Albatta, bu mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz uchun bir qancha
ishlarni amalga oshirishimiz lozim deb hisoblaymiz:
- qo’riqxonalar va milliy bog’lar sonini oshirish;
- mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’larni turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan
o’rganib chiqish;
- mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’lardan ekoturizm obyekti va rekreasion
resurs sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;
- ekoturizm obyekti sifatida mavjud tabiat go’shalaridan
tartibli foydalanish;
- ekologik turizm rivojlangan mamlakatlar malaka va tajribasini o’rganish;
- tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Chizma 4.
O’zbekistonning maxsus qo’riqlanadigan tabiiy hududlarida turizmni tashkil
etish xususiyatlari
Asosiy maqsadlar
Tashkil etish asoslari
Xuquqiy asoslari
-
mahalliy va xorijiy turistlarni
jalb etish;
-
yangi ish o’rinlarini yaratish;
-
aholini yashash darajasi-
ni oshirish;
-
bioxilmaxillikni saqlash;
-
turizm vositasi orqali yangi
tabiiy zonalarni yaratish;
-
mahalliy aholini tabiat
resurslaridan foydala-
nishini kamaytirish va ularga
alternativ daromat manbalarini
yaratish;
-
tabiiy zonalarni byudjetdan
tashqari vositalar orqali
moliyalashtirish;
-
aholini ekologik o’qitish, tabiat
bilan aloqa madaniyatini
oshirish;
-
insonlar
dam olishini
imkoniyat yaratish;
-
ma’lum mintaqalarning
ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlanishiga ko’maklashish.
-
keluvchilar tomonidan
tabiiy zonalar bioxilma-
xilligiga
bulgan salbiy
ta’sirlariga yo’l qo’ymas-
lik;
-
keluvchilarni
tabiiy
zonalarga bo’lgan hatti
harakatini kuzatishni
ta’minlash,
turistik
marshrutlarda
turli
tartiblarni joriy etish;
-
tabiiy zona hududlarida
turistik
faoliyatni iqtiso-
diy samadorligini ta’min-
lash;
-
tabiatni saqlash tadbirlari
va aksiyalarida qatna-
shish va b.
-
O’zbekiston Respubli-
kasining
“Turizm
tug’risidagi” qonuni
(20.08.1999);
-
O’zbekiston Respubli-
kasining
“Tabiatni
muhofaza
qilish”
qonuni (9.12.1992);
-
Hammasi bo’lib, 15 ta
tabiatni
muhofaza
qilishga
oid qonunlar,
550 ta qonun asosidagi
tabiatni
qo’riqlash
ahamiyatiga ega aktlar,
standartlar
amal
qilmokda.
Manba:
Тухлиев Н.Т., Абдуллаева Т. Менежмент и организация бизнеса в Республике
Узбекистана. Т: ГНИ
«O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» 2006.
O’zbekistonning tabiiy sharoiti va ularning ekologik holatini inobatga olib,
turistik obyektlarni o’rganish va aniqlash, turistik yo’nalishlarni belgilash, ularning
hududiylik va majmuaviylik jihatlaridan kelib chiqqan holda tabiiy xizmat ko’rsatish
sohasini yo’lga qo’yish shu kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida byudjet
kamomadi mavjud bo’lgani sababli ekoturizmning iqtisodiy roli ahamiyatga ega.
Shunisi ham muhimki ekoturizmning rivoji qimmat va keng infrastrukturasi talab
49
etmaydi. Demak ekoturizm kelajakda
kichik xarajatlar hisobida, katta foyda
keltiradigan manbaga aylanishi mumkin.
O’zbekiston sharoitida Kitob geologik qo’riqxonasi ekologik turizm bilan otda
yurish va piyoda turistlarga xizmat ko’rsatish tajribasi bor. Turizm uchun yaroqli
bo’lgan yozlik mavsumda tog’ zonalarida aprel oyidan oktyabrgacha 7 oyga
cho’ziladi. Piyoda yuruvchilarning bir guruhi (10 odam) uchun kirish bahosi har bir
kishiga bir kunga 50 dollar, otda yuruvchilar uchun 70 dollar deb hisoblansa, bir
kunda 10 kishi x 50 $ = 500 $ yoki 10 kishi x 70 $ = 700 $ daromat olish mumkin.
May oyidan boshlab sentbr oyiga qadar otda yurish marshrutlari o’tkaziladi.
Kelayotganlar soni bir oyda o’rtacha besh guruh (10 kishidan)ni tashkil etsa, 50 kishi
70$dan 3500 $, 5 oyda esa 17500 $ni tashkil etadi. Demak, bir mavsumda piyoda
sayohatchilarni ham hisobga olsak, taxminan 30-35 ming dollar daromat olish
mumkin. Undan tashqari qo’shimcha xizmat ko’rsatish tarmoqlari orqali daromatni
yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.
Ekoturizmning va ekologik ekskursiyalarning yana
bir ahamiyati u ekologik
bilim berishning muhim shakli bo’lib xizmat qiladi, tabiatni muhofaza qilish ishini
olib boradi, alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarining jamoat ichidagi obruini
oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunlarda ko’pchilik muhofaza etiladigan hududlar
o’z faoliyatlarini jamoatchilikni qo’llashishisiz olib borishi qiyin hisoblanadi.
Jamoatchilik yordamini muhofaza etiladigan hududlarga qaratish yo’li bu odamlarni
nodir landshaftlarni saqlab qolishda ishtirokchilarini tashkil etishdir. Ko’pincha
qo’riqxonalar tomonidan turli tashkilotlar uchun tashkil etgan turlari ularning uzoq
muddatli hamkorligi uchun yo’l ochib beradi. Undan tashqari chet ellik ekoturistlar
o’zlari kelib ko’rgan qo’riqxonalari uchun yordam fondlari tashkil qilishi mumkin.
Milliy bog’lar va davlat qo’riqxonalari tabiatni muhofaza qilish muassasasi
bo’lib, ularning hududlari ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo’lgan hamda
tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ma’rifiy, ilmiy
va madaniy maqsadlarda
foydalanishga mo’ljallangan tabiiy majmualarni o’z ichiga oladi. Bu hududlarda
tabiat ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasini (servis)ni
yo’lga qo’yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni
tashkillashtirish, ekoturizmni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: