Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   289
Raqamli mobil aloqa

• 1­sonli masala:
rivojlanayogan davlatlarda 1,5 million qishloq-
lar hatto telefon tarmoqlariga ham ulanmaganligini hisobga olgan 
holda, qishloq hududlarida AKT xizmatlariga ulanishni ta’minlash;
• 10­sonli masala:
2002-yilda Internet foydalanuvchilarining 
umumiy soni 600 millionligini yoki dunyo aholisining 10 foizini 
tashkil etganligini hisobga olgan holda, dunyo aholisining yarmi-
dan ko‘piga AKT xizmatlariga ulanishni ta’minlash.
Ko‘rinib turganidek, WiMAX texnologiyasining zimmasi-
ga (boshqa simsiz va tarmoq texnologiyalari bilan bir qatorda) 
“Raqamli tengsizlik” muammosini yechishda o‘ta muhim vazifa 
yuklangan va bu tizim rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda 
AKT xizmatlari va infrotuzilmalariga ommaviy, umumqamrovli, 
teng huquqli va ishonchli ulanishni ta’minlashga chaqirilgan.
WiMAX tarmoqlari dunyoda keng tarqalmoqda. WiMAX Forumi-
ning ma’lumotlariga ko‘ra 2011-yilning fevral oyiga qadar dunyo ning 
150 mamlakatida 583 ta faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlar mavjud 
bo‘lgan (ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatgich 2009-yilning fevral oyi-
ga qadar 139 ta mamlakatda 468 ta tarmoqni tashkil etgan). Min-
taqalar kesimida ushbu tarmoqlar 26.1-jadvalda aks ettirilgan [42].


380
26.1-jadval
WiMAX tarmoqlarining hududlararo taqsimlanishi

Mintaqa
Tarmoq-
lar soni
Mamlakat-
lar soni
1.
Afrika 
117
43
2.
Markaziy va Lotin Amerikasi
120
33
3.
Osiyo-Tinch okeani
98
23
4.
Sharqiy Yevropa
86
21
5.
G‘arbiy Yevropa
77
18
6.
Shimoliy Amerika (AQSH, 
Kanada)
56
2
7.
Yaqin Sharq 
29
10
Hozircha bozorda “turg‘un WiMAX” tarmoqlari yetak-
chilik qilmoqda (2011-yilning boshida 60% tashkil qilgan). 
Biroq IEEE 802.16e standarti tobora ko‘payib bormoqda va 
uning asosida ko‘p sonli tarmoqlar ishlamoqda. Shular orasi-
ga AQSHning Sprint-Nextel, Clearwire, AT&T va NextWave 
Broadband, Yevropada Vodafone va Orange, Pokistonning 
davlatni deyarli to‘liq hududini qamrab olgan Wateen Telekom 
milliy operatori, Rossiyaning Yota va boshqa operatorlar tar-
moqlari kiradi. Bugungi kunga kelib Pokiston milliy ko‘lamda-
gi jahonda eng katta to‘liq funksional WiMAX tarmoqlaridan 
biriga ega.
WiMAX uskunalarining eng yirik ishlab chiqaruvchilari safiga 
Airspan Networks, Alkatel-Lucent, Alvarion, Cisco Systems, Fu-
jitsu, Huawei Technologies, Intel Corporation, Motorola Solu-
tions, Samsung va ZTE Corporation kabi kompaniyalarni kiritish 
mumkin.


381

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin