Tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan
obyekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy obyektlarni muhofaza qilish
uchun katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga
muvofiq bo’lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy obyektlar «tabiat
yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari»
terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq
Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan jarayonlar
haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va
madaniy – estetik ahamiyatga ega. Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari
geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft
yodgorliklariga bo’linadi.
O’zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164
km
2
maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo’riqxonasi, 6061 km
2
maydonni tashkil
etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko’paytirish “Jayron
ekomarkazi”, 12186 km
2
maydonni
tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari
mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km
2
, yoki
O’zbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik
bazasining, servis xizmatlarini yaxshi yaratilmaganligi mamlakatimizda ekoturizmni
rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan, Prezidentimizning 2006 yil
17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat ko’rsatish
sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 325 sonli
qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda ayrim ishlar boshlangan. Masalan,
hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari «Ekosan» xalqaro
jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga
uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida ekologik turizmni
rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi.