Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

qo`sh qo`shiqlari
deyiladi. Ularda qo`shchi yoki qo`shga 
qo`shilgan ho`kiz tilidan og`ir mehnatdan qilingan shikoyat yoxud ish hayvoniga 
murojaat motivlari etakchilik qiladi. 
Qo`shchi qo`shiqlari qadimiy mehnat qo`shiqlari sirasiga kiradi. Uning 
asosiy vazifasi og`ir mehnat paytida dehqonning o`z ko`ngil dardlarini aytib, o`z-
o`ziga taskin berish, o`zini ovutish, ruhini ko`tarishdan iborat. 
Qo`shchi qo`shiqlari orqali zamonamiz yoshlari o`tmishda dehqonchilikda 
erni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki bo`yniga bo`yinturiq bilan 
omoch osilgan ho`kizlarning kuchi bilan haydalganligini bilib oladilar. Qo`shiqda 
shu tarixiy manzara badiiy o`z ifodasini topgan.
Hozirgi 
paytda 
erlarning 
traktorlar 
yordamida 
haydalishi 
qo`sh 
qo`shiqlaridan foydalanishni bekor qildi. SHu sababli qo`sh qo`shiqlari 
yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum bo`ldi. 
O`rim qo`shiqlari
–dehqon mehnatining samarasi hzaga chiqayotgan o`rim 
lahzalarida kuylanadi. 
O`roqchi hasharchilarning o`rim-yig`im paytida o`zlarini 
ovutish uchun maxsus to`qigan qo`shiqlari o`rim qo`shiqlari deb hritiladi. Bu xil 
qo`shiqlarda dehqonning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o`roq maqtaladi. 
Arpa, bug`doyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qimmatliligi, ro`zg`orning qut-
barakasini ta`minlovchi vosita ekanligi tarannum etiladi.
Hozirgi paytda donni, asosan, kombaynlar yordamida o`rib-yig`ib olish 
tufayli o`rim qo`shiqlarini ijro etish deyarli so`nib, ular unutilib bormoqda. 
YAnchiq qo`shiqlari yoki ho`p –maydalar
. Bu turkumga kiruvchi 
mehnat qo`shiqlari xalq o`rtasida «Ho`p qo`shiqlari», «Maydalar», «Ho`p 
maydalar» yoki «Maydagul» deb hritiladi. Ularni o`rilgan donni xirmon qilib 
yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho`zib ijro qiladilar. Bu xil 
qo`shiqlarda dehqonning yoz bo`yi qilgan og`ir mehnati natijasida etishtirilgan 
hosilni tezroq yanchib olish istagi bayon etiladi. YAnchiq qo`shiqlari galagov 
tashkil qilingan maxsus maydonda kuylanadi. SHuning uchun yanchiq 
qo`shiqlarida ―galagov‖ so`zi ko`p uchraydi: 
Mayda dedim, xo`p deding, mayda-yo, mayda, 
Ho`pga maylim yo`q deding, mayda-yo, mayda, 
Galagovga qo`shganda, ho mayda-yo, mayda, 


Ko`rgiligim ko`p deding, mayda-yo, mayda.
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug`doy doira shaklida yoyib 
qo`yiladi va doira markaziga yo`g`on yog`och ustun o`rnatilib, unga bir necha
ishchi hayvonlar: ot, ho`kiz, eshak kabilar bir-biriga yonma-yon matab bog`lanadi. 
Mana shu matalib bog`langan hayvonlar to`dasi galagov deyiladi. Galagovga donni 
bir tekis yanchishi uchun tut, qayrag`och kabi qattiq daraxt shoxlaridan to`qilgan 
chokar bog`lab qo`yilgan.
G`allani o`rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga oshirila 
boshlangach, mayda qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin