114
Bol`sheviklar hukumatga kelganidan so`ng, Rossiyada marjinalizm qismati
yaxshi bo`lmadi. Shuni ham tilga olish zarurki, partiyaning eng ilg`or liderlari
marjinalistik nazariya bilan tanish edilar, xususan N.Buxarin Moskva
universitetida o`qigan paytlarida SHaposhnikov seminarlarida Shug`ullangan,
emigratsiya davrida esa, Vena universitetida Byom – Baverk ma`ruzalariga qatnab,
o`zi uchun zamonaviy bo`lgan iqtisodiy adabiyotlarni kuzatib borgan.
Yuqorida tilga olingan Rossiyalik marjinalistlar qismati quyidagicha
rivojlandi. Bilimovich va Voytinskiy, mamlakatni tark etib, ilmiy faoliyatlarini
chet elda davom ettirgan hamda yuqori darajada ilmiy nufuzga erishishdi. Ayniqsa
Voytinskiy, juda mashhur bo`lib, uni bandlik muammolari tadqiqotchisi va
keynsianlik tarafdori sifatida nihoyatda hurmat qilishgan (U inflyatsiyani antikrizis
chorasi sifatida qo`llash g`oyasini ham ilgari surgan).
Yurovskiy va Shaposhnikov, 1920-yillar davomida, narkomfinda ishlashgan
bo`lsa, keyinchalik Stalin repressiyalari qurboni bo`lishdi. 1920-yillar davomida
Slutskiy
Moskva
shahri
kon`yunktura
institutida
faoliyat
yuritib,
kon`yunkturaning matematik modellashtirilishi sohasidagi tadqiqotlari jahon
iqtisodiy fani dunyosida katta qiziqish uyg`otgan. Ammo 1929 yilda institut
yopilishi natijasida Slutskiy, iqtisodiyot fanini tashlab, sof matematik bo`lishga
majbur bo`ldi. 1929 yilda Stalin hukumat boshiga kelganidan so`ng, marjinalizm
va boshqa barcha nomarksistik iqtisodiy nazariyalar, hamda uning asosida
yaratilgan iqtsodiy, matematik - iqtisodiy uslublar ta`qiqlandi. Faqatgina 1950-
1960 yillarda, SSSR iqtisodiyot fanidagi matematik uslublar reabilitatsiya etildi.
Ularning asosida yotgan marjinalistik nazariya qayta qurish davrigacha tanqid
ostiga olindi.
Dostları ilə paylaş: