Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Qo’riqxonalar xo’jalik faoliyati taqiqlangan tabiat komplekslari va obyektlari 
hisoblanadi va ular tabiatni muhofaza qilish, ilmiy, ekologik ahamiyatga ega bo’lgan 
joylar bo’lib, tabiatning doimiy yoki kamyob landshaftlar, o’simliklar va jonivorlar 
olamining genetik fondi saqalanadigan yerlar hisoblanadi. Yoki boshqacha 
ta’riflaganda davlat qo’riqxonalari deb, tabiatni qo’riqlanishi shart bo’lgan ilmiy, 
ekologik – ma’naviy ahamiyatli, tabiiy muhit nishonalari tipik yoki nodir 
landshaftlar, o’simlik va jonivorlar genetik fondi saqlanadigan va xo’jalik 
foydalanishidan to’liq chiqarilgan tabiiy komplekslar va obyektlar tushuniladi.
Qo’riqxonada dam olish va turizm tabiatga zarar yetkazishi mumkin, lekin 
oldindan hisoblab chiqarilgan zarar yetkaza olmaydigan rekreatsion bosimga rioya 
qilish, turizm orqali bo’ladigan salbiy o’zgarishlarni oldini olish mumkin.
Milliy bog’lar. «Milliy bog’» jumlasi 19 asrda AQShda alohida muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlarda paydo bo’ldi (Yelleuston bog’i 1872 y). Ularni tashkil 
etishning asosiy xususiyati nodir tabiiy obyektlarni odamlarni erkin kirishi va ayni 
vaqtda oddiy xo’jalik maqsadida foydalanishni taqiqlash yo’li bilan paydo bo’ldi. 
Milliy bog’ning qo’riqxonadan farqi shuki, unda insonning xo’jalik faoliyatidan faqat 
turizmga ruxsat beriladi, qolganlari taqiqlanadi. 
Shu maqsadda milliy bog’larning faoliyatini har bir hudud uchun tipik go’zal 
landshaftlarni, shu yerdagi tarix, madaniyat, arxitektura yodgorliklari bilan saqlab 
qolish, hamda flora va faunaning genetik fondini ko’paytirish asosida olib borish 
muhimdir. Asosiysi turizmni rivojini tabiatga zarar yetkazmasdan olib borish asosida 
ishlab chiqish lozim. Milliy bog’larda ilmiy tekshirish, ma’rifiy ishlarni tashkil etish 
va ular tabiat muhofazasining nazariy va amaliy tomonlari masalalarini yechish, 
aholini turli yodgorliklar va e’tiborga molik joylari bilan tanishtirish ishlarini olib 
boriladi.
Zomin milliy bog’i, 10,5 ming gektar yerni egallaydi va zomin tog’ o’rmon 
qo’riqxonasi sifatida 1960 yil Turkiston tog’ sistemasining g’arbiy qismidagi tabiat 
komplekslarini muhofaza qilish uchun tashkil etildi. Keyinroq boy turistik resurslari 
e’tiborga olinib milliy bog’ga aylantirildi. Milliy bog’ga xarakterli o’simlik archa 
(Zarafshon, Turkiston yarim sharsimon turlari) hisoblanadi. 
Milliy bog’da yayov yurish va tog’ turizmni rivojlantirish uchun imkoniyat 
katta. Bu joyning shifobaxshlik xususiyatidan foydalanib, davolash turizmini 
rivojlantirish mumkin. Lekin milliy bog’ Samarqand, Toshkent, Buxoro va boshqa 
Jizzax kabi shaharlardan bir muncha uzoq bo’lganligi va unga boradigan yo’llari 
yaxshi bo’lmagani uchun uning turistik imkoniyatidan to’liq foydalanila olinmayapti.
Zakazniklar maydonida tabiatning obyektlarining bir qisminigina xo’jalik 
tomonidan ishlatiladi va bu ishlatilishi, ma’lum muddatlarda, ma’lum mavsumlarda 
hamda tabaitga zarar yetkizmaydigan darajada amalga oshiriladi. Ovchilik 
buyurtmalardan tashqari oxirgi yillarda botanik- landshaft, gidrologik va boshqa 
maqsadli hamda kompleks tabiat zakazniklari (qo’riqlar) ajratila boshlandi. 
47


Kompleks landshaft zakazniklari (qo’riqlar) deb muhofaza etiladigan tabiat 
maydonlarni qo’riqlovchi muhim tabiat hududlari tushunilib, unda turli xil tabiat 
komplekslari muhofaza etiladi va ayni bir vaqtda unda xo’jalikning boshqa 
faoliyatlari to’xtatilmaydi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin