Sayohatchi uchun hatto Antarktika yoki kosmos ham jozibador bo’lishi mumkin,
ammo buning uchun ancha kapital mablag’lar zarur bo’ladi. Bunda infratuzilma va
ekologiya muhim rol o’ynaydi. Turizmning rivojlanishi mintaqa iqtisodiyoti uchun
ham, shuningdek, aholi uchun ham foydalidir.
Eng avvalo, yangi ish o’rinlari va
korxonalar ochiladi. O’zbekistonda 350 ga yaqin korxonalar (xususiy sayyohlik
operartorlari, mehmonxonalar, avtotransport korxonalari) turizm bilan shug’ullanishi
mumkin.
«O’zbekturizm» MKning ma’lumotlariga ko’ra, faqat 2006
yilda bevosita
sayyohlik sohasida 30 ming, shu jumladan, kompaniyalar tarkibida 5,6 ming kishi,
transport xizmatida 4,7 ming savdo xizmatida 3,8 ming sayyohlik obyektlari
qurilishida 2,6 ming, madaniy muassasalarda 30 ming,
yodgorliklar va tabiatni
muxofaza qilishda 1,7 ming, kichik qo’shma va xususiy sayyohlik korxonalarida 2.2
ming kishi ishlaydi. Yaqin kelajakda bandlarning soni 5-8 %ga oshadi. Turizm sohasi
respublikaning iqtisodiy jihatdan faol aholining (hunarmandlar, oziq-ovqatda
ishlovchi
xodimlar, tikuvchilar,
shifokorlar, aviasiya, rassomlar va boshqalarning)
kamida 5%ni ish bilan bilvosita ta’minlaydi. Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga
ko’ra jahonda ditta sayyohga 3 ta ishchi joyi to’g’ri keladi. Shunday qilib, agar 2005
– yilda jahonda 625 mln tashrif bo’lgan bo’lsa, 1,8
mlrd kishi ularga xizmat
ko’rsatishda bevosita yoki bilvosita band bo’lgan.
O’zbekistonda turizm infratuzilmasi shakllantirish va rivojlantirishga (asosan
joylashtirish sohasiga) chet mamlakatlar xususiy sektori investisiyalarini jalb qilish
bu tarmoq industriyasini kapital mablag’lar bilan ta’minlashning qulay va samarali
vositasi bo’lib xisoblanadi. Eski mehmonxonalar imkoniyat tug’ilishi bilan tegishli
investorlarga sotilishi zarur. Ular kelajakda turizm foydasiga hamda o’zlarining
xususiy tadbirkorlik manfaatini hisobga olib, mehmonxonalarni ta’mirlashi va
foydalanishdagi layokatlarini namoyish kilishlari mumkin.
Sotishning shartlari
belgilangan vaqt davomida real investisiyalash va zamonaviy ta’mirlashni tugatish
bo’lishi lozim. Zamonaviylashtirish barcha nomerlarni, umumiy binolarni, restoran,
barlar savdo qatorlari xizmat ko’rsatish byurolari, dam olish joylari, inshootlarning
tashqi ko’rilishlari va boshqa barcha infratuzilmalarni to’liq yangilashni o’z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: