Raqamli mobil aloqa


IS-95 standartining asosiy xususiyatlari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   289
Raqamli mobil aloqa

IS-95 standartining asosiy xususiyatlari.
Bu standartni ishlab 
chiqishdan asosiy maqsad KSAT sig‘imini analoglilarga qaraganda 
kattalashtirishdir. CDMA tizimiga qo‘yiladigan texnik talablar 
aloqa sanoati assotsiyasi (TIA) tomonidan quyidagi standartlarda 
ifodalangan:
IS-95-CDMA radiointerfeysi
IS-96-CDMA so‘zlashuv xizmatlari
IS-97-CDMA ko‘chma stansiya
IS-98-CDMA tayanch stansiyasi
IS-99-CDMA ma’lumotlarni uzatish xizmati


210
Tizim AMPS/DAMPS standartlari KSAT tarmoqlari uchun 
ajratilgan 800 MHz diapazonda ishlash uchun mo‘ljallangan. 
CDMAning texnologik afzalliklaridan biri bo‘lib aloqani sir saqlash 
(maxfiyligi) hisoblanadi, shuning uchun xabarlarni shifrlash talab 
qilinmaydi.
IS-95 standarti Uolsh funksiyalarining 64 ketma-ketliklari 
asosida chastotalar spektrini to‘g‘ri kengaytirishni qo‘llaydi. 
So‘zlashuv xabarlari o‘zgarish tezligi 8000 bit/s bilan CELP 
algoritmi bo‘yicha o‘zgartiriladi, kanallarda esa xalaqitga 
chidamlilikni oshirish uchun qo‘shimcha simvolni hisobga olgan 
holda 9600 bit/s gacha yetkaziladi. Tizim 4800, 2400 va 1200 
bit/s tezliklarda ishlash rejimini ta’minlaydi. “Pastga” uzatishda 
tizimda 1/2, “yuqoriga” esa 1/3 tezlik bilan o‘ramli kodlashtirish 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, uzatilayotgan xabarlarning 
navbatma-navbatligi, qabulda esa “yumshoq” yechimli Viterbi 
dekoderi qo‘llaniladi.
Qualcomm CDMA standartidagi aloqa kanal 1.25 MHz 
polosani egallaydi, azosiy tavsiflari va texnik parametrlari esa 
13.5-jadvalda keltirilgan.
13.5-jadval
Qualcomm CDMA standartining asosiy tafsifi va texnik 
parametrlari
MS uzatish chastota diapazoni 824,040–848,970 MHz
BTS uzatish chastota diapa-
zoni
869.040–893.970 MHz
MS tashuvchi chastotasining 
nisbiy nomo‘tadilligi
+ 2,5 *10-6
BTS tashuvchi chastotasining 
nisbiy nomo‘tadilligi
+ 5 *10
-8


211
Modulyatsiya turining nisbiy 
nomo‘tadilligi
QPSK (BTS), O-QPSK (MS)
Uzatiluvchi signal spektrining 
keng ligi
– sathi 3 dB bo‘yicha
– sathi 40 dB bo‘yicha
PTKning takt chastotasi 
1,25 MHz
1,50 MHz
1,2288 MHz
PTKdagi elementlar soni
– BTS uchun
– MS uchun
32768 bit
2
42
– 1 bit
BTSning 1 ta tashuvchisidagi 
kanallar soni
1 pilot kanali
1 signalizatsiya kanali
7 shaxsiy chaqiriq kanallari
55 aloqa kanallari
MSning kanallari soni
1 foydalanish kanali 
1 aloqa kanali
Ma’lumot uzatish tezligi
– sinxronizatsiya kanalida
– shaxsiy chaqirish va foydalanish 
kanalida
– aloqa kanalida
1200 bit/s
9600,4800 bit/s
9600,4800,2400,1200 bit/s
BTS uzatish kanallaridagi 
kodlash
(sinx. kanali. shaxsiy chaqiriq. 
aloqasi)
O‘ta aniqlik bilan kodlash 
r=1/2,K=9
MS uzatish kanallaridagi kod-
lash
U=1/3, K=9 Uolsh signali 
bilan 64 lamchi kodlash
Qabul qilgichdagi axborot 
bit energiyasining shovqin 
spektral zichligining nisbati
(E
n
/N
0
)
6–7 dB


212
BTSning maksimal samarali 
uzatish quvvati
50 Vt gacha
MS ning maksimal samarali 
uzatish quvvati
– 1 sinf
– 2 sinf
– 3 sinf
6,3 W
2,5 W
1,0 W
MS uzatgichining quvvatni 
boshqa rish aniqligi
+/- 0,5 Db
Qabul qilishda akslanish natijasida har xil kechikish bilan kelgan 
signallarga alohida ishlov beriladi, so‘ng vazn bo‘yicha qo‘shish 
amalga oshiriladi. Qabulning bunday tarzda amal qilinishi ko‘p 
nurlilik effektining salbiy ta’sirini yetarli darajada pasaytiradi. 
Signallarga alohida raqamli ishlov berish uchun har bir qabul 
kanalida 4 ta korrelyator BTSda, 3 ta korrelyator MSda parallel 
ravishda ishlaydi. Bundan tashqari parallel ishlovchi korrelyatorlar 
sotalarni kesib o‘tishda “Estafetali uzatib berish”ning (
Soft
Handoff
) ohista o‘tish rejimini amalga oshirish imkoniyatini 
yaratadi. Bu MSning ikkita va undan ko‘p BTSlar tomonidan 
boshqarilishi hisobiga yuzaga keladi. 
CDMA standartining umumlashtirilgan strukturaviy sxemasi 
quyidagi sxemada keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan 
sxemaning asosiy elementlari KSATning analogli va raqamli 
standartlarida qo‘llaniladigan elementlariga o‘xshashdir. Tafovut 
faqat sifatni baholovchi va kadrni tanlovchi 
(SU – Selection 
Unit)
qurilmaning qо‘llanilishidadir. Bundan tashqari, “estafetali 
uzatishning” ohista rejimini amalga oshirish uchun turli 
kontrollerlar (BSC) tomonidan boshqariluvchi BTS lar orasiga 
SU va BSC (Inter BSC Soft Handoff) o‘rtasidagi uzatish liniya 
kiritiladi.
Aloqa o‘rnatish protokollari CDMA dagi to‘g‘ri 
(forward),
teskari 
(reverse)
, “yuqoriga” uzatishlarga bo‘lingan mantiqiy 
kanallardan foydalanadi. 


213
To‘g‘ri pilot kanali MSning tarmoq bilan sinxronlashuvi va 
BTS signallarini vaqt, chastota va faza bo‘yicha nazorat qilish 
uchun xizmat qiladi. 
Sinxronlashtirish kanali BTSni, pilot signal nurlashish darajasini, 
BTSdagi PTKning fazalarini identifikatsiyalash uchun foydalaniladi. 
BTS
SU
SU
BTS
BTS
BTS (Base Tranceiver Station)
– Tayanch qabul qiluvchi uzatuvchi stansiya
BSC (Base Station Controller)
– Tayanch stansiyalar kontrolleri
OMC (Operation and Maintenance Centre) 
– Boshqarish va xizmat ko‘rsatish markazi
SU (Selector Unit)
– Kadr saralaydigan qurilma
DB(Date Base)
– Abonentlar va qurilmalar haqida ma’lumotlar bazasi
MSC(Mobile Switching Centre) 
– Ko‘chma aloqa kommutatsiya markazi
BTS
BSС
BSС
BSС
BSС
PSTN
ISDN
PDH
BSС
CDMAli tizimda o‘zaro xalaqitni pasaytirish va buning 
natijasida tarmoq sig‘imini kengaytirish usullaridan biri bo‘lib 
bu nutq aktivligining detektorini va CELP algoritmli vokoderni, 
shuningdek analog so‘zlashuv signalini raqamli signalga 
aylantirishning o‘zgaruvchan tezligini ishlatish asosida nutqni 
uzlikli uzatish hisoblanadi.
IS-95 standartida xabarlar uzatilishi kadrlar bilan amalga 


214
oshiriladi, qo‘llanilayotgan qabul texnologiya esa har bir axborot 
kadridagi xatolarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunda, agar 
xatolar soni yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshib ketsa, unda kadr 
o‘chiriladi 
(frame erasure)
. O‘z navbatida “bitlarni o‘chirish 
chastotasi” E0/N0 munosabat bilan aniqlanadi. Sotadagi aktiv 
abonentlar soni ko‘payganda, o‘zaro xalaqitlar tufayli E
0
/N
0
nisbat pasayadi, xatolar takrorlanishi esa oshadi. Bunday xatolar 
kattaligi bo‘yicha umumiy normalar hali qabul qilinmagan, 
shuning uchun turli xil ishlab chiqaruvchi firmalar o‘zlari 
tomonidan tez-tez uchrab turadigan xatolarning joiz qiymatini 
qabul qilishadi. Masalan Qualcomm firmasi xatolarning tez-tez 
sodir bo‘lish qyimat kattaligini uch foizga teng deb hisoblaydi, 
bunda CDMA tizimining sig‘imi AMPS tizimiga qaraganda 
20..30 marta kattalashadi. O‘z navbatida Motorola firmasi yo‘l 
qo‘yiladigan xatolar soni bir foizga teng deb hisoblaydi, unda 
AMPS tizimiga qaraganda CDMA tizim sig‘imi faqat 15 marta 
kattalashadi.
Motorola firmasining ma’lumotlariga asosan E
0
/N
0
=7…
8dB nisbatda va yo‘l qo‘yilgan xatolar takrorlanishi bir foiz 
bo‘lganda uch sektorli sotada 60 tagacha aktiv kanallar tashkil 
qilish mumkin.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin