21
Arxeopterislarda o‟zak va ikkilamchi ksilemaning bo‟lishi ularni ochiq
urug`lilarga yaqinlashtiradi. Lekin urug`li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy
etmagan, umuman bularda yog`ochlik o‟rniga floema yaxshi rivojlangan. Demak ochiq
urug`lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o‟simliklardan kelib
chiqqan bo‟lishi mumkin.
Ochiq urug`li o‟simliklarda xarakterli belgilardan biri urug`ning hosil bo‟lishidir.
Urug` urug`kurtakdan hosil bo‟ladi. Urug`kurtak esa shakli o‟zgargan
megosporangiydir. Ular megosporofilda ochiq holda o‟rnashgan. Magnoliyatoifa
o‟simliklarda esa urug`kurtak urug`chi tugunchasining ichida joylashgan.
Evolyustiya jarayonida megosporangiya urug`kurtakka, mikrosporangiya esa
changdonga aylangan. Mikrosporangiyalar esa changga aylangan.
Qarag`aytoifa o‟simliklar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta va ayrim lianalardan
iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o‟simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy
etgan.
Qarag`aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo‟lishidir.
Qubbalar o‟q poya, qoplagich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar
qo‟ltig`ida urug`kurtak yoki changdonlar joylashgan, shunga ko‟ra ular changchi
(erkaklik) va urug`chi (urg`ochi) qubbalarga ajraladi.
Hozirgi klassifikastiyalar bo‟yicha qarag`aytoifalar quyidagi 6 ta sinfga (ajdodga)
bo‟linadi:
Dostları ilə paylaş: