Qirqquloqsimonlilar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Qirqquloqsimonlilar

qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab 



chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga 
keltiradi. Onalik o‘simtasida bir - nechta Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar 
suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum xujayrani otalantiradi. 
Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. 

QIRQBO‘FIMLAR 

Bu sinf 1 ta oila, 25 turdan iborat. Qirqbo‘g‘imlar ko‘p yillik o‘t 
o‘simlik hisoblanadi. Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida 
tarqalgan. Shulardan 11 turi MDXning har xil joylarida, 3 turi UzRda uchraydi. 
Janubiy Amerikaning tropik qismida uchraydigan qirqbo‘g‘imning poyasining 
yo‘g‘onligi 2 sm, uzunligi esa 12 m ga yetadi.U butalarga osilib o‘sadi. Bu sinfga 
MDXning hamma yerlarida uchraydigan "Dala qirqqbo‘g‘imini"vakil qilib olamiz. 
Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib uning ildizpoyasi yerga chuqur 
o‘rnashgan. Ildizpoyadan, kattaligi danakdek keladigan tuganagi bor. 
Bu tuganakda zapas oziq moddalar to‘planadi. Ildiz poyadan yer betiga poyalar 
o‘sib chiqadi. Bu poyalarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Qirqbo‘g‘imning 
poyasi 2 xil bo‘ladi. 
1. Vegetativ yoki assimilyatsion poya -yozgi: 
2. Spora beruvchi poya-bahorgi 
Vegetativ poya yashil rangda bo‘lib, kech bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib 
qoladi. Bu poyani "yozgi poya" deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang-
pushti bo‘lib, erta ko‘klamda o‘sib chiqadi. Sporalari yetilib to‘kilgandan so‘ng qurib 
qoladi. Poyasida bir qancha bo‘g‘im oraliqlari bo‘lgani uchun bu o‘simlikni xalq 
orasida qirqbo‘g‘im deyiladi. Poyasidagi epidermis xujayralari bilan sug‘orilgan. 
Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo‘lib, poyaga tagi bilan doira 
shaklida o‘rnashgan. Poyasi ko‘ndalang kesmida tashqi tomonidan epidermis bilan 
qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So‘ngra mexanik to‘qima po‘stloq 
xujayralari, peretsikl bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari uchraydi. 
O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiya 



bo‘lmaydi. Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ, jinssiz va jinsli yo‘l bilan ko‘payadi. 
Vegetativ ko‘payishi ildizpoya yoki tuganaklari yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish 
sporalar yordamida, jinsli ko‘payish o‘simtada, ya’ni gametofitda tarqqiy etgan 
jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga 
joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi 
barglardan tashkil topgan.Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tacha 
sporangiyalar doira shaklida joylashgan . Sporangiyalarning 
shakli ko‘zachaga o‘xshash bo‘ladi. Sporangiyalar ichida ko‘p miqdorda sporalar 
taraqqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir-yashil xujayralardan iborat bo‘lib, 2 qavat 
po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘sti "ekzina" ichki po‘sti "intina" deb ataladi. Sporaning 
4 ta speralsimon ellaterasi bo‘ladi. Ellatera havo nam bo‘lgan vaqtda ellateralar 
to‘g‘rilanib, yozilib ketadi. Bu ellateralar sporalarning bir biriga ilashib 
tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsa ham, 
fiziologik jihatdan har xil bo‘ladi. Bir xil sporadan otalik o‘simta o‘sib chiqsa, 2 xil 
sporadan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtalarning otalik yoki onalik bo‘lishiga 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin