Quduqlarni sementlashning maqsadi
Burg‘ilash quduqlarining ma’lum intervallarga to‘ldirilgan suspenziyali eritmalarning quyuqlashib qotib suyuqlik o‘tkazmas xolatiga kelish qobiliyatiga quduqlarni sementlash jarayoni deb ataladi.
Burg‘ilash quduqlarni sementlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: burg‘ilash jarayonida ochilgan o‘tkazuvchan qatlamlarni bir-biridan ajratish; mustahkamlovchi quvurlar birikmasini osilgan holatda ushlab turish; mustahkamlovchi quvurlar birikmasini korroziyalovchi qatlam suyuqliklari ta’siridan saqlash; mahsuldor qatlamlarda suv bosishga qarshilik ko‘rsatuvchi to‘siq (ekran) hosil qilish; quduqlarda mustahkam ko‘prik tashkil qilish; suyuqlik yutuvchi qatlamlarni ajratish; quduq devorlaridagi bo‘shoq tog‘ jinslarini mustahkamlash; quduq tugatilganda quduq og‘zini germetiklash.
Quduqlarni sementlash usullari
Quduq sementlashning bir necha usullari mavjud: tiqinli normal sementlash, bir va ikki pog‘onali sementlash, manjetli sementlash, pakerli sementlash, dumlarni sementlash, bosimli sementlash va boshqalar.
Quduqlarni bir pog‘onali sementlash
Quduqlarni bir pog‘onali sementlash juda keng tarqalgan usul hisoblanadi. Sementlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: quduqga musthakamlovchi quvurlar birikmasi tushirilgandan keyin sementlashga tayyorgarlik ko‘riladi. Quduqni sementlashga tayyorlash mustahkamlovchi quvurlar birikmasini quduqga tushirilgandan so‘ng quduq va quvurlarni yaxshilab yuvishdan boshlanadi. Buning uchun tushirilgan quvurlar birikmasiga sementlovchi kallak mahkamlanib quduqni yuvishga kirishiladi.
Bunday jarayon suyuqlikning qoldiq tog‘ jinslarni yuqoriga olib chiqishi tugatilganga hamda quduqdan chiqayotgan suyuqlik zichligi quduqga tushayotgan suyuqlik zichligi bilan bir hil bo‘lganicha davom etadi.
Quduqni yuvish jarayonida foydalanadigan yuvuvchi suyuqlik minimal suv bera oluvchanlikga, statik va dinamik siljish kuchlanishiga va plastik kichik qovushqoqlikga hamda yaxshi moylanish xarakteriga ega bo‘lishi lozim.
Nasos yordamida berilayotgan bosim doimiy ravishda nazorat qilinib boriladi.
Quduqni yuvib bo‘lgandan keyin butun armaturalar tekshiriladi (barcha agregatlardan sementlash kallagigacha bo‘lgan hamma tizmalar maksimal hisoblangan bosimidan 1,5 marta ortiqroq bosimda sinaladi hamda agregatlarning bunday bosimlarga 3 minut davomida bardosh beraolishlik qobiliyati aniqlanadi). Keyin sement eritmalarini tayyorlashga kirishiladi.
Sement qorishmasi qotib qolmasligi uchun mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga buferli suyuqlik haydaladi (suv yoki neft).
Gidrostatik bosimning pasayishini mahsuldor qatlam sharoitidan foydalanib kerakli suyuqlik hajmini hisoblash mumkin.
Quduqni bir pog‘onali sementlash jarayonining ko‘rinishi.
Bufer suyuqligini mustahkamlovchi quvurlar birikmasiga haydab bo‘lgandan keyin quvurlar birikmasiga pastki tiqin tushiriladi. Keyin sement qorishtirgich va agregatlar yordamida sement eritmasi tayyorlanadi va hosil bo‘lgan eritma quduqga haydaladi. Sementlovchi kallakdan sement eritmasi haydalgandan so‘ng yuqorgi tiqin bosiladi. Keyin sement eritmasi ikki tiqin orasidan boshmoq quvur birikmasi tomon harakatlanadi va sement eritmasi pastga qarab siqiladi. Keyin nasoslar yordamida gilli eritmalar sementlovchi agregat o‘lchagichiga haydaladi. Har bir quvur birikma o‘lchagichidan gilli eritma quduq tubigacha uzatiladi.
Sement eritmasini ko‘tarish tezligi quvur tashqi bo‘shlig‘ida 1,0 m/s, konduktor va oraliq quvurlar birikmasida 1,5 m/s dan kam bo‘lmasligi kerak. Sementlash eritmasini quduqga haydashda maxsus hisoblash ishlari bajariladi.
Agar agregatda 0,5-1 m3 haydovchi suyuqlik qolsa bitta agregatdan boshqa agregatga o‘tish uchun hisoblash ishlari olib boriladi (ya’ni, tiqin quduq tubiga yetib jipslanguncha). Bunday jipslanish momenti bir zumda sodir bo‘ladi va bosim esa tezda oshib ketadi. Bunday jarayonlarni «zarba» nazariyasi ham deb yuritiladi. Undan tashqari, bosuvchi tiqinning to‘htash halqasiga joylashish lahzasida gidravlik «zarba» hodisasi ro‘y beradi. Bunday zarbalar miqdori burg‘ilash ishlari ustozlarining ish faoliyatlariga bog‘liq.
Odatda, uning bosimi quduq tubida 5-10 kgs/sm2 dan yuqori bo‘ladi va bu yerda tiqinlar tutashuvi yuz beradi. Shu bilan quduqlarni sementlash jarayoni tugatiladi, quduqni esa mahsus moslamalar yordamida ma’lum muddatgacha yopib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |