Soliq to‘langanga qadar umumiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foyda
63 018
124 423
Sof foyda
579 770
1 052 807
TALABA UCHUN USLUBIY KO‘RSATMALAR:
Muammo: Sotuv bozorini kengaytirish uchun marketing strategiyasini tanlash.
Vazifalar:
korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilish.
sotuv bozorini tahlil qilish.
bozorni segmentlash va maqsadli segmentni aniqlash.
marketing strategiyasini tanlash va uni asoslab berish (algoritm ko‘rinishida).
Yechim algoritmi:
® korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilish Korxona faoliyatini tadqiq etish va tahlil qilishda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) korxona faoliyatining asosiy yo‘nalish va maqsadlarini o‘rganish;
b) korxonaning asosiy iste’molchilarini aniqlash;
v) korxona mahsulotlarini o‘rganish;
g) korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish.
® sotuv bozorini tahlil qilish Qurilish materiallari bozorini tahlil qilish quyidagi omillarni o‘rganishni qamrab oladi:
a) mahsulotga talabni o‘rganish;
b) bozorning SWOT – tahlili;
g) raqobatchilar tahlili. Raqobatlashuvchi firmalar haqidagi ma’lumotlar 3-jadvalda aks ettirilgan.
® bozorni segmentlash va maqsadli segmentni aniqlash Korxonalarning bozorda kun ko‘rishida jiddiy omillardan biri haridorlarning kuchli pozitsiyalari va ularga bog‘liqlik hisoblanadi. Korxona o‘zining iste’molchilar bilan munosabatlarini tahlil qilib chiqishi lozim.
Buning uchun, birinchi navbatda, iste’molchlarni shu tovar ularga kerakli va aynan kimga kerakligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish, ya’ni maqsadli doirani aniqlash zarur.
Ikkinchidan, maqsadli guruh iste’molchilarining korxona tovariga talablarini aniqlash lozim.
Uchinchidan, bozorning maqsadli segmentida talabga ta’sir etuvchi omillarni ajratib ko‘rsatish kerak.
® marketing strategiyasini tanlash va uni asoslab berish.
Bozorda strategiyani tanlash uchun dastlab amalga oshirilayotgan joriy strategiya tahlil qilinadi. Joriy strategiyani aniqlashtirish shuning uchun ham muhimki, hozirgi paytda kompaniya qay holatda eakni, uning qaysi stratgiyadan foydalanayotgani haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, kelajak uchun qaror qabul qilib bo‘lmaydi.
Shundan keyin, quyidagi matritsalardan biri yordamida strategiya tanlab olinadi: «bozor ulushining o‘sishi» matritsasi, bozor strategiyasining foydaga ta’siri (PIMS) matritsasi va Porterning umumiy strategik modeli (o‘quv-uslubiy materiallar, 1-rasm).
Strategiya variantini tanlashni algoritm ko‘rinishida asoslab berish.
7.2. В2В bozorini segmentlashning o’ziga xos xususiyatlari
7.3. В2В bozorini segmentlashning asosiy tamoyillari. Bozorni vertikal segmentlash
Amaliy mashg’ulot darsida qo’shimcha ma’lumotlar 7.1-jadval Iste’molchilar o‘rtasidagi farqlar