Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   289
Raqamli mobil aloqa

9.3-rasm.
Raqamli ikkilik uzatish va binar PTK uchun to‘g‘ri-
dan to‘g‘ri spektr kengaytirishning protsedurasi.
“Yuqoriga” deb nomlanuvchi liniyada turli MSdan BTSga 
qabul qilinuvchi signallarning sinxronizatsiyasini ta’minlash 
nazariy jihatdan inkor qilinmasa ham amalda ancha murak-
kabdir va har doim texnologik jihatdan ham samarasizdir, 
a
b
d
e


144
chunki MSlar BTS ga nisbatan sota ko‘lamida tasodifiy joyla-
nish tufayli signallar o‘zaro kechikishi kuzatiladi. Bunday ho-
latlar uchun individual abonentlar signaturalarini o‘zaro vaqt 
bo‘yicha bog‘lanishi zarur bo‘lmagan DSSSning asinxron turi 
qo‘llanilishi xarakterlidir.
KKAKFning KCHAKF va KVAKFlarga nisbatan afzalliklarini 
shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Har qanday keng 
polosali (spread spectrum) tizimlar birinchisining tashkil etuvchi-
laridir. Bular ichiga jamlangan va keng polosali xalaqitlarga yuqori 
bardoshli, o‘ta nurli tarqalish sharoitida samarali ishlashi, kripto-
himoyaning yetarli darajadagi keng diapazonli choralar, chastota 
va vaqt bo‘yicha xarakteristikasini yuqori darajada o‘lchash, radio 
va TV tizimlari bilan elektromagnit moslashuvchanlik va h.k. xu-
susiyatlari kiradi.
Ikkinchi guruh esa ko‘p stansiyali foydalanish aspektlari bi-
lan – sotaga nisbatan katta sig‘imga ega bo‘lishi, trafik oshishi 
bilan aloqa sifatining “yumshoq” xarakterda pasayishi, estafe-
tali “yumshoq” uzatishni tatbiq qilish imkoniyatidir. Kod bi-
lan ajratish tizimlarda abonentlarning mumkin bo‘lgan sonini 
baholashdir.
9.4. Mobil aloqa tizimlarida sota ko‘lamidagi foydalanuvchilar 
sonini aniqlash 
Ortogonal signallarni ishlatuvchi KKAKFning sinxronli vari-
anti, albatta, KCHAKF va KVAKFlarga qaraganda maksimal 
foydalanuvchilar soni bo‘yicha hech qanday prinsipial afzalik-
ka ega bo‘lishi mumkin emas, chunki bu son signal ko‘lamining 
o‘lchami, ya’ni chastota va vaqt bo‘yicha resurs ( f
r
, T
r
) bilangi-
na cheklanuvchi ortogonal signallarning bo‘sag‘aviy qiymati bilan 
aniqlanadi. Ortogonalli oyilaviylikni qurish usuli (chastota, vaqt 
bo‘yicha ajratish yoki shunga mos ravishda kodlash) oyilaviylik-
dagi signallar soniga ta’sir qilmaydi.
KKAKFning asinxron varianti esa (abonentlarning qisman 


145
soni cheklangan ortogonal signallar sonidan ko‘proq bo‘lgan 
sinxron kabi bo‘lsa) KCHAKF va KVAKFlarga qaraganda 
moslashuv chanliroq sotali topologiyali tizimlardagi resursni qayta 
foydalanish da radioto‘lqinlarning fazoviy so‘nish effektini (eks-
pluatatsiya qiladi) ishlatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, foydali signalning satxini 5...8 
dB dan past bo‘lmagan xalaqitlar oshib ketsa, mingdan bir bo‘lak 
atrofida simvol xatoligining hosil bo‘lishiga yetarlidir va KKAKF 
xizmatidagi abonentlarning maksimal soni KCHAKF va KVAKF 
larga qaraganda sezilarli darajada kamroqdir. Agar, KCHAKF 
va KVAKF formatlarda yon sotalarning kanallarini takroriy ish-
latishning taqiqlanishi bitta o‘sha klasterning katakchalari orasida-
gi resursni maydalashga olib kelishini hisobga olinsa, unda buning 
natijasi bo‘lib bir sota ko‘lamidagi abonentlari sonining n martaga 
kamayishi sanaladi. Bu yerda n klasterdagi katakchalar soni.
Shu vaqtning o‘zida KKAKF texnologiyasi qo‘shni sotalar-
dagi mumkin bo‘lgan barcha resurslarni takroriy ishlatishga 
imkon beradi, evaziga nafaqat o‘zining abonentlari hosil qiluv-
chi, balki “begona” BTS abonentlarining signallari tufayli hosil 
bo‘lgan tizim ichidagi xalaqitlar sathining oshishiga olib keladi. 
Bu yerda qo‘shni katakchalardan jami o‘zaro xalaqitlarga “singib” 
kirgan qo‘shimcha hissa “o‘ziniki”ga (BTSga yaqinroq bo‘lgani) 
qaraganda ancha kuchsiz bo‘lishi mumkin, chunki qabul qilinuvchi 
quvvat masofaga bog‘liq ravishda kamayishiga binoan (shaharning 
zich qurilgan binolari va qalin o‘simliklari tufayli taxminan maso-
faning to‘rtinchi darajasiga teskari proporsionaldir). Ko‘p ma’lu-
mot manbalirining hisoblashlariga ko‘ra “qo‘shni” katakchalar 
o‘zaro xalaqitlarning umumiy sathini 1,5 marta oshiradi. Shuning 
uchun aytish mumkinki, KKAKFning sotali sig‘imi KCHAKF va 
KVAKFlarnikiga qaraganda ikki baravar yutuqqa ega.
Bundan tashqari, foydalanuvchining so‘zlashish faolligi faktori-
ni ham hisobga olish lozim. Oddiy telefon bilan gaplashishda har 
bir ishtirokchi vaqtning ma’lum bir qismini suhbatdoshiga qu-
loq solib eshitishda, dialog ustida fikrlashdagi pauzaga ketkaza-


146
di. So‘zlashish faollik faktori bir ishtirokchining umumiy ulanish 
davomidagi gaplashish fazasining bir qismini beradi.
GSM standarti ma’lum yo‘l asosida bu faktorni hisobga 
oladi, ammo faqat energiyani tejash maqsadidagina, abonent 
sig‘imini oshirish emas. Nazariy jihatdan bunday imkoniyat 
inkor qilinmaydi, amalda fizik chastotaviy yoki vaqt bo‘yicha 
bo‘shayotgan kanalni oniy ravishda boshqa abonentga berish va 
keyinchalik qaytarib olish amalga oshirilishi gumondir, chun-
ki protokolni birdan murakkablashuvi sababli individual abo-
nentlarning so‘zlashish pauzasini moslashtirib bo‘lmasligi tufay-
li. KKAKF doirasida gaplashish pauzasida resursning bo‘shab 
chiqishi avtomatik ravishda o‘zaro xalaqitlar sathini pasaytiradi 
va shu tufayli tizimning sig‘imini oshirishni ta’minlaydi. Birin-
chi yondoshishda nutq faollik faktorini hisobga olish mumkin, 
uning uchun tizim ichidagi xalaqit quvvatning spektral zichligi-
ni butun so‘zlashish muddati bo‘yicha o‘rtacha qiymati bilan 
almashtirish kerak. Bu holda, hisoblar shuni ko‘rsatadiki, sota 
ko‘lamidagi abonentlar sonini baholash KCHAKF va KVAKF 
larga nisbatan abonent sig‘im to‘rt baravardan ham ko‘p yutiq 
beradi.
Ayrim manbalarda SDMAning afzaligini tasdiqlovchi yana ham 
hayratga soluvchi raqamlar keltirilgan. Odatda ular sotalarni sek-
torlashga doir taxminlarga asoslangandir, ya’ni sektorlar soniga 
muvofiq karrali son ravishda sotali sig‘im tabiiy oshishi mum-
kin. Ammo bu yerda bir narsani esdan chiqarmaslik zarurki, ko‘p 
stansion foydalanishning barcha texnologiyalarida sektorlash eva-
ziga yutuqqa erishish mumkin, shuning uchun ularni korrektli 
solishtirishda hisobga olinmasligi kerak.
Shuning bilan birga ta’kidlash zarurki, yuqorida keltiril-
gan baholashlar birlamchi oriyentirgina bo‘lib qoladi, chun-
ki ko‘pgina taxminlarga, qisqartirilishlarga asoslangandirlar. 
KKAKF tizimlarni real loyihalashtirilganda har tomonlama 
modellash va maydon sinovlari bilan birga chuqurroq tahlil 
o‘tkazish lozim. 


147

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin