Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.
Rekreatsiya resurslariga tushuncha bering.
2.
O’zbekistonning rekreatsiya resurslariga boy mintaqalariga qaysilar kiradi?
3.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari nimalardan 
iborat?
4.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik xususiyatlari nimalardan 
iborat?
5.
Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza qilish tadbirlari?
XI.Mavzu. O’zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, ulardan 
foydalanish va muhofaza qilish
Reja:
11.1.
Madaniy – tarixiy merosini muhofaza qilish va saqlashda YUNESKO va 
BTTning o’rni.
11.2.
O’zbekiston shaharlarining arxitektura yodgorliklari va ulardan foydalanish.
11.3.
O’zbekiston madaniy merosida etnografiya, urf – odatlar va an’analarni tutgan 
o’rni.
11.4.
O’zbekistonda mavjud muzeylar va ulardan foydalanish.
11.1. Madaniy – tarixiy merosini muhofaza qilish va saqlashda 
YUNESKO va BTTning o’rni.
Jahon madaniyati va turistik faoliyatda boshqarish va standartlashda asosiy rolni 
YUNESKO va BTT o’taydi. Mazkur tashkilotlar turli turli o’tkaziladigan anjumanlar, 
tadbirlarda mazkur resurslardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berib boradi.
Ko’pgina tarixiy obidalar YUNESKO tasarrufida bo’lib, ular muhofaza ostiga 
olingan. Bu kkbi meroslarni saqlash, muhofaza qilish bo’yicha Mexiko (1981 y) 
deklarasiyasi qabul qilingan.
77


Ko’pgina hududlar o’ziga xos qadimiy shaharlar, arxitektura, tarixiy madaniy 
yodgorliklarga boy hisoblanadi. Turistik infrastruktura rivojlanishi tarixiy o’zlikni 
manzarasi buzilmasligi kerak. Har bir tashkil etilayotgan yangi turistik markaz 
(obyekt) Milliylik bilan uyog’unlashgan, qaytarilmas o’ziga xoslikka ega bo’lishi 
lozim. Albatta, tarixiy-madaniy, arxitektura va madaniy majmualarni milliy qadr-
qiymati, tarixiy bahosini tiklash va muhofaza qilish orqaligina turistlar qiziqishini 
orttirish, bu orqaldi turizmni rivojlantirish mumkin.
Madaniy-tarixiy majmualarni qayta tiklashda umumiy (ansambl) va yakka 
(individual) uslubida loyihalashtirish qabul qilingan.
Madaniy tarixiy va tabiiy merosni quyidagicha kategoriyalarga bo’lishni 
mutaxasislar qo’yidagicha
taklif etgan:
-
asosan turistlar ishlatadigan obyektlar (festivallar, namoyishlar, yodgorliklar va 
h.k.)
-
aralash foydalaniladigan obyektlar (kamiga tarixiy yodgorliklar va muzeylar, 
teatrlar, qo’riqxonalar va boshqa;)
-
asosan mahalliy aholi foydalaniladigan obyektlar (fuqarolar inshootlari, madaniy 
obyektlar, kinoteatrlar, kutubxona va boshqa;)
Madaniy va turizm sohasida asosiy yo’nalishlarida turli tashkilotlarning o’zaro 
hamkorligini aniqlab olish juda muhim sanaladi. Turistik rivojlanish siyosati quyidagi 
talablarni keltirib chiqaradi:
-
turistik resurslar ruyxatini tayyorlash, turizmni rivojlanishi uchun madaniy 
tarixiy, tabiiy merosni tasniflash muhim obyektlarni ajratish;
-
turistik ahamiyatga ega joy va asosiy turistik hududlarni ajratishni hamda 
tegishli mahalliy madaniy, tarixiy va tabiiy yodgorliklarni muhofaza qilishni 
ta’minlash;
-
milliy boylik hisoblangan sun’iy va tabiiy, moddiy va nomoddiy obyektlar 
hamda mahalliy aholi yashadiki (san’at,folkor va b.) turizm maqsadida 
foydalanish;
Mintaqa madaniy merosiga nisbatan hurmat bilan qarashga mahalliy aholi va 
turistlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan tadbirlarni o’tkazish. Hozirgi kunda jamiyatda 
iqtisodiy ijtimoiy va madaniy rivojlanish jadvallik bilan kechmoqda. Bu esa o’z 
navbatida misollarda ish yuzasidag harakati, dam olish kunlarini ko’payishi natijasida 
turisik faoliyatga ehtiyoj oshmoqda. 
An’anaviy turizm shakllariga yangicha yondoshishga talab oshmoqda. Ya’ni 
turlarning madaniy tarkibiga mahalliy diqqatga sazovor joylar bilan tanishini ham 
kiritish katta samara berib, sayohatni mazmunli va uzoq vaqtga cho’zilishiga sabab 
bo’ladi. Turizm hudud uchun foyda berishdan tashqari, mahalliy aholini o’zining 
ajratib merosidan farqlanishiga olib keladi. Bu jihatdan foydalanib turistik 
resurslardan turizm maqsadida samarali foydalanish tizimini yaratish mumkin.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin