Qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/10
tarix22.10.2017
ölçüsü0,66 Mb.
#11245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


Mashg‘ulotning borishi

Atama va tushunchalar: geologik sana, geoxronologik jadval, burmalanish, zilzilalar, zilzila o’chog’i zilzila markazi, seysmograf, foydali qazilmalar

Geografik obektlar: Pomir, Kopetdog’, Paropamiz, Safedko’h, Hindiqush, Dushanbe (1930), Ashgabat (1948), Toshkent (1966), Gazli (1976), Yaponiya (2011),

O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

Bilimlar:

  • O’rta Osiyo geologik tuzilishi haqida umumiy ma’lumot

  • Asosiy foydali qazilmalarning tarqalishi

  • Zilzila hodisasi, paydo bo’lishi, oqibatlari

Ko‘nikma va malakalar:

  • Asosiy to’g hosil bo’lish bosqichlari bilan tanishish

  • 7-sinf o’quv o’lkashunoslik atlasi 6-7, 8-9 betlardan foydalanib, asosiy tog’lar, tog’ oralig’i vodiylari, seysmik faol hududlar va foydali qazilmalarning konlarini ko’rsata olish,

  • Yozuvsiz kartaga hududdagi asosiy relyef shakllarini tushura olish

  • Yozuvsiz kartaga hududdagi asosiy foydali qazilma konlari joylashgan joylarni tushurish

Tashkiliy qism.

Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga sharh beradilar. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



Guruhlash. O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi:

“Zilzila”, “Qazilma” va “Tog’ ” guruhlari. Har bir guruh o’z tanlagan nomlari yuzasidan qisqacha ma’lumot beradilar.

BLIS” so‘rov orqali oldingi darsda o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf o‘quvchilarning bilimini tekshirish.

BLIS” so‘rov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:



  • Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish

  • Barcha o‘quvchilarni qamrab olish

  • Nazorat materiallari tuzishning soddaligi

  • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

  • Vaqtning qatiy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini taminlaydi

BLIS” so‘rov topshiriqlari:


Shakli: “ha-yo‘q”.

  1. Yer po’stining hosil bo’lishi va o’zgarib hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt-geologik vaqt deyiladi.

  2. Geoxronologik jadvalda eng yirik bosqich bu-davrlardir

  3. Ma’lum bir tog’ jinsining hosil bo’lganidan hozirgacha o’tgan vaqt uning mutlaq yoshi deyiladi.

  4. 1 gramm Uran 74 mln yil o’tib Qo’rg’oshinga aylanadi.

  5. Trias, Yura va Bo’r Mezozoy erasiga oiddir.

  6. Kaynozoy eng qadimgi era hisoblanadi

  7. Antropogen davrida odam paydo bo’lgan.

  8. Fanerozoy eoni yopiq, yashirin va berk hisoblanadi.

  9. Baykal tog’lari Baykal burmalanishida paydo bolgan.

  10. Yer taraqqiyoti davomida 5 ta era ajratiladi.



So‘rovni o‘tkazish tartibi:
1.Har bir o‘quvchi uchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.

2. “BLITS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:

Topshiriqni bajarish tartibi:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10






























O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni Ha javobi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni Yo’q javobi bilan belgilang.



3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Yo’q

Ha

Ha


4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.

Baholash mezonlari:

  • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

  • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

  • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning O’rta Osiyoning geologik tuzilishi haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

Aqliy hujum” metodi


  • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ilish, talaba (yoki o‘quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir

  • AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir

«AQLIY HUJUM»
metodining tuzilmasi

  • Muammoli savol beriladi

  • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

  • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

  • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi

  1. Zilzila nima?

  2. Zilzila vaqtida nimalar qilmoq kerak?

  3. Foydali qazilmalarga misollar ayting

  4. Siz yashab turgan joylar yaqinida qanday foydali qazilmalar bor?

Yangi mavzuning bayoni

Reja:

1. O’rta Osiyo hududining rivojlanish tarihi haqida

2. Zilzilalar vauning oqibatlari. Zilzila vaqtida harakatlanish.

3. Hududdagi asosiy foydali qazilmalar

Yer yuzasining rivojlanish tarihida brr qancha bosqichlar ajratiladi. Umuman Yer taraqqiyoti davomida jami 5 ta : 1) Baykal, 2) Kaledon, 3) Gersin, 4) Mezozoy, 5) Alp burmalanishlari sodir bo’lgan.

Burmalanish bu- Yer po’stida yon tomondan bo’ladigan kuchli tektonik bosim ta’sirida qtlamlarning bukilib, burmalar hosil qilish hodisasidir. Burmalanish natijasida burmali tog’lar va ular orasida tektonik botiqlar paydo bo’ladi. O’rta Osiyo Yer yuzasining hozirgi holati uzoq davom etgan geologic davrlardadengiz va quruqlik sharoitida turli xil burmalanish bosqichlari davomida ro’y bergan tektonik harakatlar ta’sirida ro’y bergan.

Arhey va Proterozoy eralarida hudud Tetis dengizi ostida bo’lgan va cho’kindi jinslar to’plana boshlangan.

Paleozoy erasidan boshlab O’rta Osiyoni qoplab yotgan Tetis dengizi ichida ayrim orolchalar paydo bo’la boshlagan. Kaledon va Gersinda quruqlik maydoni kengayib, tog’lar yemirila boshlangan.

Mezozoyda burmalanish ancha kuchsiz bo’lgan.

Kaynozoy erasining Paleogen davrida dengiz qayta bostirib kelgan. Tog’lar yemirilib pasayib qolgan. Neogen davrining Alp burmalanishida O’rta Osiyodagi hozirgi ko’pgina tog’lar ko’tarilgan. Pomir, Kopetdog’, Paropamiz, Safedko’h, Hindiqush kabilar bunga misol bo’la oladi. Janubdagi ko’p yosh tog’lar ko’tarilib, O’rta Osiyo Hind okeanidan to’silib qolgan. Tog’larning hosil bo’lishi bu doimiy davom etib turadigan geologik hodisa bo’lgani uchun hozirgi kunda ham tog’ hosil bo’lish jarayonlari davom etmoqda. Buni hududda tez-tez bo’lib turadigan zilzilalardan bilish ham mumkin.

Zilzila-buYer po’sti va yuqori mantiya qatlamlarining to’satdan siljishi, yorilishi va sinishi natijasida hosil bo’ladigan yer osti turtkilari va Yer yuzasining tebranishi, silkinishi, titrashidir. effect

Zilzila xalq ho’jaligi va kishilik jamiyatiga katta salbiy ta’sir etadi. Vayronagarchiliklar va yo’qotishlarga sabab bo’ladi. Zilzila vaqtida qanday harakat qilish lozimligi keng aholi va o’quvchi yoshlarga doimiy tarzda uqtirib borilishi lozim. 1966 yilda Toshkentda dahshatli zilzila ro’y bergan.



tashkent1966

O’rta Osiyoda turli cho’kindi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar keng tarqalgan. Neft va gaz O’rta Osiyo va Kaspiybo’yida, ko’mir Qozog’istonda (Qarag’anda va Eskibastuz), mis va temir konlari Qozog’istonda (Jezqazg’an, Sokolov-Sarbay) O’zbekistonda (Olmaliq, Uchquduq, Muruntog’), marmarning eng yirik konlari G’ozg’on, Orkutsoy va Oqtoshda mavjud.

O’zbekiston hududining seysmik faol rayonlarga bo’linish kartasi.

ulomovmap2

Tezkor savol-javoblar:


  1. O’rta Osiyodagi qaysi tog’lar Kaynozoyda paydo bo’lgan?

  2. O’rta Osiyo qadimda qanday dengiz ostida bo’lgan?

  3. Zilzila o’chogi nima?

  4. Zilzila markazi nima?

  5. Zilzila paytida qanday yo’l tutish kerak?

  6. Qaysi joylarga berkingan ma’qul?

  7. Evakuatsiya haqida nima bilasiz?

  8. O’rta Osiyodagi asosiy foydali qazilmalarni sanab bering.

Mavzuni mustahkamlash va topshiriqni bajarish uchun tavsiyalar.

Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari:


  • Qisqa vaqtda savol-javobni amalga oshirish.

  • Barcha o‘quvchilarning mavzuni qanday darajada egallab olganligini nazorat qila olish.

  • O‘quvchilarda geografik ob’ekt to‘g‘risida tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi.

  • Nazorat usulining soddaligi va tezkorligi


Topshiriqni bajarish tartibi:


  1. Topshiriq doskada yoki slayd yordamida o‘quvchilarga birma-bir va ketma ket taqdim etiladi.

  2. O‘quvchi og’zaki shaklda javoblarini aytadi va nutqi rivojlanadi.


Uy vazifa uchun topshiriqlar

1. Yozuvsiz kartaga hududdagi asosiy relyef shakllarini tushuring



2. Yozuvsiz kartaga hududdagi asosiy foydali qazilma konlarini tushuring


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin