Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə8/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

Mavzu bo‘yicha savollar

1.Individning etnik xususiyatlarini o’zlashtirishdagi eng birinchi boskich?


2.Individning milliylashuvi nimadan boshlanadi?
3.Etnik xususiyatlarni o’zlashtirishda taklid va ta’sirlanish deganda nimani tushunasiz?

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.


2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
7-Mavzu:Milliy mentalitet, etnik ramzlar va madaniyat. (2soat)


Reja:
1.Milliy-psixologik o’ziga xosliklar tushunchasi, turlari va xususiyatlari.
2.Etnosning psixologik ximoya mexanizmlari.
3.Etnopsixologik xodisalarni o’rganishga yondashuvning ilmiy tamoyillari. 4.Etnopsixologik fenomenlarning namoyon bo’lish mexanizmlari.
Tayanch so`zlar: Etnopsixologiya, etnos, etnik ong, milliy ong, millat ruxi, miliy did, milliy goya, individ, milliy kadriyat, millat dardi, individning ijtimoiylashuvi.

Tezkor o‘tib borayotgan hozirgi xalqlarning mentalitetini tadqiq etish dolzarblashib bormoqda. Bu quyidagilarda ko‘rinadi: Birinchidan, insonning ongli faoliyati hozirgi kun va kelgusi taraqqiyotda belgilovchi omilga aylanishida; ikkinchidan, har bir xalq dunyoqarashi, fikrlashi, tafakkuri, kayfiyati, axloqiy xislatlar taraqqiyoti bilan o’zviy bog‘liq ekanligida; uchinchidan, so‘nggi yillarda davlatlararo aloqalarning jadallashuvi oqibatida xalqlar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi saqlanib qolishida.
Ko‘p mualliflarning ta’riflashicha, mentalitet - bu konkret (aniq) madaniy muhitda yashab, atrof muhitni o‘ziga xos his etib, ta’riflash va bunga o‘zi munosabatini bildirishdir. Bu albatta, jamoa mentalitetiga tegishli fikrdir.
Xo‘sh, mentalitet nima?
Psixologik lug‘atlarda «mentality» tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: individ yoki individlar guruhini tavsiflovchi ong sifatlari; aql (idrok)ni anglatuvchi barcha tavsiflarning (tushunchalarning) umumiy yig‘indisi; qobiliyat yoki aql (idrok) ning kuchi; fikr yuritish tarzi, uning yo‘nalish yoki xarakteri; jismoniy fazilatlardan farqli o‘laroq fikr yuritish bu qobiliyatlar yig‘indisi yoki imkoniyatdir. Hozir mentalitet deb ma’lum bir davr, geografik mintaqa, ijtimoiy muhit tushunchalari, qarashlari fikrlashlari bir bo‘lgan xalq, jamiyatning tarixiy va ijtimoiy protsesslariga ta’sir etuvchi alohida psixologik tizimlar tushuniladi. A.V.Petrovskiy va M.G. Yaroshevskiylarning fikricha, «Mentalitet» tushunchasi ong sohasidagi alohida hodisalarni ajratish uchun qo‘llaniladi.
Agar jamoa ijtimoiy tushunchasidan «umuminsoniylikni» olib tashlasak, bunda biz jamiyat asosida mentalitet turishini anglab etamiz. Tug‘ishganlarga qarashish, qarindosh - urug‘larga munosabat, ulardan ajrab qolgandagi iztirob, halokatiga sababchi bo‘lganlarga nisbatan nafrat umuminsoniy hissiyotdir. Bu hissiyotda turli odamlarga xos bo‘lgan umumiylik mavjuddir. Lekin ahloqiy nuqtai nazardan qon uchun o‘ch olish, mentalitetning so‘zsiz bir chizig‘i bo‘lib, unga ba’zi xalqlarning urf-odatlarida amal qilinadi. Mentalitetni baholash kriteriysi (mezoni) hali to‘la ishlab chiqilgan emas.
Insonlar va davr mentalitetining rivojlanishini ko‘rsatishdan oldin quyidagi ko‘rsatkichlarni hisobga olish kerak:
xalq va shaxslarning tabiatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
har bir inson va xalqning ma’naviy hissiyotlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni hisobga olish;
turli xalqlarning turli davrlardagi taraqqiyot mentaliteti mezonlariga (kriteriylariga) baho berishni joriy etish. Mentalitet muammosi bilan birinchilardan bo‘lib, R.Emerson, M.P.Rust, Levi - Bryul, Moss, A.de Tokvil, E.Fromm, M.Blok, J.Dyubi va boshqalar shug‘ullanganlar. Tadqiqotchilardan R.Lebon («Xalqlar va omma psixologiyasi») S.Sigele («Jinoyatkor olomon psixologiyasi tajribalari»), V.Vundt («Xalqlar psixologiyasi muammolari»), G.Tard («Jamoatchilik fikri va olomon»), Z.Freyd («Omma psixologiyasi va «Men» obrazining tahlili»), K.Yung («Psixologik turlar)» qabilarning asarlarida mentalitet muammosi psixologik, sotsiologik, xalqlarning milliy xarakteri hamda ongi nuqtai nazaridan izohlanadi. A. de Tokvil o‘zining «Amerikadagi demokratiya» kitobida jamoa mentaliteti g‘oyasini ishlab chiqdi va ilgari surdi. U Amerika jamoatchilik fikrini o‘rganib, mazkur jamiyatda tarqalgan xurofiy urf - odatlar, g‘arazli fikrlar, nohaqliklarning kelib chiqish sababchilarini tadqiq etadi. Tokvilning ta’kidlashicha, Qo‘shma shtatlarning barcha aholisi bir biriga o‘xshash fikrlash tamoyillariga egadirlar, ular o‘z fikrlash faoliyatlarini bir xil qonunlar asosida boshqaradilar. Bu tadqiqot keyinchalik psixologiya fani tarixini yaratishga asos bo‘ladi. E.Fromm «Erkinlikdan qochish» (1941y)asarida birinchilardan bo‘lib, «ijtimoiy xarakter» tushunchasini taomilga olib kirdi. Uning fikricha, bu tushuncha jamiyatdagi jarayonlarni osonlik bilan tushunishda kalit vazifasini o‘taydi. Insoniyat mentaliteti har bir xalq o‘ziga xos dunyoqarash, fikrlashga ega ekanligini ko‘rsatadi. Arxetip (namuna, boshlang‘ich) – asosiy analitik psixologik tushunchadir, K.Yung shu asosda xristian maddohlari va cherkov otalari bo‘lmish Irikey, Avgustin va Iudiy hamda butparast Filon TSitseron traktatlariga murojaat etgan.
Arxetip obrazlar insoniyat bilan doimo o’zviy mushtaraklikda bo‘lib, ular mifologiya, san’at va din uchun manba bo‘lib hisoblangan, hozirda ham aynan shundaydir. Xalqlar psixologiyasi taraqqiyotini baholash uchun muhim mezonlar ishlab chiqilgan. Masalan, Lebonning ko‘rsatishicha, har bir xalq o‘zining ijtimoiy ruhiy xususiyati hamda mustahkam anatomik to’zilishiga ega. Undan insonning fikri, hissiyoti, ishonchi, shuningdek, psixikasi kelib chiqadi. Lebon psixologik fazilatlar (xususiyatlar) haqiqatda «Milliy xarakter»ni anglatadi, deb yozadi. Uning ta’kidlashicha, mingta frantso’z, mingta ingliz, mingta xitoy tanlab olinsa, ular, albatta, bir biridan farq qilib turadi. Lekin ularning har birida o‘z nasl-nasabi, irqining umumiy fazilatlari bilan haqiqiy o‘z millati mentaliteti turiga mansublikni ko‘rsa bo‘ladi. Xalqlar mentaliteti ko‘rsatkichlaridan (kriteriy) yana biri bu-umumiy ishonch, qiziqish, ijtimoiy vazifalarga baho bera olishdan iboratdir. Masalan, mayda millatlar (pikardiylar, flamandlar, burgundlar, gaskonlar, bretonlar va boshqalar)ning ideal ongi va tuyg‘usi bilan ularning umumiy g‘oyasi, ishonchi, milliy qiziqishi va boshqa xususiyatlari jihatidan frantso’z mentalitetiga birlashtirsa bo‘ladi. Shunday qilib, shaxsiy tafakkur har bir shaxsda shakllanib, birlashib, xalqni hosil qiladiki, bu frantso’z millati mentalitetining ham asosini tashqil etadi.
Lebonning izohlashicha, milliylikning yig‘indisi qadimda Rimning shavkatli bo‘lishida muhim rol o‘ynagan, hozirda esa inglizlarning ustunligi borasida fikrlar shunday ahamiyat kasb etmoqda. merosga aylangan Mentalitetning ko‘rinishlaridan yana biri xulq atvor hisoblanadi. Shunday ekan, har bir individning bunday fazilatlari yig‘indisini butun bir xalqning mentaliteti deb tushunish mumkin. Xalq mentalitetining kriteriylaridan birini shaxs, millat va xalqlarning ongli faoliyati tashqil etadi. Millat faolligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlar, bu – milliy tuyg‘u, mintaqa, millat, iqtisodiy ishlab chiqarishning potentsial kuchlari intensiv rivojlanishi, o‘sish va ishlab chiqarish munosabatlaridir. Mentalitetning yana bir muhim kriteriysi - milliy munosabatlardir. Uning sifat va xususiyatlari turli fanlar - falsafa, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, estetika, tabobat, kibernetika va boshqalar tomonidan o‘rganilmoqda. Ijtimoiy milliy faollik xalqlar mentalitetidagi milliy o‘zgarish omilidir. Bu-taraqqiyot elementlaridan biri bo‘lib, xalqning joni va ruhi hisoblanadi. Mentalitet mezonlaridan yana biri bu-ijtimoiy ong. Ijtimoiy xulq - atvor va faoliyat, munosabatlar, hamkorlikdagi faoliyat, ijtimoiy psixika, insonlar psixogenetikasi xislatlari, ularning ijtimoiy aktivligini belgilaydi.
Z.Freydning asarlarida omma mentalitetiga ta’rif beriladi. Uning fikricha, omma mentalitetining muhim tomoni shuki, individlarga alohida ta’sirlarning kuchi ortgan sari ularning intellektual faoliyati sustlashadi. G.Tard asarlarida shaxs psixologiyasi bilan omma psixologiyasi o‘rtasidagi farqlar mavjudligi isbotlab berilgan. Agar shaxsning individual erkinligi bo‘g‘ilsa, u juda ta’sirchan bo‘lib qoladi, fikrlash doirasi torayadi, omma harakatiga bo‘ysunuvchan bo‘lib qoladi. Masalan, Farg‘onada 1989 yilda turklar bilan bo‘lib o‘tgan to‘polonlar, ularning uylariga o‘ylamay-netmay o‘t qo‘yishlar, turli vahshiyliklar yoki 1991 yil sentyabrda Moskva shaharida yo’z byergan voqealar bunga misol bo‘la oladi. Xalqlar mentaliteti ularning xususiyatlariga baho berish mezonlari quyidagilarga bo‘linadi:
Guruhlar a) etnobiogenetik jarayonlar etnoguruh va insonlar quyidagi etnoxususiyatlar bilan baholanadi: qiyofa va hudud tushunchasi, irqi, ekosharoit, iqlim va boshqalar; b) etnopsixologik jarayon (idrokning psixik usullari, kechinmalar, ongsiz yoki ongli ehtiyoj va motivlar)
Tabiiy faoliyatning amal qilishi, psixik faoliyat xususiyatlari, ijtimoiy faoliyat munosabatlari, stress holatlari, inson mentalitetiga ta’sir etuvchi etnik xususiyatlari;
Etnik ong (etnicheskie soznanie) quyidagi ko‘rsatkichlarga qarab baholanadi: milliy muammolarni hal etishda faoliyatning zaruriy vositalarini anglab etish, milliy g‘oya, til, ishonch-e’tiqod, din va madaniyat negizida shakllanadigan milliy tushuncha va milliy tasavvurlar;
Etnik axloqning (etnicheskoe povedenie) asosida yosh avlodni tarbiyalash usullari va vositalari, ajdodlar madaniyati, ota - onalar madaniyati tuyg‘ulari;
Etnik faoliyat. Inson faolligining dinamik shart - sharoitlari, uning etnik faoliyati, milliy muammoviy vaziyat va sharoitlar, ular faolligining barqarorligi va operatsiyalarni bajarish uchun imkoniyatlarning mavjudligi, odamning etnik xususiyat (xosliklarini hisobga olgan holda)laridagi fiziologik funktsiyalar rivojiga ob’ektiv talablar qo‘yilishi va h.k.
Etnik munosabat jarayonlari. Sub’ektlar o‘rtasida yo’z beradigan ijtimoiy va milliy xatti-harakatlar bilan aloqadorlik, ularni rivojlantirish umuman, o‘zaro tushunish strategiyasini ishlab chiqish.
Milliy o‘zaro faollik jarayonlari milliy guruh va jamo alar tarkibidagi o‘zaro ta’sir doirasida sub’ektlarning ijtimoiy faolligi bilan baholanadi.
Ijtimoiy faollik jarayonlari.
Xalqlar mentalitetini o‘rganish nimalarga bog‘liq? Xalqlar mentalitetini o‘rganish quyidagilar bilan bog‘liq:
Psixofiziologiya etnik xususiyat va xalq madaniyati boyliklari (etnoongsizlik saviya);
Etnik ong va o‘z - o‘zini anglashning ijtimoiylashuvdagi etnik xususiyatlar, etnoguruh va jamoalardagi ijtimoiy faollikning rivojlanishi (etnoonglilik saviya);
Xalqlar mentalitetini baholash asosida biz etnojarayonlarni va etnodavrlarning taraqqiyotini quyidagicha ta’riflaymiz.
a) etnopsixologik modellash.
Psixologik modellilik xalq, guruhdagi psixologik xolatlarning ketma - ket almashinuvini ifodalaydi.
Etnopsixologik modellash ekologik, demografik, geografik va boshqa omillarga muvofiq vujudga kelgan. Unga nafaqat, o‘tmishda hozirgi kunda ham amal qilinadi.
Etnopsixologik modellilikni tavsiflashda quyidagi qonunlar muhim ahamiyatga ega:
energiyaning saqlanish qonuni, erning tortishish kuchi;
o‘xshashlik;
inertsiyaning davriyligi yoki ritmi, nisbiylik qonuni;
moslashish qonuni;
Etnopsixologik modellash mentaliteti ongsizlik obrazi bilan bog‘liq bo‘lib, bu - xalqlar psixologiyasining boshqa xususiyatlariga ham mansubdir:
Xalq mentalitetining etnopsixologik ichki intensivligi.
Xalqlarning psixik holatini sozlash – jismoniy ahvolini yaxshilash, ruhini qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatini ko‘tarish uning umumiy funktsional saviyasini tavsiflaydi.
Ichki etnopsixologik intensivlikning rivojlanishi harakat tezligi bilan harakat kuchining proportsional nisbiylik qonuni, doimiy harakat va o‘zgaruvchanlik qonuni hamda energiyaning saqlanish qonuni, yaratish va tanlov qonuni bilan bog‘liq. Xalq mentalitetining etnopsixologik tashqi intensivligi. Ichki etnik jarayonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi milliy obrazlarga o‘tishi, ijtimoiy obrazlar uchun milliy ijtimoiy aloqalar, jamoatchilik fikrini tashqil etish bilan xarakterlanadi. Tashqi etnopsixologik intensivlik qarshi harakat qonunlari, harakatga teng, tanlab umumlashtirish, o‘zaro harakat ta’sirida o‘rin almashinish qonunlari asosida shakllangan.
Xalqlar etnopsixologik xususiyatlarining mukammal, barqaror fazilatlari, belgilari xalqni alohida ajratib turish xususiyati va xarakteristikasidan tashqil topgan (barqaror mentalitet psixologik tizim, xalq ruhining ijtimoiy obrazlari, milliy qat’iylik, odob-axloq, ezgulik va boshqalar)ligi bilan belgilanadi. Xalqning etnopsixologik xususiyatlarini ruyobga chiqarishda tadrijiy qonunlar, tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot, diniy, madaniy tomonlar muhim rol o‘ynaydi. Xalqlar mentalitetiga baho berishda asosiy mezonlar turli tarixiy davrlarda quyidagi ko‘rsatkichlarni taqozo etgan:
Ijtimoiy faollik tamoyillari.
Qo‘shma faoliyat tamoyillari.
Muloqot (aloqa) tamoyillari.
Ijtimoiy faoliyat tamoyillari.
Insonlarning ijtimoiy xulq - atvor tamoyillari.
Ommaviy onglilik tamoyillari.
Ijtimoiy psixik tamoyillari.
Insonlarni biogenetik rivojlanish tamoyillari.
Mentalitetning ijtimoiy modelligi rivojini hisobga olgan holda bu mezonlar tahlil qilingan.
Falsafa, etnografiya, ijtimoiy psixologiyaga oid aksariat adabiyotlarda milliy ong va milliy o’zini - o’zi anglash tushunchalari deyarli farklanmasdan, sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelinadi. Tugri, ular urtasida mazmunan o’zviy boglik va yakinlik bor. Ular bir jarayonning turli boskich darajalaridir.
Millatning o’zini- o’zi anglashi-etnik psixologiyasining ancha keyin vujudga keladi murakkab fenomeni xisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning to’zilmasiga kiradi. Milliy o’zini - o’zi anglash millatning o’z manfaati, maksadi va motivlarini anglab etish darajasini bildiradi. Shuningdek, u millat tomonidan o’zining o’tmishi tarixi, etnik kelib chikishi, milliy goyalari, kelajagi jaxon jamiyatida tutgan urnini bilishi bulib vatanparvarlik, milliy gurur, sha’n, burch kurinishlarida namoyon bo’ladi. Agar insonning milliy ongi mansubligini anglash orqali millat xayotidagi voqea vakillar ongida katta o’zgarishlar bulishiga, milliy o’zini - o’zi anglashning rivojlanishiga va boyishiga olib keladi. Milliy o’zini - o’zi anglashda millat ziyolilari katta rol uynaydilar. Ular o’z milliy tilida san’t va adabiyotini rivojlantirishi, milliy kadriyatlari uchun kaygurish orqali milliy manfaatga goyalar uchun ko’rashib, milliy o’zlikni rivojlantirishga xizmat kiladi. Bu ko’rash, ayniksa milliy til, milliy kadriyatlar kamsitilgan, milliy manfaatlar xavf ostida kolgan paytlarda kuchayadi.
Milliy o’zini-o’zi anglashda malum subektivizm mavjud bulib, u muayyan tarixiy va ijtimoiy davrlarda o’z yunalishini o’zgartirib turishi mumkin. Bazan bu yunalishi o’z chegarasidan chikib ''millatchilik'' degan xafli, xatarli xolatni tugdiradiki, milliy o’zlikni boshqa etnik guruxlarga karama - karshi kuyish, milliy maxdutlik kabi nomakbul kurinishlarga aylanadi.
Milliy mansublikni anglash bilan boglik xususiyatlar ancha barkaror bulib, doimo ijtimoiy siyosiy tarixiy o’zgarishlar ta’siriga berilmasligi yoki nisbatan kam berilish mumkin. Shuning uchun bo’lsa kerak, tarix takozosi bilan o’z VATANidan ajrab boshqa yurtlarga borib kolgani va u erda o’zok vaktlar davomida yashayotgan kam sonli millat vakillarida milliy ongni shakllanishi o’ziga xos konuniyatlar asosida kechadi. Ularning milliy tilni saklashi, milliy urf odat va ananalarga rioya qilish kadriyatlar bilan bevosita alokasi malum darajada saklangan. Bunday sharoitda xech bir avlod vakilida etnik ong katta avlod tomonidan berilayotgan malumotlar, oila azolari va yakin karindoshlar urtasida so’zlashuvlar vositasi xisoblangan ona til, milliy madaniyat xakidagi bilimlar asosida vujudga keladi. Turli davrlarda o’zok ajnabiy yurtlarga borib kolgan millatdoshlarimizning xayoti misol bo’ladi.
Xususan Amerikada yashayotgan o’zbeklar bir-birlari bilan yakin munosabatlarni saklash, o’zaro suxbatlarni ona tilida olib borish, milliy taomlar tayyorlashga va yana eng muximi o’zaro kuda-andachilik rishtalarini tiklashga xarakat kiladilar. Umuman bir necha un va yo’z yillar davomida ajnabiy yurtlarda yashayotgan millatdoshlarimizning psixologik xususiyatlarni ilmiy asosda urganish tadqiqotchiga muxim ma’lumotlar berish mumkin. Etnik birlik kattarok va kuchlirok etnos kurshovida kolganda yoki tazyikka uchraganda etnik ong ananaviy moddiy va manaviy madaniyatning turli shaklariga( til, din, urf-odat, kadimiy kushiklar, milliy kiyim va x.o) tasir ko’rsatib, etnik xususiyatlarni ximoyalashga, saklab kolishga yordam beradi. Shulardan kurinib turibdiki, etnik, ong etnik jarayonlarning maxsuli bulibgina kolmay, shuningdek etnik jarayonning manaviy soxasiga tasir etuvchi omillar rolini uynaydi. Totalitar to’zum- shurolar davrida o’zbek millatining o’zini-o’zi anglashi o’z tarixi madaniy merosi, buyuk ajdodlar xayoti va ijodini urganishga kizikishning ortishiga milliy tilning ijtimoiy va xukukiy vazifalarining kengaytirishdagi xarakatlarda, moddiy va manaviy boyliklarni saklashdagi intilishlarda, O’zbekistonning real mustakilligini ta’minlash uchun kilingan siyosiy say-xarakatlarda kurinadi. Milliy ozodlik uchun ko’rashayotgan millatda milliy ong ezuvchi millatga nisbatan millatchilik kurinishida namoyon bulishi tabiiy jarayon xisoblanadi. Zero milliy o’zini -o’zi anglashning dastlabki boskichlarida o’z millatining tarixi buyuk, shaxslari bilan faxrlanish, uni ko’klarga ko’tarish, o’z ezuvchilari bulgan millatga karshi kuyish tarzida bo’ladi. Buni biz barcha milliy ozodlik xarakati boshidan kechirgan xalqlar tarixida kurishimiz mumkin. Xususan XIX asr boshlarida ijod kilgan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A. Kodiriy, Avloniy kabi ijodkorlar faoliyati bunga misol bula oladi. 80- yillar oxiri sobik Ittifok deb atalmish imperiyaning kulashi arafasida buyuk bobomiz Amir Temur nomining tiklanishi, milliy bayrok misoli kutarilishi, shu bayrok ostida millatni birlashtirish uchun xarakat kilinishi bejiz emas edi. Buning uchun bobomiz, xayoti va faoliyati, kaxramonliklari xakida yozilgan kitoblar chop etila boshladi tarixiy xakikat tiklanib, uning jaxon tarixidagi urniga berilgan baxolar bilan millat tanishtirish millatning egilgan sha’ni, gururi tiklana boshlandi. Alloma bobolarimizning Buxoriy, Yassaviy, Nakshbandiy, Najmiddin Kubro, Zamaxshariy qabilarning nomlarini xalqka kaytarilishi ularni kitoblarini chop etilishi kabi jarayonlar millatning o’zini-o’zi tanishini yukorirok boskichga olib chiqdi. Afsuski, xozirgi paytgacha fanda individga o’zining etnik birlikka mansubligini anglash, ya’ni etnik ong necha yoshdan vujudga kelishligi va bu jarayon kanday boskichlarda utishligi aniklanmagan. Shvetsariyalik psixolog Jan Piaje ikki yo’zga yakin bolalarni muayyan vakt davomida ko’zatish va urganish orqali ularda xech kanday millatchilik va milliy mansublikni anglash kabi bilim va xususiyatlar bulmasligini, ya’ni bolalar o’zlarining eng dastlabki rivojlanish boskichlarida "internatsional" bulishligi, etnik xususiyatlar va etnik ong keyinchalik, ma’lum ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muxit orqali shakllanishni aniklagan.
Bizning fikrimizcha, bolalar o’zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining kaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orqali bilib oladilar.
Ota-onalari turli millatga mansub bulgan ota-onalardan birining kabul kiladi. Bu esa yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy xukukiy, madaniy -maishiy kabi bir kancha vaziyatlarga boglik bo’ladi.Ko’pincha bunda etnik vaziyatlar, ota-ona mansub bulgan etnoslarning son nisbati xam muxim rol’ o’ynaydi. Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saklanib boshqa yurtlarda yashayotganda xam unutilmaydi. Aksincha, o’z etnik guruxini, yurtini, yurtini soginish, kumsash sifatida namoyon bo’ladi. Shaxsning xulk - atvorlariga va boshqa ruxiy xususiyatlariga ta’sir etib turadi.


Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin