Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Qirqquloqsimonlilar

 
CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI 

Bu tartibga o‘rmon qirqqulog‘i kiradi. 
O‘rmon qirqqulog‘i salqin o‘rmonlarda,butalar orasida nam yerda O‘rta 
Osiyoning tog‘lik rayonlarida uchraydi. O‘rmon qirqqulog‘i ko‘p yillik o‘t o‘simlik. 
Ildizpoyasi yo‘g‘on qoramtir bo‘lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning 
uchida bo‘yi 1m gacha yetadigan ko‘p patsimon yashil rangli barg o‘sib chiqadi. 
Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi. 
Bargning ostki qismi qoladi. Bu qolgan barglar xisobiga ildiz poya tobora 
yo‘g‘onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda 
g‘uddalar - soruslar paydo bo‘la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo‘ladi. Soruslar 
barg o‘rtasida tomirlar bo‘ylab, ikki qator joylashgan. 
Soruslar-sporangiyaning yig‘indisidir. Chunki sorusning ichida bir qancha 
tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo‘ladi. Sporangiyalarning o‘sib chiqqan joyini 
planset deb ataladi. Sporangiyalari ko‘p xujayrali bo‘lib, ularning tashqi tomonidagi 
bir qator xujayrasini tapetum deyiladi. Ichki tomonidagi xujayralarini 
arxespora deyiladi. Bu xujayralar reduksion tipda bo‘linishi natijasida har bir 
xujayradan 4 tadan spora-tetraspora xosil bo‘ladi. Sporalarning 
rangi qo‘ng‘ir bo‘ladi. Sporalarning xujayra po‘sti 2 qavat bo‘lib spora yetilgandan 
so‘ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o‘simlikda millionllab spora xosil bo‘lishi 
mumkin. Nam yerga tushgan spora una boshlaydi. Natijada diametri 0,5-1 sm bo‘lgan 
yashil rangli yuraksimon o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simta rizoidlar yordamida yerga 



yopishgan bo‘ladi. O‘simtada xlorofil donachalari bo‘lgani sa-babli fotosintez protsessi 
ham bo‘lib turadi. O‘simta 1 uyli 2 jinsli. Shu o‘simtada Antersiya ham, Arxegoniya 
ham taraqqiy etadi. Demak bu o‘simta 1 uyli 2 jinsli ekan. O‘simta o‘rmon 
qirqqulog‘ining jinsli nasli gametofit xisoblanadi. Spora xosil qilgan o‘simlikning 
o‘zi jinssiz nasl-sporafit xisoblanadi. 
O‘simta qisqa umrli efemerdir. U faqat 1-2 xafta yashay oladi. Jinsiy 
ko‘payish yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar 
suvda suzib yuradi. Bu spermatozoidlarni o‘ziga jalb qilgani uchun Arxegoniya 
"olma kislotasini" ishlab chiqadi. Spermatozoidlar Arxegoniyaning bo‘yniga kelib 
yopishadi,natijada Arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan, so‘ng embrion 
xosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. 


SUV QIRQQULOQLAR TARTIBI 

Har xil sporali qirqquloqlarga"suv qirqqulog‘ini ola-miz. Suv betida suzib 
yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil 
bo‘ladi. 
a) Suvning betidagi bargi 
b) Suvning ostidagi bargi 
Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo‘ladi. Bu bargda 
fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ildiz 
vazifasini bajaradi. Qo‘ng‘ir rangli barglarda soruslar joylashgan. 
Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar 2 xil bo‘ladi. 
Mikrosporangiyalar va Mak-rosporangiyalar. 
Mikrosporangiyalarda mikrosporlar, Makrosporangiyalarda makrosporalar 
yetiladi. Soruslar kuzda uzilib, suv tagiga cho‘kib ketadi. Suv tagida qishlaydi. 
Bahorda makro va mikrsporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuzasiga 
ko‘tariladi. Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan xolda otalik o‘simtasini hosil 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin