34.2. WiMAX uchun qo‘shimcha chastotalar polosalari
WiMAX tarmoqlarini va boshqa KSU tizimlarini qurish uchun
dunyoning turli regionlarida hozirgi vaqtda qo‘shimcha chastota-
lar polosalari ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, Yaponiyada 4,9GGs
–5,0GGs polosa 2007-yildan ruxsat etilgan, 5,47GGs–5,725GGs
polosa esa kelajak uchun zaxira sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bunda
birinchi polosada TSni qurish uchun litsenziyalash talab qilinadi va
5MGs, 10MGs va 20MGs kengliklardagi polosalar qo‘llab-quvvat-
lanadi, shu bilan bir vaqtda ikkinchi polosada litsenziyalash talab
qilinmasligi mumkin va 20MGs kenglikdagi polosa qo‘llab-quv-
vatlanadi. Shimoliy Amerika bozori dastlab jamoat xavfsizligi xiz-
matlari uchun polosa hisoblangan 4,9GGs diapazonida WiMAX
tarmoqlarini qurishga qiziqish bildirmoqda. Hatto WiMAX tar-
moqlari va shunga o‘xshash xizmatlar uchun pastroq 800MGs lit-
485
senziyalanadigan diapazon va 915MGs litsenziyalanmaydigan kabi
chastotalar polosalaridan foydalanishga qandaydir qiziqish bor.
WiMAX standarti tovushlarni va katta hajmlardagi ma’lumotlarni
uzatish xizmatlaridagi, mobillikda foydalanuvchilarning ehtiyojla-
rini qoniqtirishga qodir uzoq kutilgan spektral samaradorlikka va
yuqori o‘tkazish qobiliyatiga olib kelishga “va’da” bermoqda. Bu
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida ishlashga qodirligi tufayli ko‘proq
foydalanuvchilarni jalb qilishga, qurishga kam xarajatlarga katta
aloqa masofasiga (uzoqligiga) va standartlashtirish hamda o‘zaro
ta’sirlashish hisobiga arzon abonent uskunalari bozoriga ommaviy
kirib borishga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, bu keng polosali
mobillikka va 4G tizimlarni shakllantirishga yo‘l hisoblanadi.
34.3. Yevropada WiMAX tizimlari uchun chastotalarning
ajratilishi (1-rayon)
2008-yilning mayida EI komissiyasi Yevroittifoq a’zolari dav-
latlarida 3400–3800MGs diapazondagi radiochastota spektridan
foydalanishni garmonlashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Qabul
qilingan qaror Yevropa WiMAX-operatorlariga pozitiv ta’sirga ega
bo‘ldi, ulardan ko‘pchiligi spektrning aynan bu polosasidagi chas-
totani ishlatadi. Bu qarorga muvofiq, Yevroittifoqqa kiradigan dav-
latlar “turg‘un, ko‘chma va mobil radioaloqa tarmoqlarini” yaratish
uchun bu polosadagi chastotalarni ishlatishga ruxsat berishi kerak.
Ta’kidlaymizki, hozirgi vaqtda Yevropada 3,5GGs diapazon uchun
deyarli barcha litsenziyalar mobillik bo‘yicha cheklanishga ega va
faqat turg‘un simsiz ulanish yoki cheklangan mobillikli (“portativ”)
tarmoqlarni yaratishga huquq beradi. Bu chastotalar polosalarida mo-
bil KSU xizmatlarini taqdim etish imkoniyati hozircha cheklangan
davlatlarda mavjud, qator davlatlar esa endi mos ulanishni berilishini
rejalashtirmoqda. EI komissiyasi texnologiyalarni va xizmatlarni tan-
lashga nisbatan betaraflik prinsipini ishlatadi va radiospektrdan foyda-
lanishning ixcham imkoniyatlarini taqdim etilishiga xayrixoh, demak,
operatorlar ko‘p hollarda mobil rejimli ulanish tarmoqlarini yaratadi.
|