Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə3/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. M. Mamaitov. «Milliy psixologikqiyofava uning xususiyatlari». Tosh. 1980 y.
2.V. M. Karimova «Psixologiya» Tosh. 2000 y.
3.I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» Tosh. 1994 y.
4.X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» Tosh. 1992 y.
2-MAVZU: Etnopsixologiya fanining shakllanish tarixi (2soat)


Reja:
1.Sh.Montske tadqiqotlarida geografik determinizm g’oyasi.
2.Gerder falsafasida “xalq ruhi” goyasi. 3.M.Latsarus va G.Shteyntalning xalqlar psixologiyasi haqidagi ta’limoti.
4.G.Lebonning xalq va omma psixologiyasi to’g’risidagi konseptual qarashlari.

Tayanch so`zlar: : psixologiya, etnos, etnopsixologiya, xalq, psixofiziologik, etnoslararo o‘zaro ta’sir, etnik xarakter.


Boshqa xalqlarga xos psixologik xususiyatlarni bilib olishga, o`zga elat, qabila va urug`larning xatti-harakat va yashash tarzini o`rganishga qiziqish qadim zamonlardayoq muayyan ehtiyojlar, avvalo savdo – sotiq va harbiy maqsadlar ta`sirida vujudga kelgan.


Qadimgi dunyoning Demokrit, Gippokrat, Aristotel, Gerodot kabi mutafakkirlari barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berishda umumiy printsiplarni qidirib topishga harakat qilganlar.
Xalqning psixologik xususiyatlarini tabiiy – iqlim va boshqa geografik omillar bilan bog`lab tushuntirishga nafaqat qadimgi dunyo olimlari, balki XVIII-XIX asrlarda yashagan – Monteske, Gegel, Gumboldt, Shteyntal, Latsarus kabi yirik faylasuf va psixologlar, shuningdek, hozirgi zamonning sotsiolog va psixologlari ham alohida ahamiyat beradilar.
Ijtimoiy psixologiyada geografik oqim asoschilaridan bo`lgan mashhur franso’z olimi Sh.Monteske (1689-1755) xalqlar o`rtasidagi psixologik tafovutlarni asosan kishilar faoliyati natijasi, deb izohlaydi. Bu nazariya o`sha davrda hukumron ijtimoiy hodisalarni ham, xalq hayotiga doir voqealarni ham ilohiyot nomi bilan bog`lab tushuntiradigan diniy aqidalarga qarchi qaratilgan bo`lib, ijtimoiy hayot hodisalari hech qanday samoviy kuchlar ta`siri ostida vujudga kelmaganligi, aksincha, oz kelib chiqishi bilan tabiiy kuchlarga dahldorligi, shuning uchun ham uni din namoyondalari emas, balki ilm-fan kishilari tushuntirib berishi kerakligini ko`rsatadi. Monteskening bu qarashlari o`z davri uchun ancha progressiv ahamiyatga ega bo`lib, tabiat va jamiyat hodisalariga dunyoviy yondashishni anglatar edi.
Monteske o`zining geografik determinizm nazariyasi bilan o`sha davr olimlarining ko`pidan ustun turadi. Lekin u geografik muhitning rolini mutloqlashtirib yuborish oqibatida tarixiy jarayonning asosiy harakatlantiruvchi omillarini inkor etishga yo`l qo`yadi. Bu esa XIX asr o`rtalarida uning izdoshlari tomonidan mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelayotgan xalqlarning tarixiy taraqqiyotdagi qoloqlik sabablarini tushuntirib berishda g`ayriilmiy xulosalar chiqarishga olib keladi.
Yer yo’zining iqlimi keying yo’z yilliklar davomida deyarli keskin o`zgarishlarga uchramadi. Lekin insoniyat hayotida juda katta ijtimoiy tarixiy o`zgarishlar bo`lib o`tdiki, bu xalqlarning psixologik qiyofasini o`zgartirib yuborishga muayyan darajada ta`sir etmay qolmadi. Ayni paytda takidlash joizki, psixologik xususiyatlarning shakllanishida geografik muhit xalqlarning yashashi uchun doimiy va zaruriy shart-sharoit sifatida uning psixologiyasi shakllanishida va rivojlanishida o`ziga xos rol o`ynaydi.
Shu ma`noda nemis psixologi V.Vundt milliy psixologik qiyofani o`rganishda individual psixologiya bilan milliy psixologiyani aralashtirib yuborgan o`z zamondoshlari, xususan Latsarus va Shteyntallarni qattiq tanqid qilgan edi. Vundt qarashlarining o`ziga xosligi shundaki, u milliy psixologik qiyofa shakllanishini tarixiy shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga harakat qildi. Masalan, u nemis xalqi psixologik qiyofasi haqida so`z yuritar ekan, ularning xarakteridagi tadbirkorlik, har bir ishni hisobga olib amalga oshirish, batartiblik va vatanparvarlik burchini chuqur his qilish kabi ijobiy xislatlar bilan birga, ayni ular harakterida boshqalarga ko`r-ko`rona taqlid qilishlikka moyillik borligini ham ko`rsatib berdi. Bu kamchilikning vujudga kelishini asosiy omillari xususida fikr yuritganda, u boshqa Yevropa davlatlariga qaraganda Germaniyaning siyosiy sohada kechroq maydonga chiqishi Germaniyada o`rta asrchilik, diniy mutaassiblik bilan yangi davr ruhiyati o`rtasida yo’z yillar mobaynida ko’rash borganligi nemislarning milliy psixologik qiyofasiga bu tarixiy jarayon o`z ta`sirini ko`rsatganligini tushuntirib byergan edi.
V.Vundt birmuncha to`g`ri fikrlarni ilgari surgan bo`lsa –da, lekin ilmiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning asosiy masalalarini to`g`ri hal qilib bera olmadi.
Uyg`onish davrida ajdodlar psixologik qiyofasini tahlil qilishga harakat qilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga erishgan franso’z psixologi Robert Mandru qarashlarida ham birmuncha ijobiy jihatlarni ko`rish mumkin. G`arbdagi qator oqimlarning vakillaridan farqli o`laroq, u psixologik xususiyatlarning vujudga kelishini jamiyatda mavjud sohalarning taraqqiyoti bilan bog`lab tushuntiradi. Mandru fikricha o`zini tabiat kuchlari oldida ojiz xis qilish XVI –XVII asr odamlari uchun xarakterli xususiyatdir. Bu davr kishilarini turli-tuman qiyinchiliklar va falokatlar bilan olib brogan tinimsiz ko’rashlari ularni o`ta ta`sirchan va kuchli hissiyotli qilib qo`yadi. Kuch ishlatishning har qanday ko`rinishlari ma`qullangan va kuchli hissiyotlarning namoyon bo`lishiga sharoit yaratilgan bunday muhitda kishilarda shunday psixologik kechinmalarga ehtiyoj tug`iladi. Kishilarning kuchli ehtiroslarga bo`lgan intilishlarini qondirish uchun kuchli kechinmalarni tug`diradigan, ularni larzaga soladigan rang – barang tomosha va ko`ngil ocharliklar jazolashning ashaddiy shakllari – chopib o`ldirish, o`tda kuydirish, qiynab o`ldirish va boshqalar keng qo`llanilgan.
Mandra tomonidan yuqorida keltirilgan faktlar ruhiy psixologik holatlarning milliy o`ziga hosligi tarafidan o`rganishga bo`lgan bunday intilishlarni hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik adabiyotlarda ham ko`rish mumkin.
Bu jihatdan qozoq olimi N.Jandildin tadqiqotlari qiziqish uyg`otishi mumkin. U qozoqlarga xos ayrim vazminlik, kamsuqumlikni xo`jalik yurgizish xususiyatlaridan kelib chiqib izohlaydi. Tabiiyki, qozoq xalqi taqdiri va turmush tarzi nafaqat umum turkiy belgilar, shu bilan birga xususiy o`ziga xosliklarga ham egadir. Uning hayoti kechadigan tabiiy geografik shart-sharoit chorvachilik bilan shug`ullanish uchun qulay bo`lgan bepoyon qir va adirlardan iborat bo`lib, butun umr bo`yi xo`jalik yuritishning shunday turi bilan shug`ullanishni taqozo etadi. Tabiiyki, aholining tarqoq holda joylashuvi o`zaro aloqa o`rnatishni qiyinlashtirardi, natijada o’zoq vaqt yolg`iz yashashga majbur etadi. Bu esa yuqorida aytilganidek, qozoqlarning o`zaro muloqotlaridagi kamgaplik, hatto eng nozik va qaynoq tuyg`ularini bayon etishda ham vazminlikni namoyon etishga olib keladi.
O`zbek xalqining psixologik qiyofasini shakllanishida ham yuqoridagidek ob`ektiv va sub`ektiv omillar muhim rol o`ynaganligi o`z-o`zidan ravshan. O`zbeklarni ilmiy- etnografik jihatdan o`rganish aslida XX asrning 60-80 yillaridan boshlandi, deyish mumkin. Bunga qadar jahon fani o`zbeklarning tarixiy turmushi, psixologik xususiyatlaridan faqat sayyoh va elchilarning mukammal bo`lmagan ma`lumotlari orqali xabar topgan edi. Bu etnografik ma`lumotlarning aksariyati noaniq bo`lib, ularda faktlar bo’zib ko`rsatiladi. O`lkani to`la bo`ysindirish niyatida Chorizmning O`rta Osiyo, xususan, o`zbek halqi tarixi va etnografiyasini o`rganishga astoydil kirishishi natijasida butun O`rta Osiyo hududida ilmiy tadqiqot ishlarini o`tkazishga imkon yaratiladi.
O`rta Osiyodagi xalqlar tarixi va etnografiyasini o`rganish sohasida ikki oqim mavjud edi.Ulardan biri buyuk davlatchilikka asoslangab burjua, ikkinchisi, demokratik madaniyat manfaatlariga xizmat qiladigan oqim edi. Birnchi oqimni chorizmning katta amaldorlari, yuqori martabali shaxslar va mustamlakachilik siyosatini amalga oshiruvchilar, ikkinchisini esa, ilg`or tafakkur egalari – o`qituvchilar, shifokorlar, muhandislar, agronomlar, oddiy amaldor va xizmatchilar tashqil etdan.
O`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish bilan shug`ullangan N.T.Ostroumov, N.S.Likoshin singari tadqiqotchilar o`z asarlarida chorizmning mustamlakachilik siyosatini targ`ib qildilar. Biroq shuni qayd etish kerakki, bu tadqiqotchilarning asarlarida mahalliy aholi turmushi, madaniy hayotiga doir diqqatga sazovor materiallar ham yo`q emasdi. Rus sayyohlari, o`lkashunoslar, etnograflaridan V.V.Radlov, A.P.Fedchenko, A.L.Kun va boshqalarning samarali ish olib borganliklari ma`lum. Atoqli lingvist va folklorist V.V.Radlov O`rta Osiyo xalqlari tili va etnografiyasi haqida ancha qimmatbaho materiallar to`plagan. U 1868 yilda Zarafshon vodiysi bo`ylab sayohat qilib, (O`rta Osiyo xalqlarining tili va etnografiyasi haqida) o`zining shaxsiy ko’zatishlari va qisman mahalliy aholining hikoya qilib byergan ma`lumotlar asosida qiziqarli ocherklar yaratdi. Ularda yerni sun`iy sug`orish muammolari muhim o`rin to’tadi. Shuningdek, shahar va qishloqlarning nomlari, aholi tiplari, kiyim-kechaklari va taomlari, xotin-qizlarning ahvoli, maishiy hayot, raqs san`ati va o`zbeklarning urug` toifalari bilan bog`liq qiziqarli ma`lumotlar berilgan.
Keyinchalik O`rta Osiyo Davlat Universitetining maxsus fakultetiga aylangan Sharq institutining o`quv dasturlari etnografiya predmetini chuqurroq o`rganish maqsadida takomillashtiriladi va mazmunan boyitiladi, uni tamomlagan mutaxasislar orasidan yirik etnograf olimlar yetishib chiqadi. Keng ko`lamda etnografik tadqiqotlarni amalga oshirish ko`plab milliy muammolar yechimini topish, yangi jamiyat qurishning muhim vazifalarini amalga oshirish bilan bog`liq edi. Bu yillarda katta ahamiyatga ega bo`lgan ko`p tadqiqotlar o`tkazildi. Jumladan, 1917 yil revolyutsiyasidan so`ng turmush tarzining o`zgarishi bilan o`zbek halqi psixologiyasining ham muayyan darajada o`zgarganligi qayd etildi. Bu sohada A.R.Luriya boshchiligidagi bir guruh olimlar tadqiqot olib bordilar. Tadqiqotchilar o`z-o`zini anglash va o`z xulq-atvorini tahlil qilish borasida uyda o`tirgan ayollar, savodxonlik kurslarida o`qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta`lim olayotgan qizlar o`rtasida tafovutlar mavjudligini tekshiruvdan o`tkazadilar. Tadqiqotlarda o`z-o`zini analiz qilish metodiga asoslanib, ayollarga turlicha savollar beriladi, shu asosda o`z shaxsi xususiyatlari, o`zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba`zi psixologik holatlarga baho berish masalalari ko`rib chiqildi. Lekin javoblarning sifati ayollarning bilim saviyasi va ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o`rniga bog`liq talabga u qadar javob bermas edi. Uyda o`tirgan ayollarning ko`pchiligi qo`yilgan savolni tushunmasliklarini ko`rsatadi. Bu va boshqa faktlarga asoslanib, A.R.Luriya o`zbeklarning ongi asosan boshqa odamlar fikriga bog`liqligi, ularda tobelik psixologiyasi kuchli ekanligini e`tirof etdi. Masalan, ayollarga o`zining yomon sifatlarini belgilash topshirig`i berilganda, bunga javob berish o`rniga ular yomon qo`shni ayollarni tilga olisgadi. Umuman, ular o`z-o`zini baholashdan ko`ra, boshqalarni ko`proq baholash, ularni sifat tavsifini berishga ancha moyillik ko`rsatishgan.
A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o`rganishda tarixiy printsipga tayanish lozimligini asoslab berish hamda milliy psixologiyaning hayot tarzi, shaxsning jamiyat, kishilar munosabatlari tizimida tutgan o`rniga bevosita bog`liqligini isbot qilishdan iborat bo`lgan. Tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi bo‘lib milliy psixologiyani o‘rganishga yordam beruvchi metod va uslubiy printsiplar amalda sinab ko‘riladi.
Turkiston respublikasining fan va maorif tashqilotlari etnografik va etnopsixologik tadqiqotlar o‘tkazishda ancha jonkuyarlik ko‘rsatganlar. U paytda tashqil qilingan ekspeditsiyalar ham yaxshi samara byergan. Ular mahalliy etnos va etnik guruhlar to‘g‘risida boy etnografik va milliy psixologik ma’lumotlar to‘plaganlar. Ayniqsa, tadqiqot dasturiga kiritilgan masalalardan aholining jamoaviylik an’analari, diniy e’tiqodlari, urf - odat va marosimlari, an’anaviy xo‘jalik va madaniy turmushi, ehtiroslari va milliy his - tuyg‘ulari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Bir guruh tadqiqotchilar o‘zbeklarning amaliy san’ati, urf - odati va marosimlari, xalq teatri va o‘yinlari to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar to‘pladilar, qator ilmiy asarlar bu sohada samarali natijalarga erishdilar.
Savollar:
1. Etnopsixologiyaning etnologiya va psixologiyadan farqi nimada?
2. Etnopsixologiyaning vazifalarini sanab bering?
3. Etnopsixologik muammolarni o’rganishga qiziqishning ortib borish sabablari.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:


1. M. Mamaitov. «Milliy psixologikqiyofava uning xususiyatlari». Tosh. 1980 y.
2.V. M. Karimova «Psixologiya» Tosh. 2000 y.
3.I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» Tosh. 1994 y.
4.X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» Tosh. 1992 y.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin