Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə222/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ob`ektiv haqiqat – bizning bilimlarimizning ongimizdan tashqarida mavjud bo`lgan mazmuni bo`lib, uning voqealikka mos, adekvat kelishidir. Haqiqatning mazmuni esa bizning ongimizga bog’liq bo`lmagan holda mavjuddir.
Ob`ektiv mantiq –ongimizdan tashqarida bo`lgan reallikning rivojlanishi, aloqasi, munosabati. Sub`ektiv __________mantiq ana shu ob`ektiv olamning inson ongidagi in`ikosidir.
Ob`ektiv reallik – inson ongidan tashqarida turuvchi tabiat, jamiyat, butun moddiy dunyo va uning turli tomonlari, insonning o`zi, anglash qobiliyati, uning tabiat va boshqa odamlar bilan munosabati.
Oddiy hukm – bir sub`ekt va predikatdan iborat bo`lgan hukm.
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Oila- nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan kichik guruh bo‘lib, uning a’zolari ro‘zg‘orining birligi, o‘zaro yordami, ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog‘langan bo‘ladi.
oldida ommaviy bo`lishga tirishuvchi siyosatdon.
Ommaviy induktsiya – to`liqsiz induktsiyaning bir turi bo`lib, u oddiy kuzatish yo`li bilan kundalik hayot tajribasi asosida chiqarilgan xulosalar hisoblanadi. Bu induktsiyada narsalarning ichki mohiyati asosida emas, balki bevosita ko`zga tashlanib turgan belgilar asosida hosil qilinadi. Shuning uchun u zid hollar uchramagan taqdirdagina to`g’ri bo`ladi.
Ommaviy madaniyat-madaniyat mavjudligini murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o’ziga xos shakli.
Omonimlar – shakllan bir xil, ammo mazmunan bir necha tushunchani ifodalovchi so`zlar.
Operator – simvol yoki simvollar kombinatsiyasi bo`lib, u mantiqiy shakl hosil qilish uchun ishlatiladi.
oshirilishini ifodalaydi.
Ostensiv ta`riflash – (lot.ostendere - ko`rsatmoq) predmetni bevosita ko`rsatish orqali ta`riflash.
Paradoks (grek. para – qarshi va doxa - fikr) – kutilmagan, odatdan tashqari ajoyib fikr bo`lib, ma`lum hukmron va kundalik hayot fikrlariga, xatto rosmana fikrga qarama-qarshi bo`lgan mulohazadir. Formal mantiqda bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki xulosa bo`lib, ularning har ikkalasi chin (to`g’ri) yoki xato deb qaraladigan fikrga paradoks deyiladi.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin