Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Tabiat tarixini o’rganish turlari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

2.Tabiat tarixini o’rganish turlari. Bu atrof muhitni va mahalliy madaniyatni 
o’rganish uchun qilingan sayyohatdir. Ular ko’pincha qo’riqxonalar va milliy 
bog’larda takshil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenamentlari bor joylarda ham 
tashkil qilinishi mumkin. Bunga maktab o’quvchilarining poxodlari ham kirib, unda 
o’qituvchi, o’quvchilarga o’tilgan joylarning tabiati tarixi to’g’risida hikoya qilib 
beradi.
3.Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm barcha aktiv harakatli turlarini o’zida 
jamlangan sayohatlarni o’z ichiga oladi, hamda tabiatda dam olish turlari ham bunga 
kirib ulardan maqsad yangi xissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, 
turistlarni jismoniy formasini yaxshilash va yangi sport muvoffaqitlarga erishishidir. 
Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog’ va piyoda yurish turizmi, suv, 
chang’i va tog’-chang’i turizmi, otda yurish turizmi kiradi.
4.Alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarga sayohat (AMETHS) etish 
ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekoturizm o’ziga xos xususiyatlarga ega:
-
mahalliy aholining o’z hududlarining ijtimoiy – iqtisodiy;
- rivojida ishtirok etishi;
- turizm obyektlari ichida tabiiylikni ko’pligi;
-
Turistlarni ekologiyadan bilimli bo’lishi va boshqa.
6.2.Ekoturizmning tarkibiy qismlari.
1997 yil Braziliyada bo’lib o’tgan Butunjahon kongressida e’tirof etilgan 
ma’lumotga ko’ra, dunyo bo’yicha jami sayohatga chiqganlarning 12 foizi 
ekoturizmda ya’ni «yashil» sayohatga chiqishgan. Chet ellik olimlar baholashiga 
1993 yil ekoturizmdan tushgan daromad 30 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan, ya’ni 
xalqaro turizmdagi jami daromadning 10 foizini tashkil etgan. Sayyohatning bu turi 
asosan AQSh, Kanada, Avstraliya, Nepal, Ekvador, Braziliya, Filippen, Keniya, JAR 
davlatlarida tez rivojlanmoqda.
Turistik sayohatlarga chiqishdan maqsad sayohat vaqtida yangi joylarni ko’rish, 
tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat 
bag’rida dam olish shuningdek, o’zga xalq urf-odati, madaniyati, san’ati va tarixiy 
obidalar ko’rishdan iboratdir.
Ekoturizmni rekreatsion resurslarga: tabiat, tog’ va tekisliklar, daryolar, cho’l va 
vohalar, ko’l va turli landshaft zonalari kiradi. Shular asosida ekoturizm qo’yidagi 
tarkibiy qismlarga bo’linadi.
- Dengiz va okeanlar ekoturizmi;
- O’rmon va sun’iy bog’lar zonalariga ekoturizm;
- Daryo va ko’llarda ekoturizm;
- Tog’ ekoturizmi;
- Tarixiy obidalar ekoturizmi;
- Me’morchilik yodgorliklariga ekoturizm;
- Arxeologik qazilmalar ekoturizmi;
42


- Ekologik mushkul joylar ekoturizmi; 
- Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi.
Yuqorida ta’riflangan ekoturizmning tarkibiy qismlari ichida oxirgisi alohida 
salmoqli o’rin tutadi va ko’pchilik olimlar ekoturizm tushunchasini faqat alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi deb qo’llashadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin