Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti → paxta tozalash zavodi → ip-



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Paxta maydoni → paxta qabul qilish punkti → paxta tozalash zavodi → ip-
yigiruv korxonasi → tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona. 
Bu turda, birinchi navbatda paxta maydoniga boriladi, unda hosilni yig’ib olish 
jarayoni ko’rsatilishidan boshlab, tayyor mahsulotga bo’lgan bir butun faoliyatni 
qamrab olinadi. Yuqoridagi sxemaga o’xshab qishloq xo’jaligini boshqa tarmoqlarida 
ham turli turlarni ishlab chiqish mumkin.
Sog’lomlashtirish va sog’likni tiklash turizmi bevosita rekreatsiya resurslari 
bilan bog’liq bo’lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o’z salomatligini va ish 
qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatidir. Yurtimizdagi havosi toza, o’ziga xos 
tabiatiga ega joylarga boy. Bu mintaqalarda sanatoriya – sog’lomlashtirish majmui 
hisoblangan kurortlarni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari qishloq 
joylarimiz diniy turizm , ya’ni aziz avliyolar qadamjolarini ziyorat qilish 
maskanlariga juda boy hisoblanadi. Birgina Samarqand viloyati Payariq tumanida 
joylashgan Imom Al-Buxoriy ziyoratgohi misolida oladigan bo’lsak, bu majmua 
mustaqillikdan keyingi bunyodkorlik natijasida muhim ziyoratgohga aylandi. Bu 
ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim 
sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart - sharoit yaratish, 
ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisoblanadi. Bu 
yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat 
qilib ketishlariga erishishimizdir. Buning natijasida xizmat ko’rsatish sohalari 
kengayib, yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Qishloq joylaridagi ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya 
resurslari ekoturizmni muhim obyekti bo’lib hisoblanadi. Ekoturistlar uchun qiziqarli 
bo’lgan obyektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar (milliy bog’ va 
qo’riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik 
hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat kompelkslari , tabiat yodgorliklari 
ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Bu hududlarda tabiat 
ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasi (servis)ni yo’lga 
qo’yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani 
rivojida hamda qishloq joylarida ko’pgina yangi ish o’rinlarini yaralishiga zamin 
bo’ladi. Undan tashqari tog’li hududlardagi xushmanzara joylar nafaqat mahalliy 
aholini, balki chet ellik sayyohlarni ham o’ziga jalb qiladi. Bu imkoniyatlardan 
qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz 
lozim:
-
mavjud qo’riqxonalar, milliy bog’lar va tog’lardagi xushmanzara va noyob 
tabiat go’shalarini turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o’rganib chiqish;
-
mavjud qo’riqxonalar, milliy bog’lar va tog’lardagi xushmanzara va noyob 
tabiat go’shalarini ekoturizm obyekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish 
uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;
-
ekoturizm obyekti sifatida mavjud tabiat go’shalaridan tartibli foydalanish;
-
xududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan 
baholash;
-
tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
60


Qishloq joylarimiz turizmni rivojlantirish resurslariga boy ekan, faqat undan 
samrali foydalanishda turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport xizmatini 
ko’rstish, umuman olganda xizmat ko’rstish sohalarini shakllantirish asosiy omil 
hisoblanadi. Bu sohalarning rivojlanishi natijasida quyidagilarga erishamiz:
-
qishloq manzilgohlarida yangi ish o’rinlari ochilib, mehnat resurslari ish bilan 
ta’minlanadi;
-
aholi salomatligi yaxshilanadi;
-
qishloq manzilgohlaridagi turistik – rekreasiya resurslaridan samarali 
foydalanish katta iqtisodiy foyda keltiradi va shu joyning ekologik holatini 
yaxshilash imkoniyatlari yaratiladi;
-
qishloq manzilgohlarida turizm rivojlanib, turistik infratuzilma shakllanadi va 
h.k.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin