487
2,5GGs diapazon (2,3GGs–2,7GGs keng intervalda) hozir
ayniqsa shaharlarda o‘ta yuklangan, chunki unda hozirda Wi-Fi
xot-spotlar ishlamoqda va LTE keng polosali tarmoqlarni (ya’ni,
10MGs va 20MGs polosalarli) qurish rejalashtirilmoqda. Shu-
ning uchun WiMAX tarmoqlarini qurish uchun 3,4GGs–3,6GGs
diapazon ma’qulroq bo‘lib qoladi, yetiladigan uskunalar paydo
bo‘lganidan keyin esa 5GGs diapazon o‘zlashtirishi mumkin.
Umuman olganda
shuni tasdiqlash mumkinki, O‘zbekistonda
WiMAX tarmoqlarini qurish uchun chastotalarning ajratilishi
muam mosi hal etiladigan masala.
Bunga qaramasdan 2011-yilning boshiga kelib mamlakatda ham
turg‘un, ham “mobil WiMAX” xizmatlarini taqdim etadigan faqat
bitta operator (EVO savdo markali Super iMax kompaniyasi) ish-
lamoqda. 2010-yilning oxiriga kelib EVO 9 ta viloyatni qamrab oldi
va o‘z abonentlari sonini 13000 kishigacha yetkazdi. EVO tarmog‘i
ikkita WiMAX standartidan (IEEE 802.16d va IEEE 802.16e),
ikkita chastota diapazonidan (mos ravishda 3,5GGs va 2,3GGs)
foydalanadigan kombinatsiyalangan tarmoq namunasi hisoblanadi.
Yangi WiMAX tarmoqlariga kelsak, 2011-yilning boshiga kelib
O‘zAAA ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda
WiMAX tarmoq-
larini qurish va tizimlarini ishlatishga ega bo‘lgan 2 ta sotali opera-
tor va 4 ta Internet-provayder bunday tarmoqlarni qurish rejalari
haqida bildirmadi.
Bu yerda ta’kidlash joizki, umumiy foydalanishdagi aloqa tar-
moqlari (ularga WiMAX tarmoqlari ham kiradi) doimo ularning
tijoriy foydaliligiga asoslanadi. Mos ravishda operatorlarga, av-
valo, shaharlar va zich joylashgan hududlar qiziqarli (manfaatli).
Lekin yirik shaharlarda WiMAX texnologiyasi
simli ulanish tex-
nologiyalari va sotali aloqa tizimlari tomonidan katta raqobatga
duchor bo‘ladi. Shuning uchun ko‘plab mutaxassislar WiMAX
texnologiyasiga simli ulanish va mobil aloqa murakkab yoki mum-
kin bo‘lmagan joylarda qo‘llanilishini tavsiya qilish bilan an’ana-
viy simli ulanish va mobil tarmoqlarga to‘ldirish yoki zaxira rolini
berishmoqda.
488
Umumiy foydalanishdagi tarmoqlardan farqli ravishda korporativ
aloqa tarmoqlari hamma vaqtlarda ham
zich joylashgan hududlar-
da (energetiklar shaharchasi, neft-gaz majmuasi korxonalari ishchi-
lari va boshqalar) qurilavermaydi. Olisdagi joylardagi radiochastota
spektri nisbatan bo‘sh va 20 MGs gacha kenglikdagi chastotalar
polosasini ajratish ajratish mumkin. Shuning uchun yirik shaharlar-
dan olisdagi korporativ tarmoqlardan
WiMAX texnologiyalari im-
koniyatlarining maksimal ishlatilishini kutish ke rak. Shu bilan bir-
ga, bunday tarmoqlar dastlab asosiy qo‘llanilishi bo‘yicha o‘ziga
yetarli (qo‘shimcha bo‘lmagan) tarzda qurilishi mumkin.
WiMAX texnologiyalarining qo‘llanilishiga olib keladigan kor-
porativ tarmoqlarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
ko‘plab korporatsiyalarda abonent terminallarni sotib olish uchun
moliyaviy vositalarning mavjudligi hisoblanadi (hozirda umumiy
foydalanishdagi aloqa tarmoqlari abonetlari uchun terminallar
narxi juda qimmat bo‘lgan holda).
Dostları ilə paylaş: