VIII.Mavzu. Agroturizmni rivojlantirish resurslari
Reja:
8.1.
Agroturizm tushunchasi va turlari.
8.2.
Qishloq joylarida turizm resurslari.
8.3.
O’zbekistonda agroturizm resurslari va imkoniyatlari.
8.1. Agroturizm tushunchasi va turlari.
Hozirgi davrning muhim masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy –
iqtisodiy ahvolini yaxshilashdir. Respublikamiz aholisining 60%
dan ortiq qismi
qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shuning uchun mehnat resurslariga boy
hisoblangan qishloq joylarida yangi ish o’rinlarini ochish, aholini faravon yashashida
asosiy omil bo’lib hisoblnadi. Bu borada 2007 yil 12 fevralda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2007 yil iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim
ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida respublikamiz prezdenti I.A.
Karimovning «Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan
yanada izchil harakat
qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir» deb
nomlangan nutqida qishloq aholisini yashash tarzini yanada yaxshilash, buning uchun
yangi ish o’rinlarini ochish muhimligini ta’kidladilar.
Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes
ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib,
danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa
aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa,
savdo-sotiq, qurilish
industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari
bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va
boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun
yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish
imkoniyatlari
bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz
tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi.
Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekisligi, daryolari, cho’l
va vaholari, turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda
56
yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish
o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Ayni kunlarda respublikamizda
iqtisodiy faol aholining turizm sohasida bandlik ulushi juda ham oz.
Bu borada
qishloq aholisining ishtiroki umuman kam.
Hozirgi kunda jahon tajribasida turizmning agroturizm shakli keng
rivojlanmoqda. Agroturizmni mamlakatimizda rivojlanishi istiqbollari porloq
hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz agrar-industrial xo’jalikka ega bo’lib,
asosiy
mehnat resurslarimiz qishloq xo’jaligida band. Undan tashqari, mamlakatimiz
rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, rekreatsiya faoliyati tarmoqlarini rivojlantirish
mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tuvchi mamlakatlar
uchun moliyaviy resurs
manbalari o’ta zarur hisoblanadi. Shu jihatdan oladigan bo’lsak, agroturizm yuqori
daromat keltiruvchi xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Mutaxasislar agroturizmni
besh turini ajratishadi:
-
Sport;
-
Madaniy – tanishuv;
-
Fermerchilik;
-
Ish yuzasidan faoliyat;
-
Ekologik.
Bunda, birinchi ikkitasi ijtimoiy ahamiyatga, keyingi ikkitasi ishlab chiqarish
ahamiyatiga ega. Fermerchilik asosida agroturizmni tashkil
etish asosida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati yotsa, ish yuzasidan agroturizm ilmiy
– texnik hamkorlik, qo’shma korxonalar tashkil etish va boshqa faoliyatlarda
shakllanadi.
Agroturizmni rivojlantirishni o’ziga xos xususiyatlariga ega.
Bularga
quyidagilar hisoblanadi:
-
qishloq joylarida joylashish va ovqatlanish shaharga nisbatan 2-2,5 marotaba
arzonligi;
-
qishloq joylarining ekologik jihatdan tozaligi;
-
ekologik toza ovqat turlarining mavjudligi;
-
etnografik turizm obyekti sifatida, qishloq joylarida milliylikni ko’proq saqlanib
qolganligi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: