13.2. CDMA-2000 standartining tizim arxitekturasi CDMA-2000 standartlar turkumi tayanch interfeyslar, tar-
moq unumdorligiga talablar, shuningdek, ko‘rsatiladigan xiz-
matlar tavsifini o‘z ichiga oladi. CDMA-2000 tizimlari oldingi
CDMA texnologiyasiga asoslangan tizimlar bilan moslashtirilgan
bo‘lib, bu CDMA-2000 abonent qurilmalari ham CDMA-2000,
ham SDMAOne (IS-95) tarmoqlarida ishlay olishini bildira-
di. Mos lashtirishni ta’minlash standart uchun tizimning para-
metrlarini, o‘rnatish jarayonlarini va ulanishni qayta ishlash,
shuningdek, signalizatsiya tizimining parametrlarini belgilaydi.
Standartda, shu ningdek, abonent qurilmalarining o‘zaro ta’sir-
lashishini boshqarish uchun ularning nurlanish quvvat darajalari
ham keltirilgan.
CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim
arxitekturalari bilan ko‘plab umumiylikka ega. Bu yerda ham ikki
darajaga bo‘linish mavjud: radioulanish — RAN va tayanch – CN
tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli kommutatsiya uchun
alohida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog‘i quyidagi tuzi-
lish elementlaridan iborat (13.1-rasm):
Radioulanish darajasida BTS — tayanch stansiyalar (transifer-
lar) va BSC – tayanch stansiyalar kontrollerlari ishtirok etadi va
o‘zlari uchun an’anaviy bo‘lgan funksiyalarni bajaradi.
Tayanch tarmog‘i darajasi quyidagi elementlardan iborat:
• PCF (ingl. Packet Control Function) — paketli uzatishni bosh-
qaruv markazi;
• PDSN (ingl. Packet Data Servise Node) — paketli ma’lumot-
larni uzatishga xizmat qiladigan tugun.
Bu tugunlar paketli kommutatsiya jarayonida qatnashishadi.
• MSC – mobil kommutatsiya markazi: GPRS tarmoqlaridagi
kabi simli tayanch tarmog‘i hisoblanib, radioulanish tarmog‘i va
umumiy ulanish turg‘un tarmoqlari oralig‘idagi bog‘lovchi tugun
hisoblanadi. MSC markazi kanalli kommutatsiya yordamida ula-
nishni ta’minlaydi.
219
Tarmoqning quyidagi tugunlari esa, o‘zlarining an’anaviy funk-
siyalarini bajarishadi: