shuning uchun xam O’zbekistonning utrok xalqlarida juda katta, xatto uch- turt avlod vakillarini o’zida birlashtirgan oilalar mavjud bulgan. Farzandlar oila boshligi kul ostida ishlab unga iqtisodiy jixatdan karam bulgan. Ota yoki oiladagi bosh ugil bu oilaning boshligi bulgan. Uning so’zi, fikri oilaning boshqa a’zolari uchun konun darajasida bulgan.
Xo’jalik yurgizishda bunday patriarxal uklad xokim bulgan xalqlarning deyarli xammasida, oila boshligini, kattalarni xurmatlash, ularning aytganini tuxtovsiz bajarilishi odat tusini olgan va keyinchalik u mustaxkamlanib xalqning xarakter xislatiga aylanib kelgan.
Oilaning o’zaro munosabatlarida ma’lum yosh guruxidagi xar bir kishi albatta o’zidan yukori yoshda turgan kishilarga itoat etgan, ularga xurmat extirom ko’rsatilgan. Bu albatta yirik oilalarning birlashib yashash zaruriyati mavjud bulgan sharoitlarda ularning parchalanib ketmasligi uchun katta axamiyat kasb etgan. Bundan tashkari o’zbeklarda aka-ukalar yoki karindosh uruglar urtasidagi na emas, shuningdek, kuni-kushnilar bilan xam yaxshi munosabatlar o’zaro yordam va xamkorlik ko’rsatish kabi xislatlar ancha rivojlangan.
Qadim vaqtlardayok bir urug’ yoki qabila bir maxalla yoki butun bir kishlokda yashagan. Kamdan kam xollardagina begona urug yoki qabila vakili notanish joylarga kuchib borgan. Xozir xam kup kishloklarda maxalla karindosh urugchilik tamoyili asosida shakllanadi. Demak, yon kushni ayni vaktda sizning yakin karindoshingiz xamdir. Shuning uchun kadim vaktlardayok bir oilada ovkat pishirilsa, albatta, kushniga, karindoshnikiga chikarilgan. Kushning yaxshi kunida xam, aziyatli kunida xam birinchi bulib devormiyon kushni xizmat kiladi. Kushning uyidagi marakaga katnashmaslik, ayniksa, ta’ziyali marosimlarda ishtirok etmaslik, o’zbeklar uchun katta ayb xisoblanadi. Shuning uchun xam bizda kushni tugrisida juda obrazli makollar yaratilgan, " Xovli olma, kushni ol ", "Uzoqdagi karindoshdan yakindagi kushni yaxshi", "Yon kushni- jon kushni" va xakozo. Bundan tashkari milliy tabiatimizda mexr -okibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu - xayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar, bagrikenglik, mexmondustlik, ok kungillilik xususiyatlari mavjud. Bunday xamjixatlik bir-birini kullab turishlik fakat kushnilar urtasidagina bulib kolmasdan, butun maxalla va kishlok axolisi biror xonadonda aza borligini eshitib kolsa, vafot etgan kishini yaxshi tanish-tanimasligidan kat’iy nazar, marxum bilan vidolashmok uchun vaktini ayamasdan, yumushini tashlab bo’lsa xam, marxumning uyiga kelib, xamdardlik bildiradi, kulidan kelgan yordamini ko’rsatadi. Marxumning tobuti mozorga borguncha elkama-elka kutarilib boriladi.
Yulda uchragan xar bir kishi- u otda bo’lsa xam mashinada bo’lsa xam tushib bir necha kadam tobutni ko’tarishib borishni o’zining insoniylik burchi, deb xisoblaydi.
Kuni- kushni, maxalla- kuyni va xamkishloklarning bunday bir- birini kullab-kultiklab turishlari bir-birlarining manfaatlarini ximoya qilishlari kishilarning o’zok davrlar mobaynida birgalikda yahab kelishi, maxalla va kishlok axlining bir-birlariga karindosh urugchilik iplari bilan boglanganliklari natijasidir. O’rta-Osiyoda kichik-kichik o’ziga mustakil bulgan xonliklarning mavjudligi yirik birlashgan xokimiyat tomonidan mamlakat mikiyosida ma’muriy, xujalik ishlarini planli rivojlantirmasligi, buning ustiga maxalliy amaldorlarning ochko’zligi, davlat va xalq manfaatlaridan ko’ra kuprok, o’z chuntaklarini uylashi natijasida, kup yirik xujalik ishlari- kanal kazib suv chikarish, ariklarni tozalash, machit va boshqa binolarni kurish, xosilni yigib-terib olishva shunga uxshash kupchilik mexnatini talab kiladigan ishlarni xalq o’zi "xashar" yordamida bajargan. Shuning uchun maxallda va kushnilar orasida bulib turadigan xasharlarga chikish xar bir keksayu yoshning mukaddas burchi xisoblangan. Milliy xarakterni xalq o’zida namoyon etadi. Lekin millat xarakteri ayrim shaxslar xarakterining oddiy yigindisi emas. U ommaviy kuch sifatida, individual xarakterlarning umumiy bulgan xislatlari ijtimoiy jixatdan kayta ishlanib, yangi maxsus sifatga aylangan vaktda tarkib topib namoyon bo’ladi. Masalan xor ovozi xor qatnashchisining ovoziga uxshamaganidek, milliy xarakteri xam birorta milat vakilining xarekteriga uxshamaydi yoki millat xarekteri xech bir millat vakilida tulaligicha aks etmaydi. Milliy xarakter o’zgarmas, turgan narsa xam emas. U tarix maxsuli. Shuning uchun xam uni vujudga keltirgan tarixiy ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarning o’zgarishi bilan u xam ma’lum darajada o’zgaradi, xatto bir ijtimoiy tizimning o’zida xam u ayrim xislatlarni paydo kilib turish mumkin. "X1X asr boshlarida deb yozadi I.Kon,- nemislarni amaliy faolyatiga layokatsiz, fakat falsafaga, musika va nazmga moyil bulgan, texnikani urganishga ukuvsiz, kam xarakat xalq, deb xisoblashgan (bu fikrga ularning o’zlari xam kushilishgan ). Germaniyada sanoat tuntarilishi bulishi bilan, bu stereotip tushuncha ishonchsiz anoxronizmga aylanib koldi". Lekin bundan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar milliy xarakterning barcha xislatlarni o’zgartirib yuboradi, deb xulosa kilmaslik kerak. Uning ayrim xislatlari nisbatan barkaror bulib, yangi ijtimoiy sharoitlarda xam o’z vorisligini yukotmaydi. Keyingi avlodlarga utishi, ajdodlarning moddiy va ma’naviy merosini o’zlashtirib olishligi uchun xizmat kiladi. Tarix - avlodlarning birini urniga ikkinchisining kelishidan iboratdir, ularning xar biri avvalgi barcha avvlodlarning koldirgan materiallaridan, ishlab chikaruvchi kuchlardan foydalaniladi. Milliy xususiyatlar umuminsoniy kadriyatlar bilan boglanib ketgan.
Miliy xarakter umumbashariy xususiyatlarga zid bulmaydi. Shuning uchun xam uni boshqa millat va elatlar xarakteridan ajratib kuyishi mumkin emas. Xar bir xalq boshqa xalq bilan yakin ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy munosabatlarga kirishganda undan o’zida yuk narsalarni oladi va o’zidan xam ularda bulmagan narsalarni beradi.
Lekin boshqa xalqlardan olingan bu xarakter xislatlari, millat vakillari tamonidan o’zlashtirilganda, aynan, o’zgarishsiz kuchirma olmay, o’ziga xos milliy ifodani oladi.
Xulosa qilib aytganda, stereotiplarni millat ongida qotib qolgan ongning ma’lum bir shakllari deyish mumkin. O‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida mehmondo‘stlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar faqat o‘zbek xalqiga xos degan tasavvur yo’zaga keldi. Albatta, bu sifatlar xalqimizda bor, lekin ularni boshqa millat vakillarida yo‘q deyish haqiqatga ziddir. Har bir shaxs ongida turlicha sterotiplar ya’ni o‘rnashib qolgan ong shakllari bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna - og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos
bo‘lgan sifatlar haqidagi sterotiplar paydo bo‘ladi. Fikrimizcha, milliy adovatlar asosida etilgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlar tarixi, ularning an’analari, tili va hokazolarni bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya o‘tkazishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millat psixologiyasini bilish, uni boshqa millatlarga etkazish orqali, har bir millat vakiliga hurmat - izzat hissini kuchaytirishdan iboratdir. CHunki, o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi. Buning uchun o‘z psixologiyasini ham, o‘zgalar psixologiyasini ham bilish zarur. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz?
Dostları ilə paylaş: |