29
Sinfcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon.
Eng yirik
ignasimon barg Shimoliy Amerikada o‟suvchi botqoq qarag`ayi (pinus palustris) niki
bo‟lib, uning uzunligi 45 sm ga etadi.
Aksincha ko‟pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo‟lib, shoxlar
bilan qo‟shilib o‟sgan. Qarag`aykabilar asosan urug`lari orqali ko‟payadi. Qubbalari
ayrim jinsli. Ayrim vakillari qubbalar to‟p bo‟lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har
bitta daraxtda ko‟p sondagi mikrosporalar hosil bo‟ladi.
Sinfcha vakillarining urg`ochi (urug`chi) qubbasi ham xilma-xil. Tisslarda qubba
taraqqiy etmagan.
Qarag`aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o‟simliklar bo‟lganligi
sababli erkaklik (changchi) urg`ochi (urug`chi) urug` kurtakning chang yo‟li
orqali
chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan so‟ng ma‟lum vaqt o‟tgandan keyin
urug`lanish jarayoni boshlanadi.
Urug`lanish jarayonidan so‟ng urug` kurtakdan urug` hosil bo‟ladi.
Qarag`aykabilarning urug`i 3 tadan to 18 tagacha urug` pallaga ega.
Sinfchadagi eng yirik va bizning sharoitda turlari ko‟plab ekiladigan
qarag`aynamolar qabilasiga qisqacha to‟xtalib o‟tamiz.
Dostları ilə paylaş: