Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»


“Fonus xayol yoki soya qo`g`irchoq teatri



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

. “Fonus xayol yoki soya qo`g`irchoq teatri.
Bu teatrda tomoshalar 
qo`g`irchoq yoki qo`l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman 
shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan. 
Qo`g`irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfol`kloriy 
hodisadir. Har bir xalqning o`z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. 
Endilikda xalqona qo`g`irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana 


bormoqda. Ular qo`g`irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) 
atrofiga uhshganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator 
festivallari bo`lib o`tdi. Ularda qo`g`irchoq teatrlari taraqqiyotining o`ziga xos 
tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba 
almashtirishga qaratilgan tanlov – ko`riklar ijobiy natijalar bermoqda. SHunday 
festivallardan biri 1969 yilda Toshkentda o`tkazilib, o`zbek qo`g`irchoq teatrini 
rivojlantirishga kuchli ta`sir ko`rsatdi. O`shanda respublikamizda birgina 
qo`g`irchoq teatri poytaxtda faoliyat ko`rsatardi, bugunga kelib Andijon, 
Samarqand, Buxoro va boshqa bir qator viloyatlar markazlarida ham qo`g`irchoq 
teatrlari fvaoliyat ko`rsata boshlagani quvonarli holdir, albatta.
Xullas, xalq qo`g`irchoq teatri kattalar va ayniqsa, bolalarning sevimli teatri 
sifatida professional qo`g`irchoq teatrlariga aylangungacha uzoq tarixiy yo`lni 
bosib o`tdi. 
Qiziqchi va masxarabozlar teatri. 
Xalq teatrida bosh ijodkor masxaraboz, 
qiziqchi va qo‘g‘irchoqbozlardir. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilik, ham 
tashkilotchilik vazifalarini bajaradi. «Qiziqchi», «masxaraboz» atamalari har joyda 
har xil ma`noda qo‘llaniladi. Bu ikki atama orasida bir-biriga yaqinlik bo‘lsa-da 
o‘ziga xos ma`nolari bor. Nutqi, hajviy xatti-harakatlari bilan odamlarni kuldirib 
yuruvchi, oddiy, sho‘x va hazilkash kishilar ko‘pincha qiziqchi deb yuritiladi. 
Odamlarni kuldirishni o‘zlariga hunar qilib olgan va maxsus kiyinib, yuzlarini 
bo‘yab, sayil, to‘y-bazm, bayramlarda tomosha ko‘rsatib yuruvchi kishilar 
masxaraboz deb atalgan.
Masxaraboz va qiziqchilar orasida o‘z san`atini puxta egallagan va uni 
xalqqa manzur qilgan mashhur ustalar bilan bir qatorda, bu ishga onda-sonda 
aralashadigan havaskorlar ham bo‘lgan. Mashhur qiziqchi va masxarabozlar sayil 
va to‘ylarda o‘z kasb-hunarlarini namoyish etganlar. Qiziqchilarning asl nomi 
bilan bir qatorda, ular ijro etgan qahramonlarning kasb-hunarlari ham ilova tarzida 
ularning ismiga qo‘shilgan. Qiziqchi va masxarabozlar rol ijro etibgina qolmay, 
xalq teatrida rejissyorlik vazifasini ham bajargan. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin