Samarqand davlat universiteti «O„zbek folklori»



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/66
tarix18.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#133067
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
@iBooks Bot o‘zbek folklori

YOrg`ichoq qo`shiqlari
. YOrg`ichoq qo`l tegirmoni bo`lib, u suv va 
shamol tegirmonlari kashf etilmasdan oldin paydo bo`lgan. Uni ko`l yordamida 
aylantirganlar. YOrg`ichoq aylantirish-og`ir va unumsiz ish. Bu ishni, asosan, 
ayollar bajarishgan. SHu sababli yorg`ichoq qo`shiqlarining ijodkorlari ham 
ayollar hisoblanadilar. 
YOrg`ichoq qo`shiqlarida kun bo`yi yorg`ichoq tortishning jismoniy va 
ma`naviy mashaqqati, og`ir toshni aylantirish ayol kishi uchun naqadar qiyin 
ekanligi, binobarin, tegirmonning undan afzalligi, ayollarning turmush tashvishlari 
mungli nidolar bilan kuylanadi. 
YOrg`ichoqni taq-taqijon deydilar-o, 
Tegirmonni rohatijon deydilar-o. 
YOrg`ichoq tortmas edim, 
Och qolganimdan tortaman… 
YOrg`ichoq qo`shiqlaridan olingan bu parchadan yorg`ichoq tortish 
mashaqqatining butun dahshatini to`la his etish mumkin. 
Hozirgi paytda yorg`ichoqdan foydalanilmayotgani bois unga aloqador 
qo`shiqlar ham kuylanmay qoldi.
Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining emirilish davrida, ov 
hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug`ilishi tufayli 
paydo bo`lgan. Hunarmandchilikning paydo bo`lishi shahar hayotining taraqqiy 
etishi bilan ham bog`liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir 
mehnat turi-savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan. Hunarmandchilik ishlarini 
bajarish jarayonida kuylanilgan qo`shiqlar hunarmandchilik qo`shiqlari deb 
hritiladi. O`zbek xalq hunarmandchilik qo`shiqlari orasida charx yigirish, urchuq 
yigirish, o`rmak o`rish, kashta, to`n tikish, gilam, bo`z to`qish bilan bog`liq 
qo`shiqlar asosiy o`rin tutadi. SHular orasida ip yigirish, kashta, do`ppi, to`n 
tikish, gilam to`qish kabi mehnat turlarini, asosan, ayollar bajargan. SHu bois bu 
jarayonda aytiluvchi qo`shiqlarni ham xotin-qizlar yaratib, ijro etishgan. 


Hunarmandchilik qo`shiqlarida hunarmandlarning og`ir turmush tarzi, 
mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami, o`z aksini topgan. Ularni to`quvchilik 
va tikuvchilik qo`shiqlari tarzida ikki katta guruhga bo`lish mumkin. 
To`quvchilik qo`shiqlarida, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu jarayonni 
amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta`rifi etakchi motivga aylangan. Ip yigirish va 
bunda charxning, jundan ip tayyorlash va bunda urchuqning vazifasi, shuningdek, 
bevosita bo`z, to`r, gilam va sholcha singarilarni to`qish jarayonlariga aloqador 
mehnat mashaqqatlari ifodalangan.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin