Psixologiya va gumanitar fanlar


- MAVZU: Etnos va millat tushunchalarining qiyosiy tahlili (4soat)



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə5/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

4 - MAVZU: Etnos va millat tushunchalarining qiyosiy tahlili (4soat)

REJA:
1.Etnos, elat, millat, tushunchalarining o’ziga xos jihatlari.


2.Moddiy va ma’naviy madaniyat. Etnik muxit va etnik madaniyat.
3.Etnosning yahlit tizim sifatida mavjudligi.
4.Turli elat vakillari xulq-atvorining psixologik o’ziga xosligi.


Tayanch so`zlar: Etnos, etnopsixologiya, etnik birlik, urf – odat, an’ana, milliy ong, milliy did, kadriyat, milliy goya, millat ruxi, etnik xususiyat.

Yuqorida ko’rdikki, ayrim tadqiqotchilar va mualliflar etnopsixologik xusiyatlarinig real mavjudligining inkor etdilar yoki uni tekshirish uchun keyin ob’ekt ekanligidan zorlandilar. Tugri, etnopsixologik xususiyatlarini urganishdagi qiyinchiliklarni inkor etib bulmaydi. Lekin shu bilan birga bu real mavjudmi yoki yukmi degan savolni kuyilishi ortikcha deb uylaymiz. Etnopsixologik xususiyatlar kelib chikishi jixatidan bugun o’tmishi, xayot tarzi va tarixi bilan boglanib ketgan bulib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalrok vujudga kela boshlagan bo’ladi. Ma’lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining yukori boskichidan yo’zaga keladi


Etnopsixologik xususiyatlarining ayrim belgilari kishilar birligining xamma tarixiy davrlariga ayrim ya’ni urug, qabila, millatlarga xosdir. Etnopsixologik xususiyatlar ayrim tadqiqotchilar ko’rsatganidek fakat bir omil -tabiiy muxit ta’siri bilangina vujudga kelib kolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta’sir ko’rsatadi. Birinchi omil - bu –siyosiy -iqtisodiy va jamiyat xayotida bulayotgan ijtmoiy jarayonlari tizimi bo’lsa, ikkinchisiga shu etnik birlik yashab turgan tabiiy-geografik muxitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq xayotida bulib utgan tarixiy xodisa va voqealar kiradi. Lekin shuni aytish kerakki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida kishilar ruxiyatining mazmuni avvalo birinchi omil –siyosiy-iqtisodiy ijtimoiy o’zgarishlar belgilab beriladi. Tabiiy geografik omil esa asosan etnopsixologik kiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun xam bu omil ko’zatayotgan kishi nazariga birinchi omilga karaganda yakkol namoyon bo’ladi. Xalk xayotida bulib utgan muxim tarixiy voqealar so’zsiz uning psixologik uchmas iz koldiradi. Tabiatdagi ayni bir voqealikning doim ta’siri natijasida kishilar bu voqelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik gurux vakillariga karaganda chukurrok idrok qilishga urganib koladilar. Chunki tashqi muxit bizning sezgi a’zolarimizga bexisob informatsiyalar, yani xilma – xil taassurotlar yuborib turadi, natijada evolyutsion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muxit bilan adekvat (munosib ) munosabatini tamin ettiruvchi neyro-fiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklari namoyon etadi. Shuning uchun u yoki bu xalqka xos stereotip xatti -xarakatlarini, idrok xususiyatlarini tashqi muxitiga moslashuvining oliy kurinishi deb xisoblash kerak.
Tashqi muxitning doimiy tasirida vujudga kelgan ruxiy xususiyatlar bu tassurotlarning butun sistemasi (tizimi )ni emas, balki uning uchun muxim bulgan va o’tmish tajribasida sinalgan mustaxkamlangan kolgan tomonlarinigina aks ettiradi.
«Tashqi omil tasirida kishi miyasida urnashib xislar, fikrlar, xoxish, idrokni namoyon bulishi. Xullas ideal orzu - tilak tarzida aks etadi va xuddi shu kurinishda ideal kuchlar bulib koladi», deb yozgan edi F. Engels.S. I. Korolevning ko’rsatishicha, shakllangan etnopsixologik xususiyatlar ma’lum darajada muxofaza kiluvchi mexanizm rolini uynaydi. U xuddi galvirdek yot narsalarni ajratib uni yo kabul kiladi, yoki shu xalqda mavjud bulgan normalar asosida kaytaishlab beradi, yoxud uni inkor etadi. Atrofdagi voqelikni, xodisalarni o’ziga xos ravishda idrok qilish tasavvur va fikr qilish va ularni tab’ va tuygular, urf – odat va an’analar, xarakter tarzida namoyon bulishi etnopsixologiyaning kaytarilmas betakror xususiyatlari xisoblanadi.«Yaponiyaga birinchi marta kelib kolgan evropalikni,- deb yozadi I. S. Kon, -Yaponiyalikning fakat xursand bulgandagina emas, xatto unga tanbex byerganda xam, yoki sizni biror kayguli narsa, masalan, ulim tugrisida gapirganda xam kulimsirab gapirishi, taajjubga, xijolatga tushurib kuyadi. Tajribasiz odam beorlik, surbetlik yoki raxmsizlik deb xisoblaydilar. Aslida kulimsirash bu erda boshqacha ramziy mazmunga ega; bu bilan u ogir vaziyatni engillashtirish, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uddasidan chika olishga tayyor ekanligini ta’kidlash va shu kabi mazmunni bildiradi».

Ma’lum bir millat vakillarining o’ziga xos idrok etishni fikrlash va orzu- istaklarini ya’ni oliy ruxiy xususiyatlarini tushunish va tushuntirish uning namoyon bulishi sababini organizmning miyaning to’zilishidan emas balki yuqorida aytganimizdek xalqning tarixiy taraqqiyoti, uni urab turgan tabiiy muxitning shart-sharoitlaridan kidirish kerak.


Turli ijtimoiy tizim va iqtisodiy ukladlar taraqqiyoti bilan boglik bulgan amaliy faoliyat shakllari turli ruxiy jarayonlar tizimining shakllanishini belgilab beradi. Shuning uchun xam turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy to’zimda yashayotgan xalqlar bir-biridan fakat ongning mazmuni bilangina farklanib kolmasdan, shuningdek faoliyat shakllarining to’zilishi jixatidan xam farklanadilar.
Kup sonli ijtimoiy psixologik eksperimentallarda mashxur psixolog A. R. Luriya kup ruxiy jarayonlar, ayniksa, oliy ruxiy faoliyat jarayonlari tasavvur va mavxumlash ijodiy xayol insonlarning biologik xususiyatlari bilan boglik bulmay, balki ancha tarakkiy etgan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyot maxsuli ekanligini ko’rsatib berdi.
O’tkazilgan kuplab tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatdiki, fakat murakkab bilim jarayonlari bilan boglik bulgan ruxiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oddiy jarayonlar va funktsiyalar xam xayotiy tajribalar va ijtimoiy- tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelar edi. Miya o’z-o’zidan tashkaridan kelayotgan informatsiyalarsiz fikrlay olmaydi. Psixolog P. P. Beonekiy aytganidek, « Bum – bush boshda fikr bulmaydi ». Ijtimoiy- tarixiy, ijtimoiy shart –sharoitlar inson faoliyatini belgilaydi. U esa o’z navbatida ruxiy jarayonlar ongning mazmun va moxiyatini belgilaydi. Turli davrlarda, zamonlarda yaratilgan mexnat maxsulotlarida usha davr va zamon odamlarining bilimlari va imkoniyatlar o’z aksini topgan bo’ladi. Zero, mexnat jarayonida sub’ekt ob’ektga kuchadi, insonning kuch va kobiliyatlari u yaratayotgan narsalarda gavdalanadi. Shuning uchun xam psixologlar turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning ruxiy xususiyatlarini, davr ruxini, ular yaratib koldirgan faoliyat maxsulotlarini urganishi orqali bilib olishi mumkin.
Nemis xalqi tarixining ma’lum bir davrida, deb yozgan edi F. Engels – amaliy faoliyat bilan shugullanishi uchun ob’ektiv shart –sharoitning yukligi, millatning ukimishli kishilarini o’z kuch va kobiliyatlarini falsafa soxasiga burilib yuborishga olib keldi va shuning uchun xam XYIII- XIX asrlarida mavxumiy fikrlashga moyillik nemis xalqi xarakterlarining tipik xususiyati bulib kolgan. Demak, millatning ukimishli kishilar faoliyati turini xam mamlakat xayotidagi tarixiy jarayonlar belgilar ekan.
Xar bir xalqning tarixi va taqdiri o’ziga xos kechadi. Agar xalq tarixini va uning psixologik xususiyatlarini bir- biriga solishtirsak, biz etnopsixologik xususiyatlarida xalq tarixini chukur aks ettirishni ko’ramiz. Yuqoridagi zikr kilganimizdek, etnopsixologik xususiyatlarining shakllanishida tabiiy muxit xam ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Geogrofik va iqtisodiy sharoitlarni uxshash bulmasligi, etnik jixatdan bir- biriga yakin bulgan 2 kushni va kardosh xalq o’zbeklar bilan kozoklarning psixologik kiyofasida ma’lum tafovutlarni vujudga keltirib chiqardi.
Ma’lumki, o’zbeklarning asosiy qismi dexqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyati mavjud bulgan voxalarda joylashganlar u yerga xususiy mulkning vujudga kelishi, yerdan intensiv ravishda foydalanish dexqonchilik maxsulotlarini kuplab etishtirishga olib keldi. Bundan tashkari o’zbeklar yashaydigan yirik shaxarlarning g`arbdan sharqqa, janubdan shimolga utuvchi katta karvon yullarga joylashgan bulishligi, bu erlarda fakat dexkonchilik emas, shuningdek pul-tovar munosabalarini, turli xil xunarmandchilikni, kushnixalqlar bilan savdo- sotik ishlarini rivojlantirishga olib keldi.
XY- XYI asrdayok Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Quqon, Xujand kabi yirik shaxarlar Xindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Arabiston kabi maalakatlar bilan keng savdo –sotik ishlarini olib borishgan. Bularning xammasi o’zbek xalqining xayot tarziga va psixologiyasiga singib o’z aksini topib borgan. Kushni mamlakatlar bilan savdo- sotik va boshqa iqtisodiy- madaniy alokalarning kizgin olib borishligi, ulardan xushmuomalalik, xushtabiatlik, xozirjavoblik, tadbirkorlik kabi xususiyatlarini talab etadi.O’zbek xalqini xayoti va turmush tarzini urgangan tadkikodchilarning barchasi o’zbeklarga xos bulgan ochik yo’zlik va xushmuomalalikni ta’kidlab ko’rsatishgan edi.
O’zbeklarga xos bu xususiyatlarni Kozok adabiyotining klassigi Abay xam ta’kidlab ko’rsatib iltifotlilik, xushmuomalalik bularning xammasi satrlardadir deb yozgan edi.
O’zbeklarning bir necha asrlar dexkonchilik bilan shugullanib kelishi ishlab-chikarishning asosiy vositasi bulgan yerga nisbatan ularda tejamkorlik va omilkorlikni vujudga keltirdi.
N. Jondil’dik Kozok xalqiga xos bulgan ayrim vazminlik, kamsukumlikni xujalik yuritish ishlari bilan boglik deb ko’rsatadi, ular butun umr buyi chorvachilik bilan shugullanib ularning xujalik xayotining deyarli butun kismini tashqil etib koldi. Axolini tarkok xolda joylashtirish, ular urtasida aloka urnatishni kiyinlashtirar, ular xatto o’zok-vakt davomida yolgiz yashashlikka majbur bo’ladilar. Bu esa ularda yuqorida aytilganidek, o’zaro muommolarda kamgaplik xatto o’zining eng nozik va qaynoq tuygularini bayon etishda vazminlikni ko’rsatishni vujudga keltiradi.
Shunday kilib ikki kardosh va kushni xalq o’zbeklar va kozoklar o’zlarining o’zok iqtisodiy va madaniy alokalariga etnik jixatdan yakinligiga, tilning uxshashligiga karamay yuqoridagi sabablar orqali butun xususiyatlari bilan fark kiluvchi millat bulib shakllanadi.
Tabiiy-geografik omillarning ob’ektiv ta’sirlarini xolislik bilan urganish, xech kanday irkchilik va millatchilik nazariyalarni keltirib chikarmaydi, shu narsa ma’lumki serunum er, mu’tadil iklim va boshqa tabiiy sharoitlar, kup jixatdan ishlab chikarishning rivojiga axoli sonning usib borishiga ta’sir ko’rsatadi. Aksincha, masalan, shimoldagi va tropik mamlakatlardagi elatlar va xalqlar tarixiy taraqqiyotida nisbatan mu’tadil iklim sharoitlariga ega bulgan xalqlardan orkada kolib ketishgan.
Agar shimolning qattiq sovuk tabiyati dexkonchilik qilishga va san’tning rivojlantirishga moyillik kilgan bo’lsa iklimdagi zaminning sermaxsulligi kishilarning dangasa va taralla-bedot kilib, bir etnografik so’z bilan aytganda, kishilarni xuddi bolalarga uxshash ojiz nomustakil kilib, uning tarakkiy etishining tabiiy zarurat kilib kuymaydi.
Shu narsani payqash kiyin emaski, deb yozadiki etnograf Yu. V. Bromley - sotsial iqtisodiy, gegrafik va boshqa shart sharoitlarni ta’siri natijasida mexnatsevarlik kabi xususiyat xamma xalqlarda xam bir xil namoyon bulavermaydi.
Tabiiy muxitning o’ziga xosligiga ko’ra, kishilar yashashi uchun zarur bulgan narsalarga erishishda uchraydigan qiyinchiliklarni turlicha engib o’tadilar.
Psixolog I. S. Konning yozishicha, Yangi Gvineyaning ichkarisida va nisbatan Evropa ta’siri kam etib borgan joylarda yashaydigan xalqlar kulay iklim sharoitlariga va tabiatning mul-kul ne’matiga ega bulganligi uchun xam ba’zi kiyin sharoitda yashaydigan kishilarga uxshab ertaning tashvishi bilan yashashga urganmaganlar. Shuning uchun xam ular fakat kundalik extiyojlarini kondirish uchungina mexnat qilishadi. Kuplab narsa ishlab chikishga va gamlab kuyishga xarakat xam kilmaydi. Ularning nazarida kim kuyib – pishib, kup ishlasa, ochko’z va yomon odam xisoblanadi.
Shunga ko’ra ularning iqtisodiy madaniy rivojlanishi xam ishlariga yarasha darajada.
Qayerda ishlab chiqarish yuqori saviyada tashkil qilinmagan bo’lsa, mexnatkashlar bulmasa, u erda ijtimoiy, tarixiy rivojlanish xam bulmaydi. Rivojlangan kaysi bir mamlakatni olib kurmang, shu erda mexnatga munosabat, mexnatkashlik juda yukori darajada ekanligini ko’ramiz.
Tabiiy – geografik muxitni ta’siri qanchalik sezilarlik bulmasin, birok etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishda uning etakchi omil kilib kushish tugri emas. Shuning bilan birga, uning rolini inkor etish, yoxud ortikcha oshirib yuborish notugri xulosalar qilishga olib keladi.
Psixolog S. L. Rubinshteyn ko’rsatganidek, “Ruxiy xususiyatlarning shakllanishini bilgani tabiiy sharoitlar yoki ijtimoiy muxit bilan birga asoslab tushuntirish mumkin emas. Bularning biri bulmasin mulokatlashtirish malakasini barbod bulishga maxkum etadi”.
Insoniyatning madaniyati o‘ta rang barangdir. Har bir millatning o‘ziga xos madaniyati mavjud. Xalqning xulq - atvori, tarbiya, axloq qoidalari milliy madaniyat tomonidan belgilanadi. Inson jamiyat, odamlar orasida yashar ekan, jamiyat, millat va xalq tomonidan belgilangan va odob tusiga kirib qolgan o‘ziga xos talab qoidalarga bo‘ysunadi.Jamiyatning har bir bo‘lagida tarbiya qoidalari ishlab chiqilgan. G‘arb madaniyati uchun odatiy ko‘ringan tarbiya shakli boshqa jamiyatlar uchun bema’ni tuyulishi mumkin.Tarbiya insonlarning turli madaniyatlar orqali ijtimoiylashuvi oqibatida o‘zgarib turadi. Uning shakllanishi oiladan boshlanadi. Oila aynan bolalar tarbiyasi uchun mas’ul qarindoshlar guruhi hisoblanadi.Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo‘lib o‘sishi uchun oilaviy sharoit, oila boshliqlarining namuna bo‘lishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomala madaniyati, so‘zi bilan ishining birligi farzandlar uchun ibrat namunasidir.
Ayollarning birinchi galdagi vazifasi bola tarbiyasi va uy-ro‘zg‘or ishlari bilan faol shug‘ullanish hisoblanadi. Dunyoda faqat erkaklar bolalar tarbiyasiga to‘la javobgar bo‘lgan mamlakat yo‘q.
Nensi CHodorouning ta’kidlashicha, ayollarning farzandni dunyoga keltirishi ularning tarbiyaviy yaqinligini ta’minlaydi, bu narsa uning keyinchalik ham bolasiga g‘amxo‘rlik qilishida davom etadi. Onalik ayol uchun asosiy vazifadir. Ayollarning bu vazifasi barcha madaniyatlarga xos bo‘lib, uy ishi ayollar uchun asosiy mashg‘ulot hisoblanadi (16).
Bolalarni tarbiyalash ota - onaning muqaddas burchidir. Ruslarda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish, o‘z qaramog‘ida uni o‘stirish ma’lum vaqtdan so‘ng chegaralanadi. Bizning millatimizda esa ota - onalar huquqini bekor qilinishi o‘ta salbiy holat hisoblanadi.
Tarbiya bolaning axloqi, xulq - atvoriga kuchli ta’sir etadi. Bolalarga qanchalik darajada qattiqqo‘l bo‘lish uning ota - onasidan xayiqishi, nomaqbul harakatlardan saqlanishini ta’minlaydi. Uni qayerga bording? Nima bilan shug‘ullanayapsan? - tarzda tyergab turish ham lozim. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, otaning tabiatan yumshoq ko‘ngilligi, shirin so‘zli bo‘lishi bolaning tabiatini bo’zishi mumkin. Uning fikricha, ota bolalar tarbiyasida qattiqqo‘llik lozim bo‘lganda, jazo berishi ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.Ota bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi lozim. Bolaga odob ilm o‘rgatish dastlab ularga aytish va ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Bolalar bunga quloq solmasa, urish, po‘pisa ishlatish ham lozim. Lekin, ayrim psixologlar fikricha, bolani tarbiyalashda yaxshi gap bilan tushuntirish kerak.Ijtimoiylashuv jarayonida tengdoshlar bilan munosabat o‘rnatish bola tarbiyasida muhim omil hisoblanadi. Bolaning ota - onalar bilan munosabatiga qaraganda, uning tengdoshlari orasidagi munosabatlari anchayin qulaydir. J.Piaje ta’kidlaydiki, hokimiyatga ega bo‘lgan ota - onalar bolalarga xulq - atvor me’yorlarini majburan singdirishlari mumkin. Tengdoshlar guruhida esa, aksincha, bola xulq - atvori qoidalarini o‘zgartirish va tekshirib ko‘rish imkonini beradigan o‘zaro ta’sir boshqacharoqdir.
M. Midning (1863-1931) nazariyasida tengdoshlar muhim omil sanaladi. Uningcha, 9-10 yoshli bolalar tarbiyasiz «ermak»lar (o‘yinchoqlar) dan ko‘ra, maxsus uyushtirilgan o‘yinlarda qatnashishni afzal ko‘radilar.Ular bu o‘yinlarda kattalarga taqlid qiladilar, mana shu davrdagi ijtimoiy hayotda amal qilinadigan qadriyatlar va ahloqlarni o‘zlashtira boshlaydilar, ustanovkalarni anglashga o‘rganadilar,- degan fikrlarni aytib o‘tadi.
Tarbiyalash dastlab oilada amalga oshirilar ekan umum tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xalq og‘zaki ijodidan foydalanish yaxshi natija berishi mumkin. Ular bolalarni tarbiyalaydi, sofdillik, oddiylik, mehnat qilish, yaxshilik, yomon sifatlar (gerdayish, ichiqoralik, chaqimchilik)dan qochishga undaydi. Shu o’rinda, xalq o’yinlarining milliy o’zlikni anglashdagi ahamiyatini ta’kidlashni lozim topamiz. Bolalar o‘yinlarida asosan, mahalliy aholining kasb - hunar va mashg‘ulotlari o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun bolalarning o‘yinchoqlarida uy - ro‘zg‘or buyumlari, qishloq xo‘jalik asboblari, idish - tovoqlar, aravacha, bel ko’rak va bolg‘a qabilar namoyon bo‘ladi. Qish paytlarida yaxmalak va qor o‘yinlari, yozda ot minish va «uloq», bahor va ko’z paytlari oshiq, koptok, varrak va parparak uchirish, daraxtlar shoxlariga osilgan arg‘imchoq (hayinchalak, sarinjoq) uchish qabilar o‘spirinlarning sevimli o‘yinlari hisoblanadi. O‘g‘il bolalar orasida lattadan tikilgan to‘p o‘yini, dasta o‘yin (Farg‘onada) yoki chillak (Toshkent, Samarqand va Xorazmda) o‘yinlari nihoyatda qiziqarli va zavqli o‘tgan. Ular harbiy o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan vaqt o‘tkazganlar. Masalan, bolalar orasida qo‘shkamalak yoki chuvalakkamon, maxsus tosh solib otadigan palaxmon yoki sopqon, pufak naycha kabi qadimiy qurollardan mashqlar o‘tkazish odat bo‘lgan. Hozirgacha saqlanib kelayotgan o‘yinlardan milliy ko’rash, ot chopish, uloq o‘yinlari va boshqa an’anaviy mashqlar keng tarqalgan. Ushbu o‘yinlar yoshlarni o‘zi va o‘z yaqinlarini himoya qilish, vatanparvarlik hislarini shakllantirish, jismonan sog‘lom bo‘lish, qadimiy urf - odatlarni o‘zlashtirish, milliy o‘z - o‘zini anglashga o‘rgatadi.
Milliy o‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra, shu millatga mansub bola psixologiyasiga juda yaqin. Shu jihati bilan ham ular kichkintoylarni o‘ziga tez jalb qiladi. O‘yin bolalarning harakat faolligini oshiradi. Olimlarning ko’zatishicha, yoshligidan milliy qo’g‘irchoqlar o’ynab ulg‘aygan bolada o’zligini anglash jarayoni jadallik bilan rivojlanar ekan. Hozirgi kunda bolalarning milliy o‘yinlarga e’tibori nihoyatda kuchli. «Bekinmachoq», «Quvlashmachoq», «CHillak», «Zag‘izg‘on», «Oq terakmi - ko‘k terak», «Aylanma darra», «Xolam mehmonga keldi» milliy o‘yinlar orqali bolalarning mustaqil harakat faolligi oshadi. «O‘rta qo‘limni top», «Qovun ekish», «Sartarosh», «CHoyxonachi» singari o‘yinlar esa bolani fikrlashga, hech bir narsaga befarq bo‘lmaslik, «men» obrazini shakllantirish, kattalar mehnatiga taqlid qilib, ularni o‘zlashtirisha undaydi.Ayni paytda bu o‘yinlar boladan ko‘p quvvat sarflashni talab qilib, (chopish, yugurish, egilish, sakrash) uning organizmida modda almashinuvini ravonlashtirib, ichki organlar faoliyatini jadallashtiradi, asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlarni uyushtirish va o‘tkazishda tarbiyachining roli kattadir. Tarbiyachi o‘yin davomida shunchaki ko’zatuvchi bo‘lib qolmay, balki bolaning yoshi, harakat imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Umuman, milliy harakatli o‘yinlar kichkintoylar jismoniy faoliyatini oshiruvchi, ularning harakatlanishga ehtiyojini qondiruvchi eng sevimli, qiziqarli faoliyatdir. O‘yin
shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va
xilma - xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi.
O‘yin - bolalikning yo‘ldoshi. Bolalarni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlantirishda o‘yin katta ahamiyatga ega. Yuksak darajadagi jismoniy hamda ma’naviy iroda sifatlari bolalarda harakatli o‘yinlar o‘tkazilgan vaqtda, ayniqsa, ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunday o‘yinlarning umumiy natijasi o‘yinda ishtirok etayotgan bolalarning o‘zaro kelishib harakat qilishlariga bog‘liq bo‘ladi.
«Buyumni almashtirish», «Kimning qatori tezroq to‘planar ekan?», ”Maymunlarni tutish”, “Bo’ri zovur ichida” kabi o‘yinlarda umumiy natija har bir bolaning harakatiga bog‘liq bo’ladi. Bu esa har bir bolaning zimmasiga o’z harakatlari uchun mas’uliyat yuklaydi. Bunday o’yinlar orasida o’yin estafetalari alohida o’rin to’tadi va ular nihoyatda diqqat - e’tiborni jalb qiladi. Turli harakatlar bolaning hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi, irodasini mustahkamlaydi, mardlik va mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradi, qolaversa, bolada o’z - o’zini anglash jarayonini vujudga keltiradi. Bu, o’z navbatida, bolalarning kichik yoshda axloqiy ta’lim - tarbiyasiga yaxshi ta’sir etadi.
Bolalar turli harakatli o’yinlar jarayonida o’z harakatidan quvonibgina qolmay, balki hayotni sevish, mehnat qilish, o’z - o’zini anglashga o’rganadi. Xalqning milliy harakatli o’yinlari bolada faqat tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlikni tarbiyalabgina qolmasdan, uning axloqiy va ruhiy tarbiyasiga ham kuchli ta’sir etadi. Masalan, guruh va jamoa ko‘rinishidagi o’rtoqlik, mehribonlik, shaxsiy qarashlarni o’zgalarning qarashlariga moslashtira bilish kabi xislatlarini tarbiyalaydi hamda vaqt sezgirligi, harakat mutanosibligi, sofdillik, to’g‘rilik, atrof muhitga bo’lgan munosabat va ularni bilish kabi qimmatbaho sifatlarni shakllantira boradi. Masalan, “Qoch bolam qush keldi” o’yinida bolalarni jamoa bo’lib o’ynashga va o’yin davomida faqat o’zinigina emas, do’stlarini ham himoya qilishga o’rgatish bilan birgalikda, ulardan ziyraklik va chaqqonlik talab etadi. “Oq terakmi, ko’k terak” o’yini esa so’zlarni bir vaqtda aytishni, chaqqon harakat qilish bilan birga raqibni chalg‘itishga hamda ziyrak bo’lishga o’rgatadi.O’yinlar hayotdagi to’siqlarni engish, o’z - o’zini anglash hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish, bilan bog‘liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, harakatli o‘yinlarga odatda, bolalar sevib o’ynaydigan, ularga quvonch baxsh etadigan musobaqa elementlari ham kiradi. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari taqlid qilish ruhida bo’ladi. Bola ko’zatadi, undagi ba’zi narsalarni o’yinga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni bilib oladi, binobarin, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat shakllanadi.O’quvchi turmush, mehnat sohasi, tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynar ekan, bu hodisa va harakatlarning ma’nosini anglay boradi, asta - sekin hayotiy tajriba orttiradi, qiyinchiliklarni engishga o’rganadi, unda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi va tasavvur tobora boyib boradi.O’yinning eng muhim xususiyati shundaki, unda tabiiylik mavjud bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar o’yinida yaqqol sezilib turadi. Zero, bolalar ular orqali o’zidagi ko’plab tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ma’lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar va bunda hech qachon ular o’z sherigiga ma’naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog‘liqki, unda xayol, hissiyot jarayonlari tafakkurdan yaqqol ustun keladi. O’yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo’lishi uchungina emas, balki ularni aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Manmanlik qilma, netarsan, obro‘yingdan ketarsan», «Egilgan boshni qilich kesmas». O‘zbek oilalari tarbiyasida sharoit, ya’ni ularning qishloq yoki shaharda yashashlari ham bolalar tarbiyasiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatish tabiiy. Odatda, qishloq oilalari farzandalari yoshligidan boshlab kuchi etadigan ishlarga jalb etiladi, ya’ni ular uy yumushlarini bajarish, uy hayvonlarini parvarishlash, ularga em, suv, berish, hosil, poliz ekinlari, mevalarni yig‘ib - terib olishlarida ota-onalariga yaqindan yordam berishadi. Shahar oilalaridagi sharoit esa tubdan farq qiladi. Ularning ayrimlari ota - onalar ishtirokisiz ish bilan kam shug‘ullanadilar, natijada qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmaydi, bekorchilik kuchayadi, sport maydonchalaridan beri kelmaydi, yo shahar bo‘ylab sang‘ib yurishadi. Shahar bolalari uchun ko‘plab qulayliklar mavjudligiga qaramay, hozirgi kunda jinoyatga qo‘l urayotgan voyaga etmagan bolalar uchrab turibdi. Ilgari iqtisodiy etishmovchilik, qiyinchiliklar mavjud bo‘lgan oilalarda bolalar tarbiyasi ancha qiyin bo‘lgandi. Hozirda esa bunday toifadagi yoshlar moddiy baquvvat, savodxon oilalardan chiqmoqda. Tarbiyasizliklar ko‘proq shahar bolalariga to‘g‘ri kelmoqda. Ham qishloqda ham shaharda qizlarning yigitlarga nisbatan tarbiyalanish darajasi yaxshi. Sababi ota - onalar qizlarning kelajagi haqida nisbatan ko‘proq qayg‘uradilar, ularni ayollar mehnatiga ko‘proq jalb etadilar. Sharq xotin - qizlarining mehnatsevarligi, ibosi, hayosi va tabiatan vazminligiga hozirgi kunda butun dunyo kishilari qiziqmoqdalar.
Yaponlar tarbiyasini bola o‘z - o‘zini anglamasdan ilgari boshlashadi. Bu fikrni psixoanaliz Zigmund Freyd ham ta’kidlab, insonning xulq - atvori chaqaloqlikda shakllangan usullarga tayanadi, buni esa ong osti boshqaradi, degan edi.O‘zbeklarda rostgo‘ylik, dasturxon atrofida o‘tirganlar ovqatni eb bo‘lgandagina yoshi katta kishilardan kechirim va ruxsat so‘rab, keyin joyidan turishi, katta kishilar gapirayotganda so‘zini sukut saqlab boshi egik holatdauning gaplarini eshitish ulardagi o‘xshash xislatlaridir. Tadqiqotchilar «odob - himoya muruvvatlaridan biridir», - deb hisoblaydilar. Undan odamning kamchiliklari hammaga beayov namoyish qilinmasligi umidida foydalanadilar. Demak, kundalik hulq - atvori tasodifiy emas. Odamlar bir - birlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda o‘zlari ham bilmagan holda yo’z ifodasi, tana holati va ishoralariga ahamiyat beradilar va ularni nazorat qiladilar.Ba’zi odamlarda yo’z ifodasini nazorat qilish va muomaladagi odob yuqori darajada takomillashgan bo‘ladi. Bunday professionalizm o‘zi yoqtirmaydigan, xatto nafratlanadigan odamlar bilan ham o‘zini erkin bemalol tuta oladigan diplomat uchun xosdir. Tarbiyalangan diplomat halqlar o‘rtasidagi taranglikni yumshatib ,urushning oldini olishi mumkin.
Har bir jarayonda bo‘lgani kabi bu jarayonda ham muammo keltirib chiqaruvchi bir nechta omillar ko‘rsatiladi. Zamon o‘zgarishi bilan vaziyat ham o‘zgaradi. Aynan mintaqamizda etnik muammolarni yo’zaga keltiruvchi omillar quyidagilar:
YOt madaniyat unsurlarining kirib kelishi. Tadqiqotchilar bolalar
«shunchalik tez o‘sishmoqdaki» bolalikning o‘ziga xos xususiyatlari yo‘qolib bormoqda. Masalan, hatto, kichik yoshdagi bolalar ham katta yoshlilar ko‘radigan televizion dasturlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lib, «kattalar dunyosi» sirlarini oldingi bolalarga nisbatan ancha erta bilib olmoqdalar.
Direktiv hujjatlarning ko‘payishi bilan ularning ijrochisi bo‘lmasligi.
Siyosat bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi nomutanosiblik.
Jamiyat ehtiyoji (xoh ma’naviy, xoh iqtisodiy)ning to‘laqonli qondirilmasligi.
Ayollarning ishlab chiqarishga tortilishi ularning o‘z bolalari bilan bo‘ladigan muloqot soatlarining kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda, ota - onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, onalar bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq qalb qo‘ri ila mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtni uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto, dam olish kunlarida ham ayollar uy ishlari uchun 9 soatdan 11 soatgacha vaqt ajratishadi. Shuday savol tug‘iladi: oilada erkaklar bola tarbiyasida va ro‘zg‘or ishlari uchun o‘zlariga katta mas’uliyatni olyaptilarmi? Faktlar shuni ko‘rsatmoqda, bu borada oxirgi 3 - 4 o‘n yillikda ba’zi o‘zgarishlar yo’z byergan bo‘lsa-da, ular juda cheklangandir. X. Xartman 1960, 1970 yillarda Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazgan tadqiqotlari natijalarini umumlashtiradi. U shuni aniqladiki, faqat uy xo‘jaligida band bo‘lgan ayollar bola tarbiyasiga haftada 60 soat sarflar ekan. Erkaklarning esa bunga o‘rtacha 11 soat vaqti ketadi, yosh bolali oilalarda ayollar bola tarbiyasiga haftada 5 soat sarflasalar, ro‘zg‘orning boshqa ishlariga ketadigan vaqtni tegishli tarzda qisqartiradilar.Bolani tarbiyalashda to‘g‘ri yo‘lni tanlash lozim. Aynan, er kurrasining turli qit’alarida o‘ziga xos bo‘ysunuvchi dinlar mavjud. Jumladan, Iudaizm, Xristianlik, Islom dinlarini ko‘rsatish mumkin. Dinlarda ma’lum ahloq qoidalari belgilanadi. Diniy tarbiyalashda ahloqsizlik, tarbiyasizlik qoralanishi, xushxulq bo‘lish «u dunyoda» «mukofotlanishi»ni tushuntirsalar ijobiy holatlar yo’z berishini ko‘rish mumkin. Xalq yaratgan durdonalar, ertak, afsona, maqol, xikoya, rivoyat, qo‘shiqlarda milliy tarbiya ko‘rinishini aytib o‘tdik.O‘zbek oilalarida yoshlarni oilaviy hayotga, ro‘zg‘or yuritishga juda yoshlik chog‘idan tayyorlanishi ko‘pchilikka ayon. Bu bolalarda juda erta, bog‘cha yoshidanoq oila, ro‘zg‘or ishiga ko‘maklashish hissini uyg‘otadi.Hozirgi paytda hashar kishilarning hamdo‘stlik va o‘rtoqlik fazilatlarini namoyon qilishning yorqin ramzi bo‘lib qoldi. Hashar katta tarbiya maktabi hamdir. Bunda har kimning hissasi, himmati hammaning ko‘z o‘ngida turadi.«Hasharda ishtirok etishning o‘z gashti bor», - deydi mehnatkash xalqimiz. Bunday an’anaviy marosimlarga bolalarni ham safarbar etish katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Demak, hasharni insonning milliy tarbiyasiga ta’sir etuvchi mexanizm (harakatga keltiruvchi to’zilma) deyish mumkin. U kishilar orasida mehr - oqibat, o‘zaro aloqa, vijdoniylik, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ular uyg‘otadi. Eng muhimi, ularning ishsiz bo‘lmasliklarining oldini oladi. O‘zining mehnatidan qoniqish va qiziqish hissini uyg‘otadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin