Turizm xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojiga ijobiy ta’sir etadi, turistik
infrastruktura shakllanishi
va rivojini tezlashtiradi, ishlab chiqarish kuchlarini bir
tekis joylashishiga va xizmat ko’rsatish tarmoqlari faqatgina aholi zich joylashgan
yuqori rivojlangan hududlardagina emas, iqtisodiy zaif rivojlangan hududlarga ham
ta’sir etadi.
Iqtisodiy jihatdan, turizmning iqtisodiy rivojlangan davlatlarda amaliy ahamiyati
ko’pchilikka tanish. Turistik faoliyat natijasida kelayotgan iqtisodiy foyda, ko’p
sabablar natijasida paydo bo’ladi va yuqori miqdorlarga yetishi mumkin. Turistik
resurslardan tashqari, bu yerda katta rolni turizm infrastrukturasi, reklama, xizmat
ko’rsatish, kelayotganlar soni, turistlarning iqtisodiy darajasi, soliqlar va boshqalar
egallaydi.
Qo’riqxonalar va milliy bog’lar rekreasion funksiyasini ekologik baholash
ma’lum murakkablikka ega. U qo’riqxona yoki milliy bog’ga
kelayotgan
turistlarning xizmat ko’rsatishdagi ekologik samaradorligi bilangina emas, balki
kelayotgan foyda bilan ham o’lchanadi. Masalan, «Azchek» va «Teberda» turistik
bazalari Teberda qo’riqxonasi chegarasida joylashib, bir yilda 350 ming dollar,
Litvaning milliy bog’ida joylashgan «Ignamena» turbazasi esa 76 ming dollar foyda
keltiradi.
Rekratsion faoliyatdan kelayotgan foydani baholashda, unga qo’shimcha xizmat
ko’rsatayotgan va turistik mahsulotlar ishlab chiqarishga qo’shilgan, hamda dam
oluvchilarga qo’shimcha xizmat ko’rsatayotgan korxonalar
foydasi ham hisobga
olinadi. Ular ko’pincha qo’riqxonalar va milliy bog’lardan kelayotgan foydadan ham
ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan 27 ming turistlarni Teberdi qo’riqxonasiga olib
borayotgan transport tashkilotlarining foydasi «Azchek» va «Teberda» turbazalari
olayotgan foydadan 1,5 marta ko’p bo’lgan.
Ekologik jihatdan, muhofaza etiladigan hududlarda tabiatga sayohat turizmini
rivoji, tabiatga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir etishi mumkin. Bir tomondan turizm
rivoji dunyoning ko’p qismlarida nodir ekosistemalar va turlari himoya qilish uchun
kuchli omil bo’lib xizmat qiladi. Tabiat qo’ynida turizm ekologik faoliyatning bir turi
bo’lib, tirik tabiat ne’matlarini undan chiqarib olmaydi (ov va baliq ovlash turizmidan
tashqari). Xalqaro ekoturizm rivojlanishi tarixida uning shakllanishida tabaiatni
ximoya qilishdagi rolini ko’rsatuvchi ko’plab misollar ko’rsatish mumkin. Turizm
muhofaza etiladigan ko’plab hududlarni iqtisodiy holatini ko’tarib, uning tabiatini
ekologik holatini yaxshilaydi.
AQShdagi Yellouston milliy bog’i-dunyodagi tabiiy turizmning beshigi
hisoblanadi. Bu yerda turizmning qarama-qarshi yondashuvlarini ko’rish mumkin.
Bir tarafdan Yellouston milliy bog’ini ko’rish uchun kelayotgan ko’plab
turistlar
milliy bog’ joylashgan Montana shtatiga katta iqtisodiy foyda keltiriladi, chunki
kelgan turistlar shtatning boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari, restoranlari, benzen
qo’yish stansiyalari, mehmonxonalaridan foydalanishadi. Ayni vaqtda turizmning
kuchli rivojlanishi atrofidagi shaharlar hayot darajasini keskin o’zgartirdi. Bir
tarafdan shtatdagi hayot darajasi oshgan bo’lsa ham, boshqa tarafdan yangi yo’llar
qo’rilishi, yo’llarda avtotransportning haddan tashqari o’sishi, shovqin so’ronning
oshishi, gaz bilan ifloslanishining o’sishi, yer narxining tez o’sishi kabi
muommolarni paydo qiladi. Milliy bog’ hududida turistlar
miqdori shunchalik
44
ko’paydiki, tabiat bilan muloqatda bo’lishi qiyinlashdi, nodir ekosistemalarni saqlab
qalolmaslik xavfi paydo bo’ldi.
Turizm jarayoni davomida uning tabiat resurslaridan foydalanishni
rejalashtirishni o’rganish, turistik oqimlarni va uning potensial ta’sirini mohirlik bilan
boshqarishni o’rganish lozim. Turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda
hammavaqt uning salbiy ta’sirini o’ylab ko’rish va hisobga olish kerak. Shuni alohida
ko’rsatishimiz kerakki, agar turizm atrof – muhitga salbiy ta’sir etsa, u haqiqiy
ekologik turizm bo’lmaydi. Isbotlangan haqiqiy ekologik turizm tabiatni muhofaza
etuvchi kuchli qurol bo’lib, uning vazifasi tabiatga sayohat vaqtida bo’luvchi salbiy
ta’sirlarni kamaytirish va ijobiy tomonlarini yuqori darajada ko’paytirishdir.
Misol tariqasida ko’radigan bo’lsak, Keniyadagi Amboseli milliy bog’ida har bir
arslondan ekoturizm obyekti sifatida keltiriladigan foydasi 27000 $. Shu yo’l bilan
har bir arslon umri davomida 500000 $ Keniya xalqiga foyda keltiradi. Milliy bog’
ishlaganga qadar ov turizmiga ruxsat etilgan vaqtda (21 kunlik tur) chet ellik ovchi
har bir otilgan arslon uchun 8500 $ tulagan. Arslon terisini ishlash 960-1325 $
tushgan. Demak ov turizmida bir arslon maksimum 9825 $ foyda keltirgan va o’zi
ham qurbon bo’lgan. Ekoturizmda esa har bir arslon 500 000 $ foyda keltirgan va
umrining oxirigacha erkin yurgan. Shu misolni o’zi ko’rsatib turibdiki ekoturizm
shubxasiz bu jonivorlardan iqtisodiy foyda keltirishning eng qo’lay yo’li va ayni bir
vaqtda jonivorni o’ldirilishiga ruxsat berilmaydi.
Ekoturizmda turizmni boshqa turlariga qaraganda kamroq mablag’
sarf etib
ko’proq foyda olinadi. Shuning uchun uning iqtisodiy samaradorligi ancha kattadir.
Hozirgi vaziyatda ekoturizm rivojining tabiat komplekslarini saqlab qolishda
ishtirokining bir qator ustunliklari bor. Ekoturizm ko’pchilik qo’riqxonalarda
iqtisodiy faoliyatning yagona turi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonda va chet el
amaliyoti shundan guvohlik beradiki, ekoturizm imkoniyati foydalanilmagan taqdirda
uning «ekologik o’rnini», albatta tabiat uchun halokatliroq boshqa shakl egallaydi.
Ko’pchilik ma’sul turoperatorlar o’z turistlarining sayohatini sifatli tashkil etish
uchun ularning bo’lajak sayohat obyekti bo’lgan tabiati alohida muhofaza etiladigan
hududlar bilan doimiy aloqada bo’lishadi va tabiatni muhofaza etadigan tashkilotlar
bilan hamkasblikda ish olib borishadi. Shunday qilib ekoturizmni to’g’ri tashkil etish
tabiati muhofaza etiladigan yerlarning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini
hal etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: