Qirqquloqsimonlilar


II Bob  QARAG`AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix13.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Qirqquloqsimonlilar

II Bob 
QARAG`AY TOIFA O’SIMLIKLARGA UMUMIY TAVSIF. 


15 
 
Qarag`aytoifalar (Pinophita) bo‟limi vakillarida o‟simliklar olamining boshqa 
bo‟limi turlaridan farqli ravishda urug` hosil qilgan. Ma‟lumki barcha urug`li 
o‟simliklarning ya‟ni yopiq va ochiq urug`lilar har xil sporali o‟simliklar hisoblanadi. 
Demak ularda spora ikki xil: erkaklik sporalari – mikrosporalar va urg`ochilik sporalari 
– makrosporalar bo‟ladi. Bunda mikrosporalar erkaklik gametofiti, makrosporalar 
urg`ochilik gametofiti boshlang`ichini beradi. Shu holatga ko‟ra urug`li o‟simliklar 
urug`siz turli sporali o‟simliklardan (selaginella, polushnik, marsiliya yoki salviniya) 
farq qilmaydi. Shunday bo‟lsada ular orasida muxim farq bor. Urug`siz yuksak 
o‟simliklarning urug`lanish jarayonlari suvda amalga oshadi, urug`li o‟simliklarda esa 
jinsiy ko‟payishda suvning bo‟lishi shart emas. Shu tufayli urug`li o‟simliklar suvsiz 
sahrolarda yilning yomg`irsiz vaqtlarida ham jinsiy yo‟l bilan ko‟payaveradi.
Deyarli barcha urug`siz yuksak o‟simliklarda megasporalar megasporangiydan 
chiqib ketadi, urug`li o‟simliklarda esa megasporangiy ichida etilgan bitta makrospora, 
ichkarida qolib undan urg`ochi gametofitning rivojlanishi va urug`lanish jarayoni sodir 
bo‟ladi. Bu jixatdan qaraganda ba‟zi turli sporali yuksak o‟simliklarda shu yo‟nalishda 
dastlabki siljishlar kuzatiladi. Selaginellaning ba‟zi turlarida megasporalar 
megasporangiy ichida qoladi va urug`lanishdan keyin murtakning muayan o‟sishiga 
hatto yosh o‟simlikkacha rivojlanadi. Yuksak o‟simliklarga o‟xshash tomonlari ko‟p 
bo‟lgan turlar qirilib ketgan ba‟zi plaunsimonlarda miadesma (Miadesmia) va 
lepidokarpan (Lepidocarpon) turkumlarida kuzatiladi. Ularda megasporangiya 
sporafloidlar deb nomlanuvchi yon o‟simtalari qayrilib o‟sib qolishidan hosil bo‟ladi. 
Bu holat urug`ga eng yaqin tuzilma bo‟lsada u hozirgi urug`ga gomologik emas, balki 
analog bo‟ladi. Chunki ochiq urug`lilarda urug` miadesmiya va lepidokarpondan ancha 
oldinroq paydo bo‟lgan. Urug`li o‟simliklarda megasporangiy urug`li plaunsimonlardan 
farqli o‟laroq “integument” (lotincha – integumentum – qoplag`ich, qoplam degan 
ma‟noni anglatadi) deb nomlanuvchi maxsus qoplam bilan qoplangan. Ularning kelib 
chiqishi lepidokarpon yoki miadesmiya megasporangiylari qoplag`ichidan butunlay farq 
qiladi. Integument bilan qoplangan megasporangiy urug`kurtak deb nomlanadi. Bu 
haqiqatdan ham urug`ning boshlang`ichi bo‟lib undan urug`lanishdan keyin urug` 


16 
rivojlanadi. Ma‟lumki megasporaning rivojlanishi ya‟ni urg`ochi gametofitning 
rivojlanishi megasporangiyada (urug`kurtak ichida) sodir bo‟ladi. Urug`kurtak ichida 
urug`lanish sodir bo‟lib, murtak rivojlanadi. Bu hol urug`lanishni suvsiz sodir bo‟lishini 
ta‟minlaydi. 
Murtakning rivojlanish jarayonida urug`kurtak urug`ga aylanadi. Ko‟pchilik 
urug`li o‟simliklarda urug`murtakning unib chiqib tayyor urug` holiga kelishi ona 
organizmining o‟zida sodir bo‟ladi .Ammo sagovniklarda va ginkgo turkumi vakillarida 
urug`kurtak murtak hosil bo‟lgunga qadar hattoki urug`lanishga qadar ham erga 
to‟kilishi mumkin va shunday ekan ularda murtakning rivojlanishi qisman erda amalga 
oshadi. Bu holat qirilib ketgan ochiq urug`lilarda, urug`li qirquloqlar va kordaitlarda 
yanada ko‟proq namoyon bo‟lgan. 
Ginkgo va sagovniklarda shuningdek qirilib ketgan ba‟zi bir guruxlarda urug` 
evolyustiyasining boshlang`ich bosqichlari namoyon bo‟ladi. Shunday qilib murtak erta 
yoki kech shakllanadimi, u erda yoki ona organizmida paydo bo‟ladimi, har ikkala 
holda ham urug`kurtak urug`ga aylanadi. Sagovniklar va ginkgo urug`larida primitiv 
urug`larga xos xarakterli xususiyat mavjud bo‟lib, ularda tinim davri bo‟lmaydi. Urug`li 
o‟simliklarning ko‟pchiligida urug`larida tinim davri bo‟ladi. Agar urug` tinim davrini 
o‟tamasa urug` unib chiqmaydi.bundan tashqari tinim davri muhim biologik ahamiyatga 
ega bo‟lib, u urug`ni uzoqroq masofalarga tarqalishiga hamda, yilning noqulay 
sharoitlaridan saqlanishiga imkon beradi.
Ichki 
urug`lanish 
murtakning 
urug`kurtak 
ichida 
rivojlanishi 
urug`li 
o‟simliklarning qirqquloqlar va boshqa urug`li yuksak o‟simliklarga nisbatan er yuzida 
keng tarqalishiga, yuqori darajada moslasha olishiga imkon beradi. Spora bilan 
ko‟payishda juda ko‟p (odatda millionlab) avlod paydo bo‟ladi. Urug` bilan ko‟payishda 
esa bundan bir necha marta kam avlod paydo bo‟ladi. Shunga ko‟ra urug` sporaga 
nisbatan o‟simliklarning ishonchli tarqalish hosilasidir. Urug` yaxshi tarkibiy tuzilmali 
bo‟lib, unda murtak – kichkina ildizcha, kurtakcha, va urug`palladan iborat. urug` 
po‟stiga biriki b turgan ildizcha po‟stloqdan ajralgach tashqariga chiqadi va yangi 
o‟simlik ildiz tarzida rivojlanadi. Murtak urug`da biroz rivojlanadi va urug` po‟stini 
yorib chiqadi. Lekin buning uchun unga ba‟zi dastlabki oziq moddalar va fermentlar 


17 
kerak. Urug`ning o‟zida zaxira oziq moddalar va murtakning kichkina biokimyoviy 
laboratoriyasi tayyor bo‟ladi. Bu holatlar hayvonot dunyosidagi avlodga g`amxo‟rlik 
instinktiga o‟xshab ketadi.
Bugungi kunda fanga ma‟lum bo‟lgan barcha ochiq urug`li o‟simliklar (qirilib 
ketganlari ham) o‟zlarining qadimiy hayotiy shakliga ya‟ni, daraxt va butalardan 
iboratligi bilan ajralib turadi. ko‟pincha ular ninabargli daraxtlar singari yirik daraxt 
bo‟lib, ba‟zan esa ninabarglilarning ba‟zi turlari yoki efedra kabi uncha yirik bo‟lmagan 
buta bo‟lib o‟sadi. Ba‟zi bir ilashib o‟suvchi ninabarglilarni hisobga olmaganda deyarli 
barcha ochiq urug`lilar tik o‟suvchi o‟simliklar hisoblanadi. Lekin bular orasida gnetum 
turkumining ko‟pchilik turlari va ba‟zi efedralar liana bo‟lib o‟sadi. Ochiq 
urug`lilarning faqatgina ikki turi Chimborasoning stenneya (MDH da dekorativ 
o‟simlik) o‟rmonlarida o‟sadigan Gnetum trinerve – uch tomirli gnetum va Yangi 
Kaledoniyada o‟sadigan Parasitaxus ustus shular jumlasidandir. Ba‟zi ochiq urug`lilar 
nisbatan katta yoki kichik bo‟lib ko‟plab shox shabba hosil qiladi, qisman 
tangachasimon bargli, boshqalari esa kam shox shabba hosil qiladi yoki qilmaydi 
barglari esa nisbatan yirik ko‟plarida patsimon bo‟ladi. Ko‟p shox shabba hosil 
qiladigan ochiq urug`lilarga kordaitlar, ginkgolar va ninabarglilar kirsa, aksincha kam 
shox shabba hosil qiladigan turlarga urug`li qirqquloqlar, bennititsimonlar, sagovniklar
kabilar kiradi. Bu ikki guruxning barglari nafaqat o‟lchami va soni bilan balki anatomik 
va morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Ko‟p hollarda ochiq urug`lilar bargining 
tuzilishi turkum, oila yoki qabilani aniqlashda xarakterli belgi sanaladi.
Ochiq urug`li o‟simliklarning barg og`izchalari asosan 2 xili gaploxeyli (oddiy 
labchali) va sindetoxeyli (murakkab labchali) farqlanadi. Bulardan gaploxeyli tipi 
qadimiy va sodda tip hisoblanadi. U shunisi bilan xarakterlanadiki og`izchaning murtak 
hujayrasidan faqat oxirgi hujayra hosil bo‟ladi. Qo‟shimcha hujayra esa og`izchaning 
qo‟shni ona hujayra protodermasi hujayrasining bo‟linishidan hosil bo‟ladi. Gaploxeyli 
tip ko‟pchilik ochiq urug`lilarda kuzatiladi (shuningdek ginkgolarda ham gaploxeyli 
og`izchalar mavjud). Sindetoxeyli tip takomillashgan va evolyustion jihatdan yosh tip 
sanaladi. Unda o‟sha dastlabki (murtak) hujayradan ham oxirgi hujayra ham qo‟shimcha 


18 
hujayra hosil bo‟lishi bilan xarakterlanadi. Sindetoxeyli tip bennetitsimonlar va unga 
yaqin ba‟zi qirilib ketgan guruxlarga shuningdek hozirgi velvichiya turkumiga xos. 
Qarag`aytoifa o‟simliklarning yana bir qator o‟ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Ularning generativ kurtaklarida barcha sporali yuksak o‟simliklar singari arxegoniy 
rivojlanadi. Murtak va endospermli haqiqiy urug`ning bo‟lishi ko‟pchilik ochiq urug`li 
o‟simliklar uchun xos. Murtak borligi va uning yashirin joyda bo‟lishi bu 
o‟simliklarning erda yashashga moslanishdagi ko‟p xususiyatlaridan biridir. Ularning 
yog`ochligi faqat traxeyadan iborat bo‟lib, ularda yopiq urug`li o‟simliklar uchun xos 
bo‟lgan haqiqiy naychalar bo‟lmaydi. Ammo zog`oza, gnetum va velvichiya singari 
urug`i po‟stga o‟ralgan ochiq urug`lilar bundan mustasno. Qadimgi ochiq urug`lilar 
(urug`li paporotniklar va sagovniklar) ning tanasida o‟zak va po‟stloq kuchli, 
yog`ochlik zaif rivojlangan. Hozirgi ochiq urug`lilarda (masalan, ninabargli daraxtlarda) 
esa po‟stloq juda yupqa, o‟zak biroz rivojlangan bo‟lib, tanasi asosan yog`ochdan 
iborat.
Ochiq urug`li o‟simliklarning guli (qazilma bennettitlarni hisobga olmaganda) bir 
jinsli. Erkak gullari g`udda, boshoqcha yoki kuchala shaklida bo‟ladi. Urg`ochi gullari 
esa xilma – xil tuzilgan, ko‟pincha g`uddaga to‟plangan bo‟ladi. Ular bir yoki bir necha 
yoki juda ko‟p makrosporachi bargchalardan iborat bo‟lib, bitta yoki bir necha 
urug`kurtagi ochiq holda joylashadi. Ko‟pchiligining murtakli haqiqiy urug`i ham 
bo‟ladi. Faqat yo‟qolib ketgan urug`li paporotniklar va kordaitlarda juda sodda urug` 
bo‟lgan. Ochiq urug`li o‟simliklar devon davridan ma‟lum, mezozoy erasida avj olib 
rivojlangan, paleozoy erasida esa birmuncha kamaygan. Toshko‟mir davrining oxirida 
erda iqlim juda o‟zgarib ancha quruq va sovuq bo‟lgan. Bunday sharoit o‟simliklar 
dunyosida o‟zgarishlarni vujudga keltirgan. Qirqquloqsimonlarning ko‟pi qirilib ketgan. 
Ularning o‟rniga yangi sharoitga moslashgan ochiq urug`li o‟simliklar paydo bo‟lgan. 
Hozir ularning 600 ga yaqin turi ma‟lum.
Ochiq urug`li o‟simliklarning hammasi daraxt yoki butalar bo‟lib, o‟t o‟simliklari 
bo‟lmagan, ular butun er yuzida uchraydi.shimoliy yarim sharda ular ninabargli 
o‟rmonlarni hosil qilgan. 


19 
Sporali o‟simliklarning asta – sekin urug`li o‟simliklarga aylanishining 
evolyustion yo‟lini (urug`kurtak, urug` va mevachi barglarning kelib chiqishi, gul va 
to‟pgullarning rivojlanishi, poyaning anatomik rivojlanish tarixi kabilarni) 
aniqlashdaochiq urug`li o‟simliklarni o‟rganish katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin