Qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Yer yuzasi va geologik tuzulishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/10
tarix22.10.2017
ölçüsü0,66 Mb.
#11245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2. Yer yuzasi va geologik tuzulishi

3. Foydali qazilmalari


4. Joy nomlari, tog‘ tizmalari nomlarini toponimikasini bilish (Nurota, Zarafshon, Chuponota, Qo‘ytosh va boshqalar)

Zarafshon tabiiy o‘lkasi O‘zbekiston Respublikasining markazida joylashgan bo‘lib Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi qismini o‘z ichiga oladi. Sharqdan Tojikiston Respublikasi hududi biolan chegaradosh, shimoldan Turkiston tizmasining g‘arbiy qismi hisoblangan Chumqar tog‘, G‘o‘bdin, Nurota, Oqtog‘ va Qoratog‘ bilan, janubdan Chaqalikalon, Qoratepa, Zirabuloq – Ziyovuddin tog‘lari bilan, janub va janubi - g‘arbdan Sandiqli qumli cho‘li bilan, shimoli- g‘arbdan esa Qizilqum bilan o‘ralgan.

Zarafshon vodiysi yer usti tuzilishiga ko‘ra Samarqand botigidan, tog‘ va qirlardan iborat. G‘arbiy qismi keng va atrofi qumli cho‘llar bilan o‘ralgan tekisliklardan, xususan Buxoro va Qorako‘l vohalaridan iborat.

O‘lka yer yuzasi jihatdan uch qismga bo‘linadi. Zarafshon vodiysiga, Turkiston – Nurota – Oqtog‘ va Zirabuloq – Ziyovuddin tog‘lariga bo‘linadi.

Samarqand vohasi shu nom bilan ataluvchi botig‘da joylashgan. Botiqning eng keng joyi 70-80 km,uzunligi 220 km.

Vodiy g‘arbdan kengayib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Shimol tomondan Qizilqum o‘rab olib, vohaning janubi – sharqida joylashgan Qorako‘l platosi uni Qorako‘l vohasidan ajratib turadi. Bu yerda voha torayib, Qorako‘l yo‘lagini hosil qiladi.

Zarafshon vodiysi tektonik botiqda joylashgan bo‘lib, usti asosan yosh paleogen va neogen cho‘kindi yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlar ustini Zarafshon va uning irmoqlari olib kelgan yotqiziqlar qoplab olgan. Shu sababli lyoss, qum, shag‘l, konglomeratlar ko‘p tarqalgan. Vodiy neogen davrigacha dengiz sathida bo‘lgan. Neogen davridagi tektonik harakatlar ta’sirida esa quruqlikka aylangan.

Vodiyning shimol tomonidagi tog‘lardan eng balandi Oqtog‘ bo‘lib, balandligi 2005 m ga yetadi. Bu tog‘ning shimolida esa Nurota –Qo‘ytosh botig‘i joylashgan. Uning o‘rtacha balandligi 1500 m. Eng baland Hayotboshi (Zargar) cho‘qqisi 2165m. Nurota tizmasi sharqda Sangzor daryo vodiysi ( Ilono‘ti darasi) orqali Morguzar tog‘idan ajratib turadi. Zarafshon tabiiy geografik o‘lkasida qazilma boyliklar ko‘p va xilma – xil. Nurota tizmasidagi nodir va noyob metallar, volfiram konlari, Muruntov oltin koni, G‘o‘bdin tog‘idagi Marjonbuloq oltin koni, Oqtog‘ va Omonqo‘tondagi marmar konlari, binokorlik materiallari mavjud. Dunyoga mashhur G‘ozg‘on marmar koni ham shu o‘lkada joylashgan.

Buxoro va Qorako‘l vohalari atrofida Jarqoq, Gazli, Qorovulbozor gaz konlari joylashgan. O‘lka Yer osti suvlariga ham juda boy hisoblanadi.

6.Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. (7 daqiqa).

I-guruh. “Zarafshon”

1s.Samarqand vodiysi qaysi botiqda joylashgan ?

Javob: Shu nom bilan ataluvchi botiqda joylashgan.



2s. Zarafshon vodiysida lyoss, qum, shag‘l, konglomeratlar ko‘p tarqalishiga sabab nima?

Javob: Ustki qismi cho‘kindi yotqiziqlardan iborat. Bu yotqiziqlar ustini Zarafshon va uning irmoqlari olib kelgan yotqiziqlar qoplab olgan.



II-guruh. “Marjonbuloq”

1s. Vodiyning eng issiq, eng sovuq, eng yog‘in ko‘p tushadigan joylarini ayting.

Javob: Eng issiq joy g’arbida, eng sovuq joy baland tog‘larda, eng yog‘in ko‘p tushadigan joy Omonqo‘ton qishlog‘ida ( 880 mm ) gacha.



2s.Zarafshon vodiysi janubidagi tog‘larni bir- biridan ajratib turuvchi dovonning nomini ayting?

Javob: Taxtaqoracha dovoni.



III-guruh. “Muruntov”

1s.O‘lkaga qaysi fasilda yog‘in eng ko‘p tushadi ?

Javob: Bahor faslida.



2s.Miyonqala oroli qaysi daryolar oralig‘ida joylashgan ?

Javob: Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘ida.



7. Sardorlar bellashuvi: (9 daqiqa).

Quyidagilar ichidan Zarafshon vodiysiga tegishlilariga “ha” yoki “yo‘q” deb javob bering


I guruh sardoriga


1.Zarafshon vodiysi viloyat hududining ma’lum bir qismini qamrab olgan ( ha)

2.Quyi Amudaryo tabiiy geografik rayoni bilan chegaradosh ( yoq)

3.Yer bag‘ridan dala shpati, oltin, marmar ko‘p qazib olinadi (ha)

4.Vodiyda Nurota –Qo‘ytosh botig‘i joylashgan. (ha)

II guruh sardoriga


1.Hududning asosiy qismi qumli cho‘l bilan qoplangan (ha)

2.Samarqand botig‘ining eng keng joyi 80 km, uzunligi 220 km. (ha)

3.Vodiy sharqdan-g‘arbga tomon pasayib boradi. ( ha)

4. Hududidan Sangzor daryosi oqib o‘tadi. (yoq)

II guruh sardoriga


1.O‘lkadan Ugom, Piskom, Sangzor daryolari oqib o‘tadi. (yoq)

2.Surxandaryo tabiiy o‘lkasi, Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh. (yoq)

3.Qashqadaryo, Mirzacho‘l, Qizilqum tabiiy geografik o‘lkalari, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari bilan chegaradosh. (ha)

4. O‘lkada Jom va Qarnoq botiqlari mavjud (yo‘q)



7. Mavzuni mustahkamlash (3 daqiqa).

O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning taqdimotiga yakun yasaydi va o‘quvchilar tomonidan bergan javoblardagi kamchiliklarni to‘ldirilib, guruhlarning to‘g‘ri javoibi uchun rag‘bat bayroqchasi beriladi.

8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa)

Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan globus (maketchalari) sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng intizomli guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.



9.Uyga vazifa: (2 daqiqa)

1.Yozuvsiz xaritaga Zarafshon o‘lkasidagi tog‘ tizmalari va foydali qazilma konlarini tushurish.

2.Quyida foydali qazilma kon nomlari yozilgan. Ularning to‘g‘risiga nima qazib olinishini yozing:

Marjonbuloq -

Oqtog‘ -

Omonqo‘ton -

G‘ozg‘on -

Ingichka -

3.Joy nomlari, tog‘ tizmalari nomlarini toponimikasini bilib (Nurota, Zarafshon, Chuponota, Qo‘ytosh va boshqalar) kelish.

MAVZU: JAHON MAMLAKATLARINING DAVLAT TUZUMI VA BOSHQARUVI

9-sinf

Darsning maqsadi va vazifalari:

Jahon siyosiy xaritasidagi mamlakatlarning geografiyasi, iqtisodiy rivojlangan davlatlar ularning guruhlarga ajratilishi haqidagi geografik bilimlarni shakllantirishda davom etish va o‘quvchilarni jahon mamlakatlarining davlat tizimi, idora qilish shakillari respublika, monarxiya, mutllaq, konstitutsion va federal monarxiya mavjud mamlakatlar ularni bir – biridan ajratib turuvchi belgilari, yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish; siyosiy xaritadan har bir guruh davlatlarini nomlarini aytib, ko‘rsata olishni; kartografik bilim manbalari bilan ishlsh ko‘nikmalarini shaklantirishni davom ettirish; jahon mamlakatlari haqida qiziqarli ma`lumotlar berish va tanishtirish.



Darsda ko‘rgazma materiallar:

Dunyoning siyosiy xaritasi, O‘zbekistonning tabiiy, siyosiy xaritasi, 9-sinf o‘quv atlasi, siyosiy globus, yozuvsiz xarita, jadval, sxema, diafilm, qiziqarli kitoblar, test topshiriqlari va taqatma savollar.



Texnik vositalar:

Kompyuter, videoikkilik, slaydlar.



Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars metodlari: “Aqliy hujum”, “Suhbat”, “Munozara”, “Tushunchalar nahlili”

Darsning borishi:

а) uyga berilgan vazifani baholash

b) tashkiliy qism

c) sardorlar saylash (guruh nomi)

d) tarqatma savollar tarqatish

Yangi mavzu bayoni:

a) doskaga mavzuni yozib, darsning maqsadini bayon etish:

b) yangi mavzuni qisqacha bayon qilish

c) yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini chuqurlashtirish maqsadida guruhlar bilan quyidagi tartibda olib boriladi.

d) guruhlar tanishtiruvi (bajarilishi shart bo‘lgan ishlar bayon etiladi)

1.Tarqatma savollar orqali o‘quvchilar bilimini baholash.

I-guruh.

1. Savol: Hindiston,Braziliya va Meksika davlatlari iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra qanday mamlakatlar guruhiga kiradi?



Javob: “Tayanch mamlakatlar”

2. Savol: Podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi” iborasi qanday davlatlar uchun xos?



Javob: konstitutsiyaviy monarxiya davlatlari uchun xosdir.

II-guruh.

1.Savol: Norvegiya davlati boshqaruv shakliga ko‘ra qanday davlat?



Javob: Monarxiya tipidagi davlat

2.Savol: Svazilend qaysi qit’aga tegishli davlat?



Javob: Afrika qit’asiga tegishli bo‘lgan davlat

Ikki guruhga

2. Berilgan mamlakatlar sonini qit’alar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, yozib ko‘rsating.

1) 57 ta ---

2) 50 ta ---

3) 51 ta ---

4) 45 ta ---

5) 26 ta ---

6) 1 ta ---

3. Yangi mavzu bayoni

Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va uni idora qilish shakliga ko‘ra ikki asosiy – respublika va monarxiya shakllari keng tarqalgan. Bizga ma’lumki respublika tuzumida qonun chiqaruvchi organ parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Prezidentlik respublikasini parlamentlik respublikasidan farq qilish lozim. Prezidentlik respublikasida prezident hukumat boshlig‘i lavozimidan tashqari juda katta vakolatlar bilan ta’minlangan bo‘ladi ( AQSh, Rossiya, Lotin Amerikasidagi qator davlatlar) Parlamentar respublikalarida prezident katta vakolatga ega bo‘lmaydi, bosh vazir hukumat boshlig‘i hisoblanadi (GFR, Italiya,. Avstriya,Hindiston).

Hozirda jahonda 30 ta monarxiya shaklidagi davlatlar mavjud. (1-jadval) Bulardan Osiyoda -13 ta, Yevropada - 12 ta, Afrikada – 3 ta, Okeaniyada 1 –ta, Amerikada – 1ta

Monarxiyaning ko‘pchiligi konstitutsiyalik monarxiyadir, ularda qonun chiqaruvchi organ parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi

(Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya,Ispaniya, Yaponiya).

Mutloq monarxiya shaklidagi davlatlar qatoriga - Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Qatar, Bruney kiradi.

Savol: Ushbu davlatlarda hokimiyatni kimlar boshqaradi?

Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ma’muriy – hududiy tuzilmaga (MHT) murakkablik va ko‘p pog‘onalik xosdir.

Savol: O‘zbekistonda MHT ning qanday bo‘laklari tarkib topgan?

Jahonda MHT ning ikki asosiy – unitar va federativ shakllari keng tarqalgan.

Unitar davlat – lotincha “unitas” so‘zidan olingan bo‘lib, birlik, yagona degan ma’noni anglatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma’muriy-hududiy tuzum shakliga ega bo‘lgan mamlakatdir.

Federativ davalt lotincha “foederatio” so‘zidan olingan bo‘lib, ittifoq, birlashma, yagona degan ma’noni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir navbatda o‘zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud ma’muriy-hududiy shakliga ega bo‘lgan mamlakatdir.



Quyida dunyoning monarxiya va fеdеrativ ma’muriy-hududiy tuzilishidagi mamlakatlari jadvalda berildi.

Dunyoning monarxiya boshqaruvi davlatlari

Yevropa

Osiyo

Afrika

Okeaniya

Andorra – knyazligi

Bahrayn – Amirlik

Lisoto – qirollik

Tongo – qirollik

Bеlgiya- qirolligi

Brunеy – sultonlik

Marokash – qirollik




Vatikan – papa

Butan – qirollik

Svazilеnd – qirollik




Buyuk Britaniya - qirollik

Iordaniya – qirollik








Daniya - qirollik

Qatar – Amirlik







Ispaniya – qirollik

Quvayt – Amirlik







Litxеnshtеyn - kinyazlik

Malayziya – sultonlik







Lyuksеmburg – buyuk gеrsoglik

Nеpal – qirollik







Monako – knyazlik

BAA – Amirlik







Nidеrlandiya – qirollik

Ummon – sultonlik







Norvеgiya – qirollik

Saudiya.Arabistoni – podshohlik







Shvеtsiya - qirollik

Tailand – qirollik










Yaponiya –impеratorlik










Konbodja - qirollik







Dunyoning fеdеrativ ma’muriy-hududiy tuzilishidagi mamlakatlari

Yevropa

Osiyo

Afrika

Amerika

Avstraliya- Okeaniya

Rossiya Fеdеratsiyasi

Hindisto

Fеdеrativ Rеspublikasi



Komor orollari

Fеdеral Islom



Rеspublikasi

Braziliya Fеdеrativ Rеspublikasi

Avstraliya Ittifoqi


Avstriya Rеspublikasi

Malayziya Fеdеrativ Rеspublikasi

Nigеriya Fеdеral Rеspublikas

Vеnеsuela Rеspublikasi


Mikronеziya Fеdеrativ shtatlari

Shvеtsariya konfеdеratsiyasi

Myanma Ittifoqi

Janubiy Afrika Rеspublikasi

Kanada




Gеrmaniya Fеdеrativ Rеspublikasi

Birlashgan Arab Amirliklari




Mеksika Qo‘shma shtatlari







Pokiston islom Rеspublikasi




Amеrika Qo‘shma shtatlari













Argеntina




4.O‘tilgan mavzu “TUSHUNCHALAR TAHLILI” interfaol metodi orqali mustahkamlanadi.

TUSHUNCHA

MAZMUN

Respublika




Monarxiya




Ko’p pog’onalik




Myanma




Parlamentar respublika




Sultonlik.




Iqtisodiy islohotlar




5.Sardorlar bellashuvi:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin