Qarag`aysimonlar-Pinopsida sinfi (ajdod).
Sinf vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Er sharida 8
ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi. Sinf ikki sinfchaga: kordaitkabilar
va qarag`aykabilarga bo‟linadi. Kordaitkabilar sinfchasining vakillari karbon davridan
permning oxirigacha o‟sib, keyinchalik qirilib ketgan.
Ular bitta qabila (Kordaitnamolar - Cordaitales) va bittadan oiladan
(Kordaitdoshlar-Cordaitaceae) ga bo‟linadi. Kordaitlar yirik daraxtlar bo‟lib, ularning
balandligi 20 m dan to 30 m gacha etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi
taraqqiy etgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan bo‟lgan.
Barglari bir necha sm dan to 1 m gacha uzunlikda va 1-2 sm kenglikda bo‟lib, ular
qalami, nashtarsimon, ellipssimon, teskari tuxumsimon shakllarga ega bo‟lgan.
Barglarning oralig`ida joylashgan qubbalarining uzunligi 30 sm gacha etgan. Keyingi
ma‟lumotlar urug`larida murtak izlari borligi aniqlangan. Strobillari bir jinsli bo‟lgan.
Kordaitlarga urug`li qirqquloqlardan kelib chiqqan deb qaraladi.
Qarag`aykabilar (Pinidae) Sinfcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni
birlashtiradi. Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha etib kelmagan,
qolgan 5 tasi quyidagilardan iborat:
1. Araukariyanamolar (Araucariales) - qabilasi 2 ta turkum, 35 ta turdan iborat.
Ularga Janubiy yarim shardagi tropik hududlarda tarqalgan daraxtlar kiradi.
2.Qarag`aynamolar (Pinales) qabilasi.
3.Sarvnamolar (Cupressales) qabilasi
28
4.Tissanamolar (Taxales)-qabilasi doim yashil va butalardan tashkil topgan.
Qabila 2 ta oilaga mansub 20 ta turni o‟z ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy yarim
shardagi issiq hududlarda tarqalgan.