232
almashish, videoaloqa, IP bo‘yicha ovoz (VoIP), tarmoq o‘yin-
lari, “jonli” video, “push-to-talk” hamda “push-to-view” kabi bir
qator xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, LTE tayanch
stansiyalari va abonent qurilmalarida ma’lumot uzatish tezligi ye-
tarli darajada yuqori bo‘lishi kerak hamda funksionallikning asosiy
mezoni sifatida javob kechikish vaqti qisqa bo‘lishi zarur. 14.1-jad-
valda LTE texnologiyasiga qo‘yilgan bir qator talablar keltirilgan:
LTE tizimi uchun maksimal o‘tkazish polosasi uzatish va qa-
bul qilishda 20MGs bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida, xizmat
ko‘rsatuvchi provayderlar 14.1-jadvalda sanab o‘tilgan istalgan
kenglikdagi kanallardan birini tanlashlari mumkin. Bu esa, pro-
vayderlarga ularda mavjud radiochastota resurslariga qarab, o‘z
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda abonentlarga xizmatlar tak-
lif etish imkoniyatini beradi va bosqichma-bosqich radiochastota
resurslarini ko‘paytirgan holda o‘z tarmoqlarini kengaytirishlarini
ta’minlaydi.
14.1-jadval
Dostları ilə paylaş: