Raqamli mobil aloqa


• kafolatlangan yetkazishni ta’minlovchi transport protokolla- rini qo‘llab-quvvatlash (UDP o‘rniga TCP yoki SCTP); •



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   289
Raqamli mobil aloqa


kafolatlangan yetkazishni ta’minlovchi transport protokolla-
rini qo‘llab-quvvatlash (UDP o‘rniga TCP yoki SCTP);

transport va tarmoq sathlarida ma’lumotlarni himoya qilish 
(IPSek yoki TLS);

RADIUS protokolidan bosqichli o‘tish (Diameter protokoli 
RADIUS protokoli bilan to‘liq moslashmasligiga qaramasdan);

“atribut-qiymat” juftligi (AVP) hamda identifikatorlar uchun 
(8 bit o‘rniga 32 bit) manzil hajmining yetarliligi;

“kliyent-server” modelini qo‘llab-quvvatlash;

tugunlarni (DNS-serverdan foydalangan holda) dinamik 
tarzda aniqlash;

tarmoq tugunlarining funksional imkoniyatlarini moslashtirish;

ilovalar sathida ishonchli yetkazish mexanizmini qo‘llab-quv-
vatlash;

yuqori sifatli mobillikni qo‘llab-quvvatlash;

takomillashgan masshtablanish; 

foydalanuvchi buyruqlari va atributlaridan foydalanish.
Shunday qilib, LTE tarmoqlarini joriy qilish operatorlar oldiga 
keng miqyosda, xususan, foydalaniladigan xizmatlar tarifikatsi-
yasini hamda abonentlarga xizmat ko‘rsatish siyosatining boshqa-
ruvini tashkil etish sohalarida ma’lum bir vazifalar qo‘yadi. Bun-
da, bir tarafdan, yuqori tezlikli 4G xizmatlarini jadal ravishda 
joriy etish ehtiyoji va, ikkinchi tarafdan, uskunalarni, jumladan 
OSS/BSS tizimlarini almashtirsh va yangilash uchun bo‘ladigan 
sarf-xarajatlar o‘rtasidagi balansni topa bilish o‘ta muhim vazifa-
ga aylanadi. Shu ma’noda mohirona tashkil etilgan tarifikatsiya 
tizimi hamda daromadlarni va foydalanuvchilarning sodiqligini 
oshirishga qaratilgan “billing” tizimining mavjudligi hal qiluvchi 
omillardan bo‘lishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. LTE texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlarni keltiring. 
LTE tizimlari xarakteristikalariga asosiy talablar qanday bo‘lgan?


285
2. LTE standartining asosiy texnik xarakteristikalarini keltiring.
3. LTE tizimida ma’lumot uzatish tayanch tarmog‘ining yangi 
arxitekturasi qanday nom oldi? Uning asosiy vazifalari qanday?
4. LTE/SAE arxitekturasida qaysi bo‘limlar asosiy hisoblanadi? 
LTE/SAE umumiy arxitekturasining soddalashtirilgan sxemasini 
chizing.
5. E-UTRAN tarmog‘ining tuzilmasi va funksiyalarini bayon 
eting.
6. MME, S-GW va P-GW tarmoq tugunlarining funksiyalarini 
bayon eting. 
7. GSM va WCDMA/HSPA tarmoqlari LTE/SAE tarmoqlari-
ga qanday ulanadi?
8. EPS nimtizimining vazifasi qanaqa? S1-flex mexanizmi 
nimaga xizmat qiladi? Tarmoqni birgalikda ishlatish qanday 
amalga oshiriladi?
9. LTE/SAE arxitekturasida boshqaruv va abonent sathlarida 
protokol steklarini keltiring.


286

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin