33
Sarv (Kiparis) - (Cupressus) - 15-20 ta turga ega. Ular O‟rta
er dengizi atrofida
Ximolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O‟zbekistonda ham
manzarali o‟simlik sifatida o‟stirilmoqda. Bularning piramidasimon sarvi (
S.
sempervirens) degan turi ayniqsa ko‟p tarqalgan. Bu tur Eron va Suriyadan kelib
chiqqan va qadimdan buyon Qrimda hamda Kavkazning Qora dengiz qirg`oqlarida
manzarali o‟simlik sifatida o‟stirib kelinmoqda. O‟zbekistonda piramidasimon sarvi
Samarqandda uchraydi.
Tuya (Thuja) turkumi qalin shox – shabbali, bir uyli daraxt va butalardan iborat
bo‟lib, 6 turga ega. Shulardan g`arb tuyasi (
Thuja occidentalis)
asosan Xitoyda
tarqalgan. Manbalarda ko‟rsatilishicha Sharq tuyasi-sarv O‟rta Osiyoda muqaddas
daraxt sifatida o‟stirilgan. Barglari tangachasimon, novdalari esa bir oz yalpoq bo‟ladi.
Archa (
Juniperus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi
(J. zeravschanica), yarim sharsimon (J. semiglobosa) va Turkiston archasi (J.
turcestanica) O‟zbekistonning tog`li xududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin
archasi (J. virginia) manzarali o‟simlik sifatida respublikamiz shaharlarida
o‟stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o‟simlikdir.
Ularda
erkaklik(changchi)
qubbalari
kichik
bo‟lib,
mikrosporafillarida
2-6
ta
mikrosporangiyalar hosil bo‟ladi. Ularning erkaklik qubbalari 1 yil daraxtda qishlab,
ikkinchi yilning bahorida pishib etiladi.
Bu turkumga bir yoki ikki uyli, doim yashil daraxt va butalardan iborat
o‟simliklar kiradi. Bargi tangachasimon yoki ninasimon tikan shaklida bo‟lib, qarama –
qarshi yoki doira bo‟ylab joylashgan. G`uddalari rezavor mevaga o‟xshaydi yoki bir oz
cho‟ziq, yopiq bo‟ladi. Ichida 1 -10 ta urug`i bo‟lib, ikkinchi yilda etiladi. Archaning
xillari juda ko‟p bo‟lib, ular 60 dan ortiq turga bo‟linadi. Ular Shimoliy yarim sharda
keng tarqalgan.Sobiq soyuzning o‟rmonlar zonasida
archaning yovvoyi xolda
o‟sadigan 20 ga yaqin turi ma‟lum (Uzoq Sharq bundan mustasno). Bular orasida eng
ko‟p tarqalgan oddiy archa (
Juniperus communis) bo‟lib, u katta buta, ba‟zan bo‟yi 18
sm, diametri 30 sm chamasidagi daraxtdir. O‟rta Osiyo tog`laridagi archazor o‟rmonlar
tog` yon bag`rlarini suv yuvib ketishidan va tog` daryolarini yozda qo‟rib qolishidan
saqlashda juda katta rol uynaydi. Hozirgi archa o‟rmonlari va daraxtlari, ayrim siyrak
34
archazorlar qadimgi katta – yaxlit o‟rmonlar qoldig`idir. Bu o‟rmonlar inson faoliyati
natijasida shu holga tushib qolgan.
Urg`ochi (urug`chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo‟ltig`ida
kuzda hosil
bo‟ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug`lanishdan keyin
yumshoq etli urg`ochi qubbalarda urug` hosil bo‟ladi. Urug`i ko‟pincha ikkinchi yili
etiladi.
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ular o‟zida fitonstid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir
moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo,
manzarali
o‟simliklar sifatida ham katta rol o‟ynaydi.
Eng chiroyli va kelgusida respublikamizni ko‟kalamzorlashtirish soxasida katta
istiqbolga ega bulgan
Virginiya archasi (
Juniperus virginiana)dir. U bir uyli o‟simlik
bo‟lib, ba‟zan ikki uylilari ham uchraydi. Bo‟yi 15-30 m keladi. Ba‟zi joylarda erga
yaqin joylarda shoxlaydi. Sobiq soyuzda bu archa Qrimda va Kavkazning janubiy
qirg`oqlarida o‟stiriladi. U O‟zbekiston Fanlar Akademiyasining botanika bog`ida ham
yaxshi o‟smoqda. Virginiya archasi va uning ayrim turlari juda chiroylidir. Bu archa er
tanlamaydigan daraxtlardan hisoblanadi. Uning yog`ochi engil va yumshoq bo‟lib,
asosan qalam, mebel, va boshqa durudgorlik buyumlari yasashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: