Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə6/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

Mavzu bo‘yicha savollar

  1. Etnik xususiyatlarni shakllanishi va o’zgarishida ijtimoiy omillar kanday ta’sir etadi.

  2. Etnopsixologik xususiyatlar muxofaza kiluvchi mexanizm deganda nimani tushunasiz?

  3. Tabiiy muxitning etnik xususiyatlarini shakllanishidagi roli nimadan iborat?

  4. Turli – tuman tarixiy davrlarda yashayotgan kishilar nima uchun ruxiy jixatdan bir - biridan farklanadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. M. Mamaitov. «Milliy psixologikqiyofava uning xususiyatlari». Tosh. 1980 y.


2.V. M. Karimova «Psixologiya» Tosh. 2000 y.
3.I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» Tosh. 1994 y.
4.X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» Tosh. 1992 y.

5-MAVZU: ETNOS VA SHAXS (4soat)


REJA.
1. Shaxsiy o’zlikni anglash va etnik o’zlikni anglash tushunchalarining mushtarakligi.
2.Etnik o’zlikni anglashning tarkibiy to’zilishi va funksiyalari.
3. Millatning psixik qiyofasi va uning tarkibiy qismlari.
4. Etnik olam tasavvurining tarkibiy to’zilishi. Etnik ustanovkalar va sxemalar.


Tayanch so`zlar: Etnopsixologiya, etnos, etnik ong, milliy ong, millat ruxi, miliy did, milliy goya, individ, milliy kadriyat, millat dardi, individning ijtimoiylashuvi.

Etnopsixologik xususiyatlarning o’ziga xos tomonlarini mujassamlashtiruvchi va uni namoyon etuvchi shu etnik birlik vakillaridir. Kanday kilib etnik birlikka xos xususiyatlar ularda shakllanadi. Ma’lumki bola o’ziga vatanni yoki ota-onani tanlab tugilmaydi. Shunday ekan u o’z millatiga xos bulgan tayyor ruxiy xususiyatlar bilan xam tugilmaydi . Bola ota-onasidan, avlod-ajdodidan biologik yul bilan fakat irkiy xususiyatlarini va ayrim ruxiy xususiyatlarnigina meros kilib oladi xolos. Bola tugilish davrida odam bulishiga nomzod. Lekin yakka ajralgan xolda u odam bula olmaydi. Jamiyatda yashab u odam bo’ladi. Bola xayotining birinchi kunidan boshlabok ixtiyorsiz xolda o’zi dunyoga kelgan muxitdagi turli-tuman ta’sirlar va tassurotlar ostida shakllana boshlaydi. Bolaning biologik va ruxiy jixatdan rivojlanishi uchun ta’sir etayotgan bu informatsiyalar turli sotsial muxit va geografik sharoitlarda bir xil bulmaydi. Mana shu turli xil muxit va informatsiyalarning turfa xilligi bir-biriga uxshamaydigan xalqlarni yaratadi.


Garchi xar bir inson ma’lum darajada mustakil yashash va faollik ko’rsatishga ega bo’lsa xam lekin xayotda u fakat o’z xoxishi va tushunchasi bilan yashab kolmay shuning bilan birgalikda o’zi yashab turgan sotsial muxit va o’zi ma’sul bulgan xalqning tajriba, bilim va e’tikodlarini xam o’zlashtirib boradi. Chunki odam o’zi yashab turgan sotsial muxitda butunlay chikib ketib yashay olmaydi.
Bola fakat milliy muxitda yashab turgandagina shu millat va elatga xos bulgan xususiyatlarni egallab ayni millat vakili bula oladi. Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti –xarakatlaridan botiniy ya’ni «akliy» xususiyatlariga aylanishi davrida unda milliy psixologikqiyofaasoslari shakllana boshlaydi.Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini o’zlashtirish bilan boshlanadi.Milliy tilni bilmaslik etnik muxitdagi jarayonlarni, tilda ifodalanayotgan xolat va xodisalarni moxiyatlarini anglab olishga tuskinlik kiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan so’zlarda milliy o’ziga xoslik bo’ladi. Tafakkur bilan til va nutk o’zaro boglik bulganligi uchun ruscha tili chikkan bolalarning fikrlash malakasi xam ruscha bulib o’zbeklarnikidan farklanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutkda, tilda reallashadi, moddiylashadi.
Ular o’zbekcha gaplashishga urganganlaridan keyin xam, ruscha fikrlab, o’zbekcha gapirishga xarakat kiladi. Ruscha tafakkur tarzi bilan o’zbekcha gapirish juda kiyin.
Boshka millat vakili voqeylikni o’zbekning ko’zi bilan kurib o’zbekona tafakkur tarzi bilan idrok eta olgandagina u chinakamiga o’zbekcha fikr yuritib, o’zbekcha gapira boshlaydi. Yuqorida aytib utganimizdek kurgan narsalarni idrok etish va mazmunini tushunib etish miyaning tugma xususiyati bulmay, bu xususiyatni u turmush tajribasi asosida xosil kiladi. Shuning uchun xam turli tabiiy sharoitlarda va sotsial muxitda yashab voyaga etgan kishilar turli xodisa va voqealarni idrok etishda o’ziga xos sotsial – psixologik xususiyatlarga ega bulishadi. Olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatadiki Afrika kit’asidagi ijtimoiy taraqqiyotdan kolib ketgan ba’zi qabila bolalari tajriba bilan boglik bulgan amaliy axamiyatga ega bulgan narsalarni, xodisalarni esda olib kolishga ajoyib xotira namunalarini ko’rsatishgan. Ular ov kilinadigan sukmoklarni topish, yovvoyi xayvonlar izini farklash, urmon ichida orientirovka kila olishlik kabi vazifalarni bajarishda evropalik tengdoshlariga karaganda bir muncha ustinlik kilgan xolda geometrik shakllarni deyarli fikrlay olmaganlar.
Inson sotsial zot sifatida ma’lum milliy munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o’z-o’zidan stixiyali ravishda o’zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda kabul kilingan ma’lum ta’lim- tarbiya tizimi orqali sekin asta o’zlashtirib boradi. Xar bir avlod vakillari ajdodlarining turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o’zlashtirib, millat uchun umumiy bulgan shart-sharoitlar ostida usib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasi shu millatga mos bulgan umumiy psixologik xislatlarni shakllantiradi.Shuni xam ta’kidlash kerakki, ijtimoiy informatsiyalarni yosh avlod tomonidan o’zlashtirilib borilishi, fakat ongli ravishda, ta’lim tarbiya berish jarayonidagina bulib kolmasdan shuningdek, individning o’zi bilmagan va o’zlashtirish jarayonini anglab etmagan xolda xam yo’z beradi. Bu taklid va ta’sirlanish orqali amalga oshadi. Individning taraqqiyoti u bevosita yoki bilvosita munosabatga kirishgan boshqa individlarning taraqqiyoti bilan belgilangan bo’ladi va bir-biri bilan munosabatga kirishadigan turli avlod vakillari o’zaro boglangan keyingi avlodlarning jismoniy mavjudligi esa o’tmishdoshlari tomonidan belgilangan bo’ladi. Ilgor fan namoyondalari insoniyat bu sotsial xodisa ekanligini allakachon isbotlab berishgan. Shu jumladan konkret bir kishi xam avvalo sotsial munosabatlar mevasidir. Shuning uchun xam xatti- xarakatlari moxiyatini biologik yoki irsiy xususiyatlar bilan emas balki sotsial konunlar bilan belgilash kerak.
Bir vaktlar irkchilar bosh miyaning shakli va vazni guyoki xalqlarning ilgor yoki kolokligini bildiradi deb da’vo kilib chikishgan edi. Lekin kilingan tadqiqotlar bu da’voning asossiz ekanligini isbotlab berdi. Masalan, inglizlar va melanizitslar miyasining urtacha vazni 1456 gr, frantso’zlarniki 1473 gr, buryatnilarniki 2508 gr, shimoliy Amerika negrlariniki 1514 grn ekan. ( V. Yakimov «Antropologiya razblachaet» Jar. «Aziya i Afrika segodnya». 1996,№4 ) I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga ko’ra, xamma xalqlar ijtimoiy taraqqiyotning kanday darajasida bulishlaridan kat’iy nazar, oliy nerv faoliyatining bir xil bulgan apparatiga birinchi va ikkinchi signal sistemasidan tashqil topgan apparatga ega.Agar oliy nerv faoliyatining rivojlanishi yo’z ming yillar davom etganligi sinfiy jamiyatning vujudga kelganligi esa bir necha ming yil bulganligini nazarga oladigan bo’lsak, inson oliy nerv faoliyati mexanizmi sinfiy jamiyat barpo bulmasdan ancha ilgarirok shakllanganligi ravshan bulib koladi. Inson ruxiyati fakat uni urab turgan tashqi muxit sharoitlariga moslashib va uning xususiyatlarini aks ettirib kolmasdan, shuningdek, doimiy taraqqiyot etib turli xarakteriga ega bulgan iqtisodiy - ijtimoiy xodisalarning o’zgarib turishiga xam moslashib turadi.
Sotsial - iqtisodiy ukladning yashash sharoitlarining o’zgarishi bilan va yangi amaliy faoliyat formalarining vujudga kelishi bilan insonning bilishi bilan boglik bulgan ruxiy jarayonlarda yo’z beradi. Bunda ruxiy jarayonlarda kayta kurish sodir bulib, avval mavjud bulmagan yangi ruxiy faoliyat turlari vujudga keladi. Mexnat jarayonida odam tashqi tabiatni o’zgartirib borib, shuning bilan bir davrda o’z tabiatini xam o’zgartiradi.
Milliy psixologik kiyofaning xususiyatlarini ularning ob’ektiv jixatdan namoyon bulishi orqali urganish mumkin. Garb faylasuflari asarlarida u yoki bu xalqka xos psixologik xususiyatlarni urganish, avvalo, ularning ma’naviy ijodiyotini taxlil qilishdan boshlanadi deb ko’rsatilgan. Chunki xalq o’z tarixini, turmush tarzini, orzu - istaklarini moddiy va ma’naviy namunalarida aks ettirib kelgan.Milliy psixologik kiyofaning turli-tuman tomonlari tekshiruvchi uchun bir karashda kandaydir faxmlab tushunib olishi kiyin bulgan voqelikdek bulib kurinishi mumkin. Bu albatta yo’zaki karashda masalaning moxiyatiga chukur kirishishmasdan vujudga keladigan tushuncha. Aslida milliy psixologikqiyofamoddiy jixatdan ko’zga tashlanib turadigan xaraktyerga ega bulib, fakat madaniyatning turli-tuman farmonlarini urganish orqali uni faxmlab olish mumkin.
Milliy san’at va adabiy asarlarda kishilarning voqelikning o’ziga xos idrok qilishi natijasida xosil bulgan tasavvurlari, tuygulari tab va didlari, fikrlashlari, maishiy turmushi, xarakter va temperamentlari aks etadi.Milliy psixologikqiyofaayniksa xalq ogzaki ijodiyoti-doston va ertaklarda, makol va matallarda, musika, kushik va rakslarda tula namoyon bo’ladi. O’zbek xalqi Gurugli, Alpomish, Toxir, Tumaris, Shirok va Xuja Nasriddin obrazlarida o’z ma’naviy fazilatini, kuch-kudratini, orzu istagini, akl-zakovatini mujassamlashtirgan. Milliy zaminda yaratilgan bu kaxramonlar, bu millat va xalq vakillari ongi, kalbiga chukur borib, unga psixologik jixatdan ta’sir ko’rsatadi. Yosh avlod bu kaxramonlarga uxshashlikka, ulardan namuna olishlikka, ular kilgan kaxramonliklarni takrorlashga xarakat kiladilar.
Nechoglik sabot bor yovkur Shirokda,
Er yigitov tupga kuksin bosar jim
Raximov ganimga tashlagan chogda,
Alpomish shiddatin paykamagan kim?!.
deb yozadi bu tugrida Abdulla Oripov "Genetika" she’rida.
Adabiyot va san’at asarlardagi milliy obrazlar psixologik kiyofani urganish uchun zarur bulgan asosiy manbalar xisoblanadi. "Kimki Furkat va Oybek asarlarini chinakam urganar ekan-deb yozadi N. Jandildik-so’zsiy u o’zbek xarakteriga, kim Abay va Avezov asarlarini chukur singdirsa, kozok xarakteriga duch keladi". Mashxur yozuvchilar, bastakorlar, muykalam soxiblari xalq xayotini yakin bilganliklari uchun xam xalq xayotini tasvirlovchi ajoyib obrazlarni yaratganlar. Zero jaxon madaniyatining nodir asarlari doimo o’z milliy zaminga ega bo’ladi.F.Kuchelmanning yozishicha, Turgenev rus xalqining o’ziga xos xususiyatlarini, ularning slavyanlarga xos emotsionalligi bilan ajoyib tarzda, tugri tasvirlay olganligini ko’rsatgan edi.Ijtimoiy-tarixiy, sotsial-iqtisodiy, tabiiy geografik shart-sharoitlar dastlab kishilarning tuygularida, tab va didlarida, fikr va xarakterlarida, ya’ni ularning psixologik kiyofalarida aks etib undan keyin psixologikqiyofaorqali milliy madaniyatning o’ziga xos xususiyatlarida nakkshlanib koladi. Shuning uchun xam milliy madaniyatda shu xalqning tabiat go’zalliklarini kanday idrok etishi, sotsial tartiblari, uning tarixiy taraqqiyotining turli davrlaridagi tuygu va istaklari, mushoxada qilish usuli va xarakteri aks etadi. Bu xususiyatlar madaniyatda mustaxkam urnashib, shu millatning xozirgi vakillariga va kelajak avlodlarga, ajdodlarning psixik xususiyatlari tugrisidagi informatsiya sifatida doimo ta’sir etib turadi.Milliy psixologik xususiyatlarni bilib olishda badiiy adabiyot kup narsa berishi mumkin. M. Gorkiy adabiyotini "Insonshunoslik" deb atagan edi. Shuning uchun xam adabiyotshunoslikda xarakter problemasi markaziy urinlarni egallaydi. Adabiyotda xarakterlar epik xolatda uni shakllantiruvchi xamma shart-sharoitlarni ochib ko’rsatgan xolda tasvirlanadi. Shu boisdan xam kaxramonning tipik xarakter xususiyatlarini chukur taxlil qilish, adabiyotni milliy psixologik qiyofani o’rganishda muxim manba kilib kuyadi.
Amerikalik sotsial-psixologiklar D. Makgrenexen va A. Ueynlar nemis va amerikaliklarning milliy psixologik kiyofalari Germaniyada va AKShda bir necha yillar mobaynida kushilib ketayotgan 45 ta mashxur pesada kanday namoyon bulganligini aniklashgan va tekshirish yakunlarini takkoslab juda ajoyib natijalarga duch kelishgan. Pesaning syujeti kuyidagi 6 ta mavzu: sevgi, axlok, idealllarni yaratish, xokimiyat uchun ko’rash, mansabparastlik va xukuk mavzularining kay darajada yoritilgan bo’lishligiga qarab o’rganilgan. Tekshirish natijalari quyidagicha bo’lgan:



  1. Ideallik, falsafiy va tarixiy mazmunlar nemis pesalarida amerika pesalaridagiga karaganda kuprok yoritilgan;

  2. Nemis pesalaridagi kaxramonlar jamiyatdan ustun turishlikka xarakat kilgan xolda amerika pesalaridagi kaxramonlar oddiy kishilar bulib kurinishga xarakat qilishadi;

  3. Amerika pesalariga ayollar obrazi, nemis pesalaridagiga karaganda kuprok kiritilgan;

  4. Amerika pesalaridagi axlokiy tendentsiyalar, nemis pesalarida esa ideal tendentsiyalar xukmron bulgan;

  5. Xar ikkala mamlakat psalarida xam xokimiyatdan norozilik kayfiyati xukm surgan va xokazo;

Xar bir xalqda estetik idrok qilish va emotsional xolatlarni kechirish o’ziga xos ravishda o’tadi.
Akademik A.P.Barannikov o’zining "Xind poeziyasining tasviri usuli" degan tadqiqotida xind poeziyasida turli xayvonlar, ayniksa sigir, fil asarlari kabi obrazlarining kup uchrab turishligini ko’rsatadi. Ma’lumki Xindistonda sigir mexr-muxabbatga loyik xayvon sifatida e’zozlanadi. Eng go’zal ayollarni xatto malikani xam maktashganda sigirga taklid qilishadi. O’zbek adabiyotida Evropa badiiy adabiyotidagi kabi it sadokat, vafodorlik ramzi sifatida tasvirlansa, xind adabiyotida, aksincha, u yaramas, jirkanch maxluk sifatida tasvirlanadi. Milliy psixologik kiyofa, milliy madaniyatning xususiyatlari, uning ichki emotsionalligi makollar, matallar, uxshatish va nutkda yakkol namoyon bo’ladi. Xar bir xalq o’zining utkir makol va mataliga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu tasvirlilik bevosita xalqning xayoti va maishiy turmushi, uning tarixi va tabiati bilan boglik bo’ladi. Bu erda xalq o’z did va ta’biga, o’z buyoklari va moykalamiga, borlikni o’ziga xos ravishda idrok etuvchi san’tkor sifatida namoyon bo’ladi. Filosof V.Dal makol va matallarni "xalqning yuruvchi akl-idroki", deb atagan edi. Makol va matallar, xikmatli gaplar tasodifan xayolga yoki tilga kelib kolgan shunchaki gaplar bulmasdan, necha asrlar, necha avlodlarning akl-zakovat chigiridan utib saykallangan xalq donoligidadir. Ajdodlarimiz yaratgan buday xikmatli gaplar necha avlodlarning ma’naviy extiyojlarini kondirib kelgan. Xar bir davr makol va matallar xazinasidan o’z davr ruxiga mos keladiganini tanlab oladi. Yuqorida o’zbek xalqiga xos bulgan keksalarni xurmatlash, mexmondustlik, mexnatsevarlik kabi fazilatlarning keng rivojlanganligini aytib utgan edik. Xalkning bu psixologik xususiyatlari ular yaratgan ko’pgina makollarida o’z ifodasini topgan.
Masalan, ota-ona va keksalarni xurmatlash tugrisida kuyidagi makollar yaratilgan. Otalar so’zi-aqlning ko’zi.
Kari bor uyning zari bor.
Qari bilganni pari bilmas.
Oltinning eskisi bulmas, Ota-onaning baxosi.
Mexmondustlikka doir.
Mexmon- otangdan ulug.
Mexmon kelar eshikdan,
Rizki kelar teshikdan.
Mexmonga osh kuy,
Ikki kulini bush kuy.
Mexnatsevarlikka doir.
Elga xizmat-oliy ximmat. Yaxshidan bog kolar, yomondan dog.
Mexnat, mexnatning tagi roxat….
Milliy tuygu kayfiyat va temperament, ayniksa milliy rakslarda va musikada yorkin namoyon bo’ladi. 1896 yil Nijniy Novgorod shaxridabulib utgan. Butun Rossiya kishlok xujalik kurgazmasida Rossiyada birinchi marta o’zbek xalq sozandalari kontsert berishgan.
Mana shu kontsertda bulgan M. Gorkiy keyinchalik bunday deb yozgan edi. "bir necha kun avval kurgazmadagi musikali tovushlar olamiga kandaydir yangi, goyat vazmin, kaygu-alamli kuylar okib kirdi… Dikkat bilan tinglar ekansiz, siz bu galati mo’zikaning mungli oxangida kandaydir o’ziga xos bir narsa yaratayotganini xis etasiz. Bu sarkash musikada cheksiz, bitmas-tuganmas gam-kaygular eshitiladi. Muvafakkiyatsizlik va turmush azob-ukubatlari xakida kuylovchi ogir musibatni anglatuvchi musiqa yangraydi". Darxaqiqat, oktyabr revolyutsiyasigacha bulgan o’zbek xalqining ogir turmushi, iqtisodiy va siyosiy tengsizligi, boy va amaldorlarning qattiq zulmi, milliy asorat xukuksizligi, ruxiyati ular yaratgan kuy va qo’shiqlarda ifodalangan. Xalq tomonidan yaratilgan musikalarda, raks va kushiklarda ayrim tadqiqotchilar aytgan "tutkich bermas" va "anglab olinishi kiyin" bulgan milliy psixologik kiyofalar "manaman" deb ko’zga yakkol tashlanib turadi. Buning uchun albatta shu xalq yaratgan musikani va boshqa ijod maxsullarini dikkat bilan tinglash, unga razm sola bilish kerak. Rus xalqi kuyini xind kuyidan, yoki o’zbek raksini ukrain raksidan farklash uchun san’atdan chukur xabardor bulish zarur emas. F. Engels irland xalq ijodi tugrisida tuxtalib, xalq kuylarida irland millatining xislat va kayfiyati tula aks ettirilganini kursaib byergan edi.Shuni yana bir bor ta’kidlab ko’rsatish kerakki, sinfiy jamiyatdagi madaniyatda milliy va sinfiy tomonlar doimo birga, bir-biriga boglik xolda mavjud bo’ladi. Sinfiy jamiyat tarixining butun rivoji davomida millat ichidagi turli sotsial guruxlar, sinflar urtasidagi madaniy-maishiy turmushdagi tafovutlar chukurlashib borsa xam, lekin bu tafovut xalq madaniy-maishiy turmushining barcha tomonlarini tula kamrab olmaydi. Milliy va sinfiylik yagona, dialektik bir butunni tashqil etadi.
Milliy madaniyat sinfiy xususiyatlar bilan bir katorda, millatning psixologik kiyofasini, uning xayotini, turmush-tarzini va tabiatini aks ettirmasdan yashay olmaydi.
MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA VA UNING STRUKTURASI
Milliy psixologik qiyofa deganda biz keng ma’noda muayyan tabiiy ijtimoiy munosabatlar sharoitida yashovchi kishilar tabiatdagi voqealarni, ijtimoiy hayot hodisalarini o‘ziga xos talqin qilishi va ularni ta’b va tuyg‘ular, urf - odat va an’analar, xarakter tarzida gavdalanishini tushunamiz.
Milliy psixologik qiyofa millatning real mavjud va idrok etish mumkin bo‘lgan belgilaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi xalqning butun tarixi bilan o’zviy bog‘langandir. Psixologik qiyofaning ilk namunalari millat vujudga kelmasdan oldinoq vujudga kela boshlagan. Milliy psixologik qiyofaning ayrim belgilari etnosning hamma tarixiy birliklari - urug‘, qabila va elatlarga xos.
Milliy psixologik qiyofa qandaydir bir omil ta’sirida vujudga kelmaydi, balki bunda ikki omil o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi omilni ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot, ikkinchisini esa muayyan xalq yashab turgan tabiiy sharoitning xususiyatlari tashqil etadi. Bu erda kishilar ruhiy qiyofasining tashqi ifodalari ikkinchi omil bilan o’zviy bog‘langandir. Negaki, ikkinchi omil o‘zining konkretligi, tabiiy yakkaligi bilan yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.
Ijtimoiy hayotni falsafiy idrok etishda jamiyat va kishilar ongiga ijtimoiy turmushning muhim ta’siri namoyon bo‘ladi. Xalq xayotida ro‘y byergan muhim tarixiy protsesslar va voqealar ayni paytda uning psixologik qiyofasida o‘chmas iz qoldiradi. Buni biz har bir xalqning tarixiy taraqqiyotida yo’zaga kelgan g‘oyalar va tasavvurlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, rus xalqi ijtimoiy ongining tabiatiga krepostnoylik munosabatlarining ta’siri kuchli bo‘lgan edi. Natijada ongda loqaydlik, boqimandalik, hafsalasizlik kayfiyati yo’zaga kelgan. Bu esa dehqonlarning psixologik qiyofasini belgilab byergan.
Tadqiqotchilarning e’tiroficha, shakllangan milliy psixologik qiyofa ma’lum darajada xalq ruhiyatini muhofaza qiluvchi mexanizm rolini o‘ynaydi. U yot narsalarni xuddi elakdek ajratadi, uni yo qabul qiladi, yoki shu xalqda mavjud amaliy me’yorlar asosida qayta ishlab beradi, yohud uni inkor etadi.
Atrofdagi voqelikni, hodisalarni o‘ziga xos idrok, tafakkur, tasavvur qilish va ta’b, tuyg‘u, urf - odat, an’ana, xarakter tarzida namoyon bo‘lishi milliy psixologik qiyofaning qaytarilmas xususiyatlarini tashqil qiladi. Ma’lum bir millat vakillarining voqelikni o‘ziga xos idrok etishi, fikrlashi, orzu - istaklari, oliy psixik xususiyatlarini tushunish va tushuntirish uchun, uning namoyon bo‘lish sabablarini organizm yoki miya to’zilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, tabiiy muhitning shart - sharoitlaridan qidirish kerak. O‘tkazilgan ko‘plab tajribalar shuni ko‘rsatadiki, murakkab bilish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oddiy ruhiy jarayonlar va funktsiyalar ham inson tug‘ilishi bilanoq namoyon bo‘lmaydi, voqelikdagi hamma narsa va hodisalar kabi hayotdagi ijtimoiy - tarixiy sharoitlar asosida vujudga keladi. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, geografik muhit, avvalo, inson faoliyatini va bu faoliyat, o‘z navbatida, ruhiy jarayonlar va ongning to’zilishini belgilaydi.
Har bir xalqning tarixi va taqdiri o‘ziga xos. Agar biz xalq tarixi va psixologik qiyofasini bir - biriga solishtirsak, milliy psixologik qiyofada, milliy xarakterda uning tarixi chuqur aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Geografik muhit ishlab chiqarishning tabiiy asosi bo‘lganligi uchun ham uning rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. U yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo‘jalik yuritish xususiyatlari va turmush tarzi ma’lum jihatdan geografik shart - sharoitlar bilan bog‘langandir. Geografik va iqtisodiy sharoitlarning noo‘xshashligi etnik jihatdan bir - biriga yaqin bo‘lgan ikki qo‘shni xalq - o‘zbeklar bilan qozoqlarning psixologik qiyofasida ma’lum tafovutlarni vujudga keltirib chiqarganligini ko‘rib o‘taylik.
Ma’lumki, o‘zbeklarning ko‘p qismi dexqonchilik bilan shug‘ullangan. Xususiy mulkning vujudga kelishi, erdan intensiv foydalanish dexqonchilik mahsulotlarini ko‘plab etishtirishga olib keldi. Bundan tashqari, ular yashaydigan yirik shaharlarning G‘arbdan Sharqqa o‘tuvchi katta karvon yo‘llariga joylashganligi bu erlarda faqat dexqonchilik emas, shuningdek, pul - tovar munosabatlari, turli xil hunarmandchilik, savdo - sotiq ishlari rivojlanishiga olib keldi.
XV - XVI asrlardayoq Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qon va Xiva kabi yirik shaharlar Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng savdo - sotiq ishlarini olib borgan. Dexqonchilikning rivojlanib borishi, hunarmandchilik va savdo - sotiqning o‘sishi kabi omillar o‘zbek xalqining turmush tarzi va psixologiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. Bu jarayon ulardan xushtabiatlik, xushmuomalalik, hozirjavoblik, epchillik va ziyraklik hislatlarini talab etar edi. O‘zbeklar bir necha asrlar davomida dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelishgan. Bu esa ishlab chiqarishning asosiy vositasi va boylik manbai bo‘lgan yerga nisbatan ularda tejamkorlik va omilkorlikni vujudga keltirgan.
Har bir millat vakillari milliy psixologik qiyofaning spetsifik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi va namoyon etadi. Millatga xos xususiyatlar qanday shakllanadi? Ma’lumki, bola o‘ziga Vatanni yoki ota - onani tanlab tug‘ilmaydi. Shunday ekan, u o‘z millatiga mansub bo‘lgan tayyor xususiyatlarni va milliy xaraktyerga xos ayrim xususiyatlarini meros qilib oladi, xolos.
Bola hayotining birinchi kunlaridanoq, ixtiyorsiz holda o‘zi dunyoga kelgan muhitdagi turli - tuman ta’sirlar va taassurotlar ostida shakllana boshlaydi. Bolaning biologik va psixik jihatdan rivojlanishi uchun ta’sir etadigan bu informatsiyalar turli ijtimoiy muhit va geografik sharoitlarda bir xil bo‘lmaydi. Mana shu turli xil muhit va undan keladigan informatsiyalarning xilma - xilligi bir - biriga o‘xshamaydigan xalqlarning yo’zaga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Bola milliy muhitda yashab turganda shu millat va elatga xos bo‘lgan xususiyatlarni egallab, ayni millat vakili bo‘la oladi. Milliy psixologik qiyofaning asoslari esa bolaning ontogenetik (organizmning individual taraqqiyoti) davrida shakllana boshlaydi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ko‘rgan narsalarni idrok etish va mazmunini tushunib etish qobiliyati faqat miyaning tug‘ma xususiyati bo‘lmay, shu bilan birga turmush tajribasi asosida shakllanadi. Shuning uchun turli tabiiy sharoit va turli ijtimoiy muhitda yashab voyaga etgan kishilar voqeliklarni idrok etishda o‘ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlarga ega bo‘lishadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Afrika qit’asining ijtimoiy taraqqiyotda orqada qolgan ba’zi qabilalarining bolalari tajriba bilan bog‘liq, amaliy ahamiyatga ega narsalarni, hodisalarni esda olib qolishda ajoyib xotira namunalarini ko‘rsatishgan. Ular ov qilinadigan so‘qmoqlarni topish, yovvoyi hayvonlar izini farqlash, o‘rmon ichida yo‘l topa bilishda evropalik tengdoshlariga qaraganda birmuncha ustunlik qilgan holda, geometrik shakllarni deyarli farqlay olmaganlar.
Odam ijtimoiy zot sifatida shakllanib borar ekan, shu ijtimoiy muhitdagi munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o‘z - o‘zidan stixiyali ravishda o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekin shu jamiyatda qabul qilingan ma’lum ta’lim - tarbiya tizimi orqali ularni o‘zlashtirib boradi.
Har bir avlod vakillari ajdodlarning turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o‘zlashtirib, millat uchun umumiy bo‘lgan shart - sharoitlar ta’sirida o‘sib, tarbiyalanib borishi natijasida ularda shu millatga xos umumiy psixologik xislatlar shakllanadi.
I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar «Fiziologik va ijtimoiy taraqqiyotning qanday darajasida bo‘lishlaridan qat’iy nazar, hamma xalqlar oliy nerv
faoliyatining bir xil apparati - birinchi va ikkinchi signal sistemasidan tashqil topgan apparatga egadir», - deb ta’kidlaydilar.
Inson ruhiyati faqat uni o‘rab turgan tashqi muhit sharoitlariga moslashib va uning xususiyatlarini aks ettirib qolmaydi, balki doimiy taraqqiy etuvchi ijtimoiy hodisalarning o‘zgarib turishiga ham moslashib turadi. Ijtimoiy - iqtisodiy uklad, yashash sharoitlarining o‘zgarishi va yangi amaliy faoliyat shakllarining vujudga kelishi bilan insonning bilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan ruhiy jarayonlarida ham o‘zgarishlar yo’z beradi. Bunday ruhiy jarayonda qayta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, avval mavjud bo‘lmagan yangicha ruhiy faoliyat turlari vujudga kelishi mumkin.
Milliy psixologik qiyofa bilan milliy psixologiyani ba’zida aynan bir narsa, deb talqin etish hodisalari uchrab turadi. Masalani bu xilda tushunish va bayon etish noto‘g‘ri, albatta. Milliy psixologiya milliy psixologik qiyofaga qaraganda keng tushuncha bo‘lib, voqelikdagi ko‘p hodisalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Milliy psixologik qiyofa milliy psixologiyaning asosiy komponentlaridan bo‘lib, milliy ong bilan birgalikda milliy psixologiyani tashqil qiladi. Milliy psixologiyada xalqning yashash sharoitlaridan kelib chiqadigan va ular asosida tasvirlanadigan ijtimoiy odatlar, tuyg‘ularning psixologik tomonlari, milliy xarakter, urf - odat va an’analar, milliy manfaat, milliy ong kabi xususiyatlar aks etadi.
Yaqin - yaqingacha «milliy psixologik qiyofa» va «milliy xarakter» terminlari sinonim so‘zlar sifatida ishlatib kelingan. Ular ma’lum darajada mazmun jihatdan va psixikaning asosiy xususiyatlariga taalluqligi bilan bir - biriga to‘g‘ri kelsa ham, lekin ayni bir narsa emas.
Milliy psixologik qiyofa masalasi bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar
«milliy psixologik qiyofa», «milliy xarakter»ga qaraganda keng tushuncha bo‘lib, «milliy xarakter» milliy psixologik qiyofaning tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlashadi. Bu ikki tushunchani bir - biridan farqlab N.Sarsenbaev milliy xarakter milliy psixologik qiyofaning ancha harakatchan va nisbatan tez o‘zgaruvchan elementi ekanligi va u asosan, kapitalistik munosabatlar shakllanishi davrida yo’zaga kelgani holda, milliy psixologik qiyofaning boshqa elementlari kishilar birligining barcha tarixiy shakllariga ham ozmi-ko‘pmi birday taalluqligini ko‘rsatib beradi.
Turli mualliflar tomonidan milliy psixologik qiyofaning tabiati turlicha sharhlanib qolmasdan, balki uning struktura to’zilishi to‘g‘risida ham turli qarashlar mavjud.
A.I.Goryacheva milliy psixologik qiyofa strukturasiga milliy xarakter, odatlar, ta’b va an’analarni kiritadi. «Milliy psixologik qiyofa, milliy xarakterdan tashqari, o‘z ichiga rasm - rusumlar, ta’b, xurofiy odatlar, urf - odat va an’analarni qamrab oladi», deb yozadi u. Umuman olganda, bu fikrga qo‘shilish mumkin.
Milliy psixologik qiyofa strukturasi haqida N.Sarsenboev ham o‘ziga xos fikr yuritadi. Uning fikricha, milliy psixologik qiyofa o‘zaro bog‘langan va bir
birini taqozo etuvchi uchta tarkibiy qismni tashqil etadi: milliy tuyg‘u, urf -
odat, an’analar va milliy xarakter (25).
Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, milliy psixologik qiyofa, avvalo, milliy xarakter, milliy urf - odat va an’analar, milliy tuyg‘u va ancha barqaror bo‘lgan milliy ta’b kabi elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Mana shu printsipga tayanib, biz milliy psixologik qiyofaning asosiy elementlari – milliy xarakter, urf - odat va an’analar, milliy tuyg‘u va ta’b to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin