shaharning ayrim hududlari, shahar atrofi va yashil zonalar, o’rmonlar, parklar,
milliy, tabiiy parklar (bog’lar), botanika, zoologiya bog’lari, dendrologik parklar,
turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari hududlari, qo’riqxona va
buyutmalarning aholi borib ko’rishi uchun ajratilgan ma’lum joylari kiradi.
Rekreatsiyaga mo’ljallangan yerlar tabiat muhofazasi yerlarining alohida turi bo’lib,
ularga tabiat muhofazasi, sog’lomlashtirish, tarixiy - madaniy maqsadlarga
mo’ljallangan yerlar ajratiladi. O’rmonlar ham rekreasiya uchun katta ahamiyatga
ega. Davolash-sog’lomlashtirish zonalariga fuqoralarni davolash va salomatligini
tiklashga mo’ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya
zonalari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi.
Rekreasiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, tarixiy resurslarning bir
qismlaridan iborat bo’lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra
rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi:
tabiiy va
antropogen rekreasiya
resurslari.
Tabiiy rekreasiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat,
go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’
etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh
maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan
shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil
mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya
resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik
va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish
mumkin bo’lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi.
Rekreasiya faoliyati dunyoning ko’p mamlakatlarida daromat manbaiga
aylangan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Mmlakatimiz ham rekreasiya resurslariga
boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el
sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega.
Dostları ilə paylaş: