Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə6/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Toskaniya maktabi

Asoschisi sifatida Franchesko Marchi (1822 – 1871) e’tirof etiladi, u schotlarni personalizatsiyasi, hisobning yuridik yo‘nalishini rivojlantirish tarafdori bo‘lgan.
Keyinchalik toskaniya maktabi rahbari bo‘lib Djuzeppe Cherboni (1827 – 1917) hisoblanadi. U ilk bor hisobda analiz i sintez tushunchalarini qo‘llagan, mos ravishda schetlarni analitik va sintetik schotlarga ajratgan.
Ushbu maktab vakillari hisobni odamlarni boshqarish vositasi sifatida qaragan

Venesiya
maktabi

Ushbu maktab vakillari hisobni resurslarni boshqarish vositasi sifatida qaragan, odamlar faoliyati ushbu boyliklarni nazorat qilish va boshqarishdan iborat deb bilgan. Maktabning ilk rahbari sifatida Fabio Besta (1845 – 1923) e’tirof etiladi. Venesiya maktabi vakillari ulushiga fondlar konepsiyasini yaratilishi ham tegishlidir, ushbu konepsiyaga muvofiq hisob ob’ekti bo‘lib boyliklarning o‘zi emas, balki ularning qiymati hisoblanadi.

Germaniya maktabi

Ushbu maktabni shakllantirganlar bo‘lib,Germaniya, Avstriya, Vengriya i german tilida gapiruvchi Shveysariya davlati vakillari hisoblanadi. Nemis maktabini oddiy (XIX asrning ikkinchi yarimi – XX asrning boshi) va yangi ( XX asrning boshidan keyingi davr) nemis maktablariga bo‘ladilar. Ushbu maktabni shakllanish negizida kameral buxgalteriya yotadi.
Nemis maktabi uchun xarakterli bo‘lgan jihat – bu buxgalteriyani qat’iy ikki qismga ajoatilishi.Bular: savdo va ishlab chiqarish jarayonlari buxgalteriyasi. Bunda savdo buxgalteriyasi – bosh buxgalteriya, ishlab chiqarish buxgalteriyasi bosh buxgalteriyaga bo‘ysinuvchi buxgalteriya hisoblanadi. Eygen Shmalenbax (1873 – 1955) tomonidan ilgari surilgan bu tarkibdagi buxgalteriyada savdo buxgalteriyasi debitorlik va kreditorlik qarzlar hisobi va nazoratini yuritadi, ishlab chiqarish buxgalteriyasi esa ichki xo‘jalik hisob-kitoblarini, chunonchi, ish haqi, ishlab chiqarish zahiralari, tannarx va moliyaviy natijalar hisobi va nazoratini olib boradi. Ishlab chiqarish buxgalteriyasi kalkulyatsiyani, savdo buxgalteriyasi esa balansshunoslikni ilmiy tadqiq qiluvchilar hisoblanadi. E. Shmalenbaxning xizmatlari shundaki, u dinamik balans nazariyasiga asos solgan.
Balanshunoslikni yanada rivojlantirgan olim bo‘lib shveysariyalik Iogann Fridrix Sher (1846 – 1924) hisoblanadi. U balans tarkibiga (statik jihatiga) e’tibor bergan, hisob ta’limotiga xo‘jalik faoliyati tahlilini, shu jumladan balans tahlilini kiritgan. Iogann Fridrix Sher ikki yoqlama usulni texnik usul sifatida qaragan. Schotlar bog‘lanishini (korrespondensiyasini) balans moddalari bog‘liqligi sifatida qaragan. U hisob ta’limotiga aralash provodka tushunchasini kiritgan, shuningdek inventar schotlarda bir vaqtning o‘zida ular xarakati va olingan natijani aks ettirish tartini tavsiya etgan.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin