Tabiiy resurs deb, inson hayoti va faoliyati davomida bevosita foydala- niladigan barcha turdagi tabiat ne’matlariga aytiladi.
Yer shari juda ko‘p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo‘linadi. Ular yer, suv, mineral, biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Ular yer yuzasi bo‘ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta’minlangan, ularning turlari va miqdoriy ko‘rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o‘z navbatida, resurslar bilan ta’minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi.
Tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik deganda, tabiiy resurslaming umumiy ko‘lami ko‘rsatkichlari bilan ulardan foydalanish miqdori o‘rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Ko‘pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo, turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Shu sababli sanoat xom- ashyolari bilan ta’minlanish muammosi ko‘pchilik mamlakatlar oldida dolzarb bo‘lib turadi.
Tabiiy resurslaming ba’zi birlari, o‘z navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xusu- siyatlariga ko‘ra tugaydigan va tugamaydigan gumhlarga bo‘linadi. Tuproq,mineral, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslar- ga kiradi. Ular, o‘z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Tiklanishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurslarga tuproq, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk - iste’mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yeming ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo‘ylab notekis joylashgan. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarimshaming o‘rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o‘rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslaming deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklaming bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.
Mustahkamlash
Mustahkamlash jarayonida “5-si ortiqcha” metodidan foydalaniladi. Bunda har bir partaga 1 tada savol 5 ta javob variant bilan taqdim etiladi. Variantlar orasidan 1 tasi xato bo’ladi, o’quvchi ana shu noto’g’ri variantni topishi kerak bo’ladi. O’ylash uchun 1 daqiqa beriladi. Olingan javoblarga qarab o’quvchilar bilimi baxolanadi. (Ilova - 2)
Baholash
Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar baxolanadi va baxolar e’lon qilinadi.