Mantiq – (grek. logos – so`z, fikr, nutq, aql) tafakkur qonunlari va shakllari haqidagi fandir. Mantiqning predmeti tafakkurdir.
Mantiq qonunlari– inson tafakkuriga xos qonunlardir. Mantiq qonunlari ob`ektiv olamning inson ongidagi in`ikosidan iboratdir. Formal mantiqning to`rtta asosiy qonuni bor: ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, etarli asos qonunlari. Bu qonunlar to`g’ri fikrlashning zaruriy shartidir.
mantiq qonunlaridan biri bo`lib, unga ko`ra har qanday chin fikr isbotlangan bo`lishi kerak, to`g’riligi isbotlangan boshqa bir fikrga asoslanishi kerak.
Mantiqiy kvadrat– hukmlar o`rtasidagi munosabatni esda saqlab qolish uchun foydalaniladigan ko`rgazmali diagramma.
Mantiqiy kvadrat– hukmlar o`rtasidagi munosabatni esda saqlab qolish uchun yaratilgan ko`rgazmali diagramma
Mantiqiy qarama – qarshilik – fikrlash jarayonida nozidlik qonunini buzish asosida kelib chiqadigan chalkash muhokama.
Mantiqiy qonunlar – to`g’ri tafakkur qonunlari.
Mantiqiy semantika yoki semantik mantiq – (grek. semanticas – anglatuvchi, bildiruvchi) – mantiqning muhim bir tarmog’i bo`lib, tushuncha, hukmda ifodalangan so`zlar ma`nosini o`rganadi.
mantiqiy usul.
Mantiqiy xato– tushuncha, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash jarayonida tafakkur qonuni va shakllarini buzish natijasida kelib chiqadigan xato.
mantiqiy xato. Bunday xato (redictio ad absurdum) biror mantiqqa zid bo`lgan bema`ni xulosaga kelish deb ataladi.
Matematik mantiq – matematikaning bir yo`nalishi bo`lib, u fikrlash jarayonini o`rganishga matematik metodni qo`llaydi. Matematik mantiq formal mantiq rivojining yangi bosqichi bo`lib, u an`anaviy mantiqdan so`ng mustaqil soha bo`lib maydonga keldi.
mavjudligini yoki mavjud emasligi qayd qilinadi, halos.
Mentalitet – insonning ijtimoiy-iqtisodiy madaniy dunyoqarashi.
Mikelanjelo Buanarotti (1475-1564 yy.) – Buyuk rassom, haykaltarosh, harbiy muhandis, shoir.
Millat – kishilarning yagona tilga so‘zlashishi, yaxlit xududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruxiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkilot topgan barqaror birligi.