Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Buxgalteriya hisobi maktablari va ularning buxgalteriya hisobi fani ravnaqida tutgan o‘rni



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə5/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

4.Buxgalteriya hisobi maktablari va ularning buxgalteriya hisobi fani ravnaqida tutgan o‘rni

Buxgalteriya hisobini amaliy faoliyat va maxsus iqtisodiy fan sifatida shakllanishida hamda rivojlanishida dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan maktablar katta rol o‘ynagan. Bunday maktablar, ular vakillari, alohida vakillarning hisob ilmiga qo‘shgan hissalari 1.5-jadvalda keltirilgan.


1.5-jadval
Dunyo miqiyosida tan olingan hisob maktablari va ularning buxgalteriya hisobi ravnaqidagi roli



Maktab nomi

Maktab namoyondalari va ularning hisob ilmiga qo‘shgan hissalari

Italiya maktabi

Eng qadimiy maktab hisoblanadi. Uning vakillari B. Katruli (1458 y.) va Luka Pacholi (1494 y) tomonidan ilk bor buxgalteriya hisobi schotlari va ularga ikki yoqlama yozuv, hisob yozuvlariga yuridik maqom berish zaruratlari asoslangan.
15-20 asrlarda uchta guruh maktablarga: lombard,, toskaniya va venesiya maktablariga ajralgan
.15-20 asrlarda italiya maktabi vakillarining hisob ilmidagi o‘rnini Djino Dzappa umumlashtirgan. Aynan ushbu olim balansga hal qiluvchi vosita sifatida qaragan, aktiv tushunchasiga korxona mablag‘i emas, balki foyda (iqtisodiy naf) olish uchun zarur bo‘lgan resurs sifatida ta’rif bergan. Balansni u foyda va zararlar to‘g‘risida hisobotning tuzishning asosiy natijasi deb hisoblagan

Lombard maktabi

Ushbu maktab vakillari, chunonchi Franchesko Villы (1801 – 1884), hisob ob’ekti sifati pul va moddiy boyliklar, shuningdek ularga egalik huquqini qaraganlar, shu bois buxgalteriya hisobiga ham iqtisodiy, ham huquqiy jihatdan qaragan, schotlarni ushbu ikkita yo‘nalishda klassifikatsiyalash lozimligini asoslagan.
Ushbu maktab vakili bo‘lgan Bastiano Venturi (17-asr) hisobni ma’muriy huquq tarmog‘iga kiruvchi fanlar safiga kiritgan.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin