sog’lomlashtirish, umrni o’zaytirish, insonning jismoniy va ma’naviy darajasini
oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va malakalarni oshirish va boshqa qator
ijtimoiy natijalarga erishishga imkon beradi. Tabiiy omillarga asoslangan rekreasiya
faoliyati (turizm )shahar va qishloq aholisi orasida keng tarqalgan
kasalliklarning
ommaviy profilaktik vositasi hisoblanadi. U faqatgina ish qobiliyatini tiklashni va
mehnat unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki 20-50 % ga yurak-
tomir, asab, nafas olish, oshqozon, suyak kasalliklari patologiyasi paydo bo’lishining
oldini olishni ta’minlaydi.
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish
va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun
tog’li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin.
Toshkent
viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga ega.
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog’li
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog’likni
tiklash manbasi hisoblangan
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farq
qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va boshqa
sog’lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo,
Surxondaryo,
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha daryolarga oqib tushuvchi tog’
soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish
oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi,
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta’minlanib, iqtisodiy daromat oshadi.
Dostları ilə paylaş: