34
archazorlar qadimgi katta – yaxlit o‟rmonlar qoldig`idir. Bu o‟rmonlar inson faoliyati
natijasida shu holga tushib qolgan.
Urg`ochi (urug`chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo‟ltig`ida kuzda hosil
bo‟ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar etiladi. Urug`lanishdan keyin
yumshoq etli urg`ochi qubbalarda urug` hosil bo‟ladi. Urug`i ko‟pincha ikkinchi yili
etiladi.
Archalar tog`lik tumanlarda erroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Ular o‟zida fitonstid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir
moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, manzarali
o‟simliklar sifatida ham katta rol o‟ynaydi.
Eng chiroyli va kelgusida respublikamizni ko‟kalamzorlashtirish soxasida katta
istiqbolga ega bulgan
Virginiya archasi (
Juniperus virginiana)dir. U bir uyli o‟simlik
bo‟lib, ba‟zan ikki uylilari ham uchraydi. Bo‟yi 15-30 m keladi. Ba‟zi joylarda erga
yaqin joylarda shoxlaydi. Sobiq soyuzda bu archa Qrimda va Kavkazning janubiy
qirg`oqlarida o‟stiriladi. U O‟zbekiston Fanlar Akademiyasining botanika bog`ida ham
yaxshi o‟smoqda. Virginiya archasi va uning ayrim turlari juda chiroylidir. Bu archa er
tanlamaydigan daraxtlardan hisoblanadi. Uning yog`ochi engil va yumshoq bo‟lib,
asosan qalam, mebel, va boshqa durudgorlik buyumlari yasashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: