Quruqlikda yoki dengizlarda burg‘ilanadigan to‘pli quduq og‘izlari bitta maydonga guruhlanadi va ularning tublari esa maxsus tayyorlangan geologik to‘r nuqtasida joylashadi.
To‘pli burg‘ilashda qiya quduq og‘izlari bir-biridan 8 metr masofada joylashgan. Bu hollarda minora oyog‘ining ikki poydevori takroran foydalanadi.
To‘pli burg‘ilash qurish va yig‘ish ishlarining muddatini qisqartiradi, hamda yo‘l qurish, suv yuritmalari, elektrouzatish kabi ishlarning hajmini kamaytiradi. Bu burg‘ilash aloqa o‘rnatish va Yo‘l qurish uchun ko‘p mablag‘ sarflash talab qilinadigan tog‘li, o‘rmonli va botqoqli maydonlarda amalga oshiriladi. To‘pli burg‘ilashning birinchi qudug‘ini kovlash uchun standart joy aniqlanadi.
Birinchi quduqni kovlab bo‘lgandan keyin, nasosni o‘z joyida qoldirib, burg‘ilash minorasi yangi nuqtaga ko‘chirilib, ikkinchi quduq kovlanadi. Birinchi quduq ustiga ishlab chiqarish minorasi o‘rnatiladi. Keyin burg‘ilash qudug‘i ishlab chiqarishga topshiriladi. Bundan keyin burg‘ilash minorasi uchinchi nuqtaga ko‘chiriladi. Odatda, burg‘ilash minorasini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish masofasi 8 metrga teng bo‘ladi.
Undan tashqari yangi nuqtaga ko‘chish burg‘ilash minorasini qiyshaytirish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun bashnya turdagi minoraning oldingi ikki oyog‘ini 145 mm ko‘tariladi. To‘pli burg‘ilashning texnologik jarayoni vertikal yoki qiya burg‘ilashnikidan farq qilmaydi. Hozirgi vaqtda to‘pli burg‘ilashda xisoblash texnikasi keng qo‘llanilmoqda.
b) Ikki stvolli qiya quduqlarni burg‘ilash
Ikki stvolli quduqlarni burg‘ilash jarayoni bir brigada yordamida, bir burg‘ilash mexanizmi va bir komplekt burg‘ilash quvurlar birikmasi yordamida bir vaqtning o‘zida ikki qiya quduq burg‘ilashga mo‘ljallangan. Bunda quduq og‘zi bir-biridan 1,5 metr masofada, quduq tubi esa geologik turga mos joylashgan bo‘ladi.
O‘rta chuqurlikdagi ikki stvolli burg‘ilash qudug‘ini burg‘ilashda oddiy standartdagi burg‘ilash agregati qo‘llaniladi. Bu agregatning komplektlari qo‘shimcha ravishda tal sistemasining qiyshaytiruvchi moslamasi va ikkinchi rotor hamda zanjirli transmissiyalar bilan jihozlanadi.
Bu qo‘shimcha mexanizmlar quduqning ikkala stvollarida burg‘ilash ishlarini olib borishga imkon beradi. Tal sistemasining qiyshaytirgichi sifatida markazlashtirgichdan foydalaniladi. Bunday quduqlarni burg‘ilashda quyidagi ketma-ketlikga amal qilinadi. Burg‘ilash boshida tal sistemasi chig‘irga yaqin birinchi rotor ustiga o‘rnatiladi va birinchi quduq konduktori tagi kovlanadi. Birinchi quduq stvoli burg‘ilanib konduktor tushirilib sementlanib bo‘lgandan keyin tal sistemasi ikkinchi rotor ustiga o‘rnatiladi va ikkinchi quduq konduktori tagi stvoli kovlanadi.
Ikkinchi quduqni burg‘ilash, konduktorni tushirish va mahkamlash ishlari birinchi quduqdagi sement toshining qotish jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Odatda, quduq og‘zi bir-biridan 1,5 metrda joylashgan. Shuning uchun quduq og‘zining yuvilib va quduq stvollarining bir-biri bilan qo‘shilib ketmasligi uchun birinchi konduktor ikkinchisiga nisbatan 10-20 metr pastroqga tushiriladi. Keyin ikkala quduqlarning oraliq va ishlab chiqarish quvur birikmasi taglari navbatma-navbat burg‘ilanadi. Bunda, tushirish va ko‘tarish operatsiyalari oddiynikidan ancha farqlanadi.
Shunday qilib, ikki stvolli burg‘ilash usulidan foydalanish jarayoni – burg‘ilash brigadasining ish unumdorligini oshiradi, burg‘ilash asbob-uskunalaridan foydalanish sur’atini yaxshilaydi, kommertsiya tezligini oshiradi hamda 1 metr kovlashning tan-narhini pasaytiradi.
d) Ko‘p tubli burg‘ilash.
Ko‘p tubli quduqlarni burg‘ilash – burg‘ilashning qiya yo‘naltirilgan turi bo‘lib, asosiy stvollardan tashqari, uning pastkiqismidan mahsuldor qatlamlarni va geologik strukturalarni kesib o‘tuvchi qo‘shimcha stvollarni kovlashga mo‘ljallangan
Amalda, qo‘shimcha stvollarni burg‘ilash ikki ketma-ketlikda, ya’ni yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga qarab amalga oshiriladi. yuqoridan pastga burg‘ilashda asosiy ishlar o‘rganilgan ob’ektdan noma’lum ob’ektga qarab olib boriladi. Pastdan yuqoriga burg‘ilashda esa qidiruv ish turlarini zichlashtirish hisobiga bajariladi. Ko‘p tubli burg‘ilashda quduq og‘zilari bir biridan 8 metr masofada joylashadi. Bunda burg‘ilash minorasi oyog‘i tagidagi ikki poydevor takroran foydalaniladi. Burg‘ilash ishlari tugatilib, bitta quduq o‘zlashtirilgandan keyin, ularning burg‘ilash jihozlari qo‘shimcha qurish – yig‘ish ishlarisiz 8 metr masofaga ko‘chiriladi. Bunda mexanizm va minora tagiga mahsus rolik o‘rnatiladi. Ularni ko‘chirishda faqat elektr uzatmalar, bosimli quvur yuritmalar va novlar to‘xtatilib qo‘yiladi. Nasos mexanizmi, gil qorishtirgichlar, issiqlik qozonlar o‘z joyida qoldiriladi. Ko‘p tubli quduqlarni burg‘ilashda burg‘ilash mexanizmlari uzluksiz ishlaydi. Qurish-yig‘ish ishlari minimumga keltiriladi. Tashish, yo‘l qurish, quvuryuritma va elektr toki uchun sariflanadigan ish vaqti keskin kamayadi.
Bundan tashqarii ko‘p tubli burg‘ilashning boshqa asosiy afzalligi yuqori debetli quduq olish, konning umumiy neft beruvchanligini oshirish, burg‘ilash qudug‘ining sonini kamaytirish hisoblanadi.
Ko‘p tubli quduq burg‘ilashda, ularning biri vertikal, qolganlari esa qiya bo‘ladi. Ko‘p tubli quduqlar bitta burg‘ilash qurilmasi yordamida burg‘ilanishi mumkin.