Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


 Institutsionalizm shakllanishi bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

 
14.3. Institutsionalizm shakllanishi bosqichlari 
Institutsionalistik yo`nalish XIX asrning o`rtalaridan boshlanib to XX 
asrning boshiga kelib to`liq shakllangan. Marjinalistik inqilobdan farqli o`laroq, 
uning tarqalishi asta - sekinlik bilan yuz bergan.
Jarayon mumtoz siyosiy iqtisodga al`ternativa sifatida paydo bo`lgan 
Germaniyada tarixiy maktabi g`oyalaridan boshlandi. Germaniyadagi tarixiy 
maktab, nisbatan uzoq muddat davomida mavjud bo`lgan, va shu sababli uning 


119 
faoliyati uch davrga bo`linadi: eski tarixiy maktab (1840-1860-yillar), Yangi 
bosqich (1870-1890-yillar) va eng Yangi davr (1900-1930-yillarning boshi). Yangi 
tarixiy maktab, marjinalizm al`ternativasi sifatida paydo bo`lib, to`g`ridan- to`g`ri 
munozaralar Avstriya maktabi asoschisi K.Menger va Yangi tarixiy maktab 
asoschisi G.Shmoller orasida yuz bergan. Yangi tarixiy maktab g`oyalari Evropa 
(shu jumladan Rossiyada) va AQSHda keng tarqalgan, ammo institutsionalistik 
yo`nalishning to`liq tan olnishi XX asrning boshlarida yuz berdi, bunga ichki va 
tashqi holatlar sabab bo`lgan. 
Birinchidan marjinalistik inqilobni uning iqtisodiyotdagi abstrakt va 
miqdoriy yondashuvlarini barcha olimlar ham tan olavermagan.
Ikkinchidan XIX asr oxiridagi iqtisodiyotning ijtimoiy va statistik tadqiqot 
usullari faol rivojlanishi institutsionalistlarga qo`shimcha isbotlar yaratgan. 
Uchinchidan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida, erkin raqobatchilik 
iqtisodiyoti sohasida ham keskin o`zgarishlar yuz berib, marjinalizm va mumtoz 
siyosiy iqtisod nazariyalari asoslangan. Birinchi jahon urushi davrida esa, iqtisodiy 
liberalizm hukmronligidan keyin ilk marotaba xilq xo`jaligi miqiyosida 
iqtisodiyotni davlat boshqaruvi qo`llanila boshlanib, nihoyat Rossiyadagi 
sotsialistik inqilob g`alabasi, markazlashtirilgan iqtisodiyotni qurilishi uchun 
imkon yaratib berdi. 
Bundan tashqari, institutsionalistlarning iqtisodiy munosabatlarining 
o`zgaruvchanligi haqidagi g`oyalari tasdiqlandi. Natijada XX asr boshida 
institutsionalizm ko`pchilik mamlakatlarda tarqalib, uning asosiy liderlari 
Germaniya (Yangi tarixiy maktab va ijtimoiy - huquqiy maktab) va AQSH (U erda 
institutsionalizm atamasi paydo bo`ldi) ega edi. Ammo Angliya, Frantsiya va 
Rossiya kabi mamlakatlarda, mazkur yo`nalishning bundanda qiziqarli 
nazariyachilari mavjud bo`lgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin